Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Yosh huquqshunoslar forumi tafsilotlari

“Raqamlashtirish davrida huquq sohadagi zamonaviy chaqiriqlar” mavzusida o‘tkazilgan Yosh huquqshunoslar forumi haqida batafsil videorolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘tgan davr mobaynida qilingan ishlar, shuningdek rejalashtirilgan masalalar alohida muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
#aholiga_qulaylik

🚘 Haydovchilar diqqatiga!

✔️ Ayni kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida eski na'munadagi haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolar oqimi sezilarli darajada ko‘paygan.

🧑🏻‍💻 Toshkent shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlarida har kuni ertalab soat 8:00 dan kechqurun oxirgi mijozgacha xizmat ko‘rsatish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

📍 Eslatib o‘tamiz, ertaga shanba kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha poytaxtdagi barcha Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarni qabul qiladi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari #Aholiga_yordam

Davlat xizmatlari markazlariga kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va nogironligi bo’lgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy xizmat darchalari orqali navbatsiz qabullar yo’lga qo’yilgan.

Eslatib o’tamiz, davlat xizmatlari markazlariga kirish joylarida nogironlik aravachalari hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan erkin foydalanish uchun “Surdo-online” planshetlari ham qo’yilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 23-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan ''Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni tushuntiradigan eng yaxshi material” tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madaddan_besh_daqiqa

🟢 Ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovlari joriy etilganmi?

@adliyangiliklari
#Yilsarhisobi2023

«Milliy sport mukofoti — 2023» da Adliya vazirligi «Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

BESH KUNDA — BESHTA QABUL


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va huquqiy yechim topish maqsadida “Sayyor qabullar haftaligi” tashkil etib borilmoqda. Haftalik doirasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z. Farmanov tomonida beshta hududda sayyor tartibda muloqotlar o‘tkazildi. Xatirchi, Nurota, Karmana, Konimex va Qiziltepa tumanlarida istiqomat qiladigan fuqarolar hududlarda bo‘lib o‘tgan qabullar davomida mas’ullarga murojaat qilishdi.

Xususan, uy-joy ta’minoti, bandlik, yoshga doir ish stajini tiklash, subsidiya, bank-kredit, kommunal xizmatlar,elektr energiyasi va yo‘l ta’miri, mehnat va oilaviy munosabatlarni tartibga solishga doir masalalar murojaatlarning asosini tashkil etdi.

Dildora Izzatova Konimex tumandagi “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiladi. Bir paytlar chet elga ishlashga ketgan turmush o‘rtog‘i chegaradan o‘tayotganda buyumlari qatori pasport hujjatlarini ham o‘g‘irlatgan. Shundan buyon oila boshi ishsiz. Ayolning 0,5 stavkadagi ish haqi evaziga qora qozon qaynab turibdi. Murojaat o‘rganilib, fuqaroga avvalo, turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha dastlabki harakatlar amalga oshirildi.

Sarvinoz Davlatova esa bugungi kunda yolg‘iz ona. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng yashash joyi bilan bog‘liq kadastr muammolari yechimida qator qiyinchiliklarga uchramoqda. Tadbir joyida fuqaroning masalasi tahlil etilgach, kadastr hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirib berish uchun ayolga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Qabullar mobaynida fuqarolarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish,e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotlari olish, farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga ro‘yxatga qo‘yish yo‘nalishida davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari