Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
14.7K photos
1.59K videos
33 files
5.79K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan viloyatidagi adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Pop va Chust tumani adliya bo’limi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat markazlari, FHDY bo’limida bo’lib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda tashrif buyurgan fuqarolar va xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangiliklar va amaliyotda mavjud muammolar masalasida muloqot qildi.

Shuningdek, “Madad” NNT hududiy byurolari faoliyatini o’rganish davomida Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan o’rmon xo’jaligi hududida uzoq yillardan beri dehqon xo’jaligi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolarning yer uchastkasiga bo’lgan huquqiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq masalada huquqiy yordam ko’rsatilishi jarayoni bilan tanishdi.

Adliya vaziri fuqarolarning murojaatini tinglab, ularga huquqiy yordam ko’rsatish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma berdi hamda o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qonuniylashtirish yuzasidan qonunchilik loyihasi haqida ma’lumot berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Regina Levonovna Davidova 2023-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Regina Davidova Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2010-yilda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi sifatida boshlagan. 2010—2019-yillarda ushbu boshqarmada turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yildan shu kunga qadar Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Joriy yilning iyun oyidan R. Davidova Adliya vazirligi Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Regina Davidova O’zbekistonda xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni yaratish, xususan, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish hamda vazirlik va idoralar tomonidan mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring va tahlil qilishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Regina Davidovani ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 17-oktabrdagi 2-son majlis bayoniga hamda adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 19-oktabrdagi 163-um-son buyrug‘iga asosan:

▫️ Oltinsoy tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius O‘rozov Abduvoxid Norboyevichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Boysun tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Shoymardonov Fayzullo Amirovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Djumayeva Yoqutxon Xushbakovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboqulov Hamro Xudaymurotovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Denov tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Rasulova Moxira Djumanazarovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Qiziriq tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Shoyimov Bahodir Rahmatovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Muzrabot tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Temirov Dilovar Rustamovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Uzun tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Siddikov Numanjon Muxammadjonovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Sho‘rchi tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Qarshiyev Husniddin Xolmurodovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-noyabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Denov tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Tashmuratova Nodira Artikovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga;

▫️ Sherobod tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Hamroyeva Hulkar Mengdovulovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 1-noyabr kunidan 3 oy muddatga;

▫️ Jarqo‘rg‘on tumanidagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Elmurodov Baxrom Gapparovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-dekabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Jarqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Karakulov Askar Abdujabborovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;

▫️ Qumqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Saitmurodov Abdimurod Erkinovich litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;

▫️ Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Raxmanova Guzal Beknazarovnaning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️ Termiz tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Xasanov Shavkat Xasanovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 3 oy muddatga;

▫️ Jarqo‘rg‘on tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdiyev Farxod Mamatqobilovichning litsenziyasini amal qilishi 2023-yil 20-oktabr kunidan 2 oy muddatga;

▫️ Termiz shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Yulbarsov Allayar Pandjiyevichning litsenziyasini amal qilishini 2023-yil 20-noyabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.
#Adliya_onlayn

⚡️Ayni damda "Adliya vazirligi davlat xizmatlari sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari hamda bu borada kelgusidagi rejalar" mavzusida onlayn muloqot davom etmoqda.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari javob beradi.

📹 Jonli efirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/embed/bg8hqIN3cWI

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Mintaqaviy Muloqot” (Sloveniya) nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlarining yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-seminarlari tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 8-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 09-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
#Infografika

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyati haqida umumiy ma'lumot

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Xususan, o'tgan hafta davomida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Toshkent shahridagi barcha tumanlar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o‘rganildi.

Masʼullar, o'rganish jarayonini dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlashdi.

Shu o‘rinda, poytaxt davlat xizmatlari markazlaridada joriy qilingan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlarini ko’rsatish jarayonlarini ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda, fuqarolarga tez, oson va sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida joriy qilingan “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati o’rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta’kitlandi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan, FHDY organi, FHDY arxivi hamda notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari