Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Adliya bogʻi” yaratildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

15-modda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farg‘ona viloyatining yana 10 ta davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish pasportini berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
. Bular:

1. Uchko‘prik tuman DXM;
2. Bag‘dod tuman DXM;
3. Rishton tuman DXM;
4. Furqat tuman DXM;
5. Beshariq tuman DXM;
6. Buvayda tuman DXM;
7. Farg‘ona tuman DXM;
8. Quva tuman DXM;
9. Marg‘ilon shahar DXM;
10. Toshloq tuman DXM.

Endilikda, viloyatdagi jami 12 ta davlat xizmatlari markazida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida mavjud edi) xorijga chiqish pasportini berish xizmati ko‘rsatilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

G‘ozg‘onda sayyor qabul

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Primov hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Tasbayev tomonidan G‘ozg‘on shahridagi "Shayxon" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda shahar sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 30 ga yaqin murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, fuqarolarga amaliy ko'maklashildi.

Mehnat va oilaviy munosabatlar, meros, nogironlik nafaqasini olish, ish stajini tiklash singari masalalar adliya organlari nazoratiga olinib, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

“Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida ekspert bilan suhbat o‘tkazilmoqda

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida audiopodkast tashkil etildi.

🎙Suhbat spikeri: Serikbek Muratayev – Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlar nomzodi.

📥 Savollaringizni @YangiKonstitutsiyabot telegram boti orqali berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

👉Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mulk huquqining konstitusiyaviy kafolatlarini ta'minlash, shu jumladan, mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

Uy-joy daxlsizligi huquqini ta'minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitusiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko'rib chiqiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tanqidiy tahlil va ustuvor vazifalar faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralarning viloyat va tuman (shahar) tuzilmalaridan jami 300 ga yaqin rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Andijon viloyatida 750 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 5 734 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 4 500 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 9 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 232 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi oqibatida fuqarolarning DXMlarga takroran murojaat qilishlari natijada DXM xodimlarining vaqti ortiqcha sarflanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.

O'zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart.

19-modda

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yana-da mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.

Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi


@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.

@adliyangiliklari