Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.25K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

G‘ozg‘onliklar murojaati adliya eʼtiborida

G‘ozg‘on shahri Navoiy viloyatining eng yosh hududlaridan biri. Ayni payda bu yerda 4 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, 9 ming nafardan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. Aholining asosiy daromadi toshtaroshlik va marmarga qayta ishlov berish sohasi bilan bogʻliq. Adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda gʻozg֥ʼonliklarning masalasi alohida tartibda oʻrganildi. Qabul davomida davlat tashkilotlari va sektor masʼullari ham ishtirok etdi.

Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib, savoliga javob olsa, tashrifidan koʻngli toʻladi. Nigora Rahimova ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘lig‘ini tiklash bilan bogʻliq. Tegishli mutaxassislar koʻmagida fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.

Feruz Xoliqov kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda masʼullardan yordam soʻradi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatildi.

Sayyor qabul davomida bandlik, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, yoʻl, uy-joy taʼmiri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Shundan soʻng fuqarolarga farzandini MTMga roʻyxatga qoʻyish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil maʼlumotnomalar olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Farmonga ko'ra, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olinishi belgilab qo'yildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Adliya bogʻi” yaratildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

15-modda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farg‘ona viloyatining yana 10 ta davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish pasportini berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
. Bular:

1. Uchko‘prik tuman DXM;
2. Bag‘dod tuman DXM;
3. Rishton tuman DXM;
4. Furqat tuman DXM;
5. Beshariq tuman DXM;
6. Buvayda tuman DXM;
7. Farg‘ona tuman DXM;
8. Quva tuman DXM;
9. Marg‘ilon shahar DXM;
10. Toshloq tuman DXM.

Endilikda, viloyatdagi jami 12 ta davlat xizmatlari markazida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida mavjud edi) xorijga chiqish pasportini berish xizmati ko‘rsatilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

G‘ozg‘onda sayyor qabul

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Primov hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Tasbayev tomonidan G‘ozg‘on shahridagi "Shayxon" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda shahar sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 30 ga yaqin murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, fuqarolarga amaliy ko'maklashildi.

Mehnat va oilaviy munosabatlar, meros, nogironlik nafaqasini olish, ish stajini tiklash singari masalalar adliya organlari nazoratiga olinib, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

“Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida ekspert bilan suhbat o‘tkazilmoqda

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida audiopodkast tashkil etildi.

🎙Suhbat spikeri: Serikbek Muratayev – Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlar nomzodi.

📥 Savollaringizni @YangiKonstitutsiyabot telegram boti orqali berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

👉Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mulk huquqining konstitusiyaviy kafolatlarini ta'minlash, shu jumladan, mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

Uy-joy daxlsizligi huquqini ta'minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitusiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko'rib chiqiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tanqidiy tahlil va ustuvor vazifalar faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralarning viloyat va tuman (shahar) tuzilmalaridan jami 300 ga yaqin rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Andijon viloyatida 750 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 5 734 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 4 500 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 9 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 232 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi oqibatida fuqarolarning DXMlarga takroran murojaat qilishlari natijada DXM xodimlarining vaqti ortiqcha sarflanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari