Intellektual mulk yangiliklari
2.38K subscribers
4.13K photos
500 videos
42 files
1.99K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar Senat tomonidan ma’qullandi

Joriy yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 3 ta qonun muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyaimd
👍2
#Adliya_xabari

Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-may kuni Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Toshkent davlat texnika universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini huquqiy muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun “Xorijiy patent tashkilotlari”, Ixtirolar va foydali modellar uchun xorijiy patent olish afzalliklari va xususiyatlari”, “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

@adliyaimd
👍2
#Qiziqarli_faktlar

Intellektual mulk huquqi to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar

Intellektual mulk huquqi to‘g‘risidagi birinchi qonun 314 yil ilgari qabul qilinganligini bilarmidingiz? Ushbu qonun Buyuk Britaniya qirolichasi Ann sharafiga nomlangan. Qonunga ko‘ra mualliflar o‘z asarlariga 14 yil davomida qonuniy ega bo‘lib, agar yuqoridagi muddatdan so‘ng ham muallif tirik bo‘lsa, uni yangilash huquqiga ega bo‘ladi. Bu qonun intellektual mulk huquqiga tamal toshini qo‘ygan desak adashmagan bo‘lamiz.

Intellektual mulk sohasi nafaqat yerda balki kosmosda ham tarqalgan.
Bu juda hayratlanarli. Ammo bu huquq haqiqatdan mavjud. Masalan, Xalqaro kosmos stansiyada astronavt qo‘shiq yozsa, mualliflik huquqi uni yaratgan kosmonavtning millatiga tegishli bo‘ladi. Bu insoniyat izlanishlar va inovatsiyalar chegaralarini kengaytirishda davom etar ekan, intellektual mulk huquqlari rivojlanishga moslashishdan dalolat beradi.

Hid uchun ham intellektual mulk huquqini olishi mumkin

Xushbo‘y tovar belgilari tushunchasi hamma tomonidan qabul qilinmaydi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish mezonlari mamlakatdan mamlakatga farq qiladi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda Savdo belgilarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmada hid, agar u funksional bo‘lmasa (ya’ni, tovarlarning tabiiy qo‘shimcha mahsuloti bo‘lmasa) va o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lsa, tovar belgisi bo‘lishi mumkinligini belgilaydi. Roʻyxatdan oʻtgan hid savdo belgisiga misol sifatida Verizon chakana savdo doʻkonlarining oʻziga xos xushboʻy hidini olamiz, u 2014-yilda Qoʻshma Shtatlar patent va savdo belgilari idorasida roʻyxatdan oʻtgan. Xushboʻy tovar belgilarining qiziqarli imkoniyatlari bo‘lishiga qaramay, ularni aniqlashdagi qiyinchiliklar tufayli ulardan foydalanish nisbatan kam uchraydi.

@adliyaimd
3👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh
#24may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Комментарий к Указу Президента «О дальнейшем повышении ответственности и формирования компактной системы управления органов и учреждений юстиции в рамках административных реформ»
#24may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Adliyadan_javob

Savol: Bir vaqtning oʼzida topshirilgan oʼxshash talabnomalarning qaysi biriga nisbatan ustuvorlik belgilanadi?

Javob: Аgar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.

На русском
In English

@adliyaimd
3👏3🔥1
Яратилган асарга бўлган муаллифлик ҳуқуқи икки ёки ундан ортиқ фуқароларнинг биргаликдаги ижодий меҳнати натижасида яратилган асар бўлиши мумкинми?
(Нотўғри жавобни белгиланг)
Anonymous Quiz
19%
Асарнинг мустақил мазмунга эга бўлган қисмидан ўз хоҳишига кўра фойдаланишга ҳақли бўлганда
17%
Муаллифларнинг асари бир бутунни ташкил этса
34%
Мустақил мазмунга эга бўлмас тегишли бўлади
30%
Ҳаммуаллифларга биргаликда тегишли бўлади
👍31
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi


Joriy yilning 23-may kuni Surxondaryo viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar bilan birga davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan o‘z faoliyatlari jarayonidagi mavjud muuammolar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq muammolar haqida fikrlar bildirildi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan maslahatlar berish va amaliy ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birgalikda intellektual mulk obyektlari muhofazasini ta’minlash, ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni takomillashtirish to‘g‘risida ham tushintirishlar berildi.

@adliyaimd
Хонанда Авазбек Олимов судда ютқазди. Ундан шоира фойдасига 170 млн сўм ундириш белгиланди

Қўшиқчи шоира Маҳлиё Аҳророванинг “Гўзал ёрим” шеърини унинг рухсатисиз йиллар давомида “Севар ёрим” номи остида куйлаб келгани учун товон пули ва маънавий зарар тўлайдиган бўлди.

👉 https://kun.uz/kr/46514478

Kun.uz расмий канали
👍3
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasasalarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-treninglar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ullari ishtirokida Termiz davlat universiteti va Termiz Muhandislik-texnologiya instituti qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarida navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

Mutaxassislari «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi», «Sanoat namunasining huquqiy muhofazasi» mavzularida ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi.

Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mehnat mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

@adliyaimd
3👍1
6953631.pdf
769 KB
Ikkita yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi

Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-929-son

Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-930-son

@adliyaimd
👍82🔥1
Forwarded from Faxriddinovna
👍1
#Adliya_xabari

Ikkita yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Bu aslida nima beradi? Nimalar O‘zgaradi?


👉Batafsil

@adliyaimd
👍3
Ўзбекистонда медиамаҳсулотлардан фойдаланиш устидан назорат кучайтирилади

Президент томонидан «Ижрочилар, фонограмма тайёрловчилар ва эшиттириш ташкилотлари ҳуқуқларини муҳофаза қилиш тўғрисидаги халқаро конвенцияга Ўзбекистоннинг қўшилиши ҳақида»ги қонун имзоланди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/101816

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101816

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
5👏2👍1
“Notcoin”, “Hamster Kombat”. O‘zbekistonda kriptovalyuta olish va sotish qay darajada qonuniy?

Kriptovalyutaga oid milliy qonunchilik qanday? Kriptovalyuta olish  va sotish qay darajada qonuniy? Buning uchun qanday javobgarlik belgilangan? Aynan qanday harakatlar uchun kishilar javobgarlikka tortilmoqda? Hudud24.uz quyida shu xususida so‘z yuritadi.

👉Batafsil

@adliyaimd
👍4
Иккита янги қонун билан Ўзбекистон Республикаси халқаро ҳужжатларга қўшилди. Бу аслида нима беради? Нималар ўзгаради?

Кейинги йилларда мамлакатда интеллектуал мулк соҳасида кенг қамровли ишлар амалга оширилмоқда. Бу борада интеллектуал мулк соҳасидаги, шу жумладан муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар соҳасидаги халқаро ҳужжатларга қўшилиш масаласига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2🔥1