Intellektual mulk yangiliklari
2.06K subscribers
3.95K photos
475 videos
42 files
1.87K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

Adliya vazirligiga “Rasulov Abduzokir” xususiy korxonasiga tegishli muhofazaga olingan “CHIG‘ATOY” so‘zli ko‘rinishdagi tovar belgisidan “A. CH” MChJ tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

👉Batafsil
🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ўзганинг товар белгисидан, хизмат кўрсатиш белгисидан, товар келиб чиққан жой номидан ёки адаштириб юбориш даражасида улар билан ўхшаш бўлган белгилардан шу турдаги товарларга (хизматларга) нисбатан қонунга хилоф равишда фойдаланиш ёхуд ўзганинг фирма номидан қонунга хилоф равишда фойдаланиш:

фуқароларга БҲМнинг 5 бараваридан 10 бараваригача (1 млн 650 минг сўмдан 3 млн 300 минг сўмгача);

мансабдор шахсларга 10 бараваридан 20 бараваригача миқдорда (3 млн 300 минг сўмдан 6 млн 600 минг сўмгача) жарима солишга сабаб бўлади.

☑️ Шунингдек, товар белгисидан, товар келиб чиққан жой номидан ёки улар билан адаштириб юборадиган даражада ўхшаш бўлган бир турдаги товарлар учун белгилардан қонунга хилоф равишда фойдаланиш юридик шахсларга БҲМнинг 100 бараваридан 200 бараваригача миқдорда (33 млн сўмдан 66 млн сўмгача) жарима солишга сабаб бўлади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Respublika boʻylab kontrafaktga qarshi targʻibot tadbirlari boshlandi

Joriy yilning 4-5-sentabr kunlari Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Navoiy viloyati hududida joylashgan savdo majmualarida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Respublika bo‘ylab profilaktika tadbirlarini amalga oshirishdan maqsad, aholini intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish hamda hududiy adliya organlari xodimlarining intellektual mulk huquqini himoya qilish yuzasidan bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat.

Targʻibot tadbirlari davomida kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga taklif etishga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatildi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan usullar

Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma sharhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰Қонунчиликка кўра, патентнинг амал қилишини қонун ҳужжатларида назарда тутилган ҳолларда патент эгасининг илтимосномасига биноан узайтирилиши мумкин.

Патентнинг амал қилиш муддатини патент эгаси илтимосномасига биноан қуйидаги муддатларга узайтириш мумкин:

🔸ихтиро патенти 5 йилдан кўп бўлмаган муддатга;
🔸саноат намунаси патенти 5 йилга;
🔸фойдали модел патенти 3 йилга.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Targ‘ibot tadbirlari – huquqbuzarlikni oldini olishning eng oqilona yo‘lidir!


Kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi “O‘rikzor” savdo majmuasida navbatdagi profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar savdosi bilan shug‘illanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida savdo rastalarning har biriga asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.

Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar orqali nohalol raqobat oldi olinadi, asl mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkor huquqlari himoya qilinadi. Ayniqsa iste’molchilarni aldanishiga va soxta, kontrafakt mahsulot xarid qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

➡️На русском ➡️In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk_markazi

Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan navbatdagi seminarlar o‘tkazildi

👉
Batafsil

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, икки ёки ундан ортиқ жисмоний шахснинг биргаликдаги ижодий меҳнати натижасида яратилган асарга бўлган муаллифлик ҳуқуқи, мазкур асар бўлинмас бир бутун ёки ҳар бири ҳам мустақил мазмунга эга қисмлардан иборат эканлигидан қатъи назар, ҳаммуаллифларга биргаликда тегишли бўлади.

📋 Ҳаммуаллифлар ўртасидаги муносабатлар, қоида тариқасида, келишув асосида белгиланади.

Бундай келишув бўлмаган тақдирда, асарга бўлган муаллифлик ҳуқуқи барча муаллифлар томонидан биргаликда амалга оширилади, муаллифлик ҳақи эса улар ўртасида тенг тақсимланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Kuni kecha kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi “Quyoshli” kitob-savdo majmuasida navbatdagi profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida kitob savdosi bilan shug‘illanuvchi sotuvchilarga kontrafakt kitob mahsulotlarini aslidan farqlash, muallifning ruxsatisiz uning asaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar tushuntirildi.

Shuningdek, kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarganlik yoki uning savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari mavjudligi hamda hozirgi vaqtda mualliflik huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk_markazi

Intellektual mulk markazi tomonidan soha bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirishga qaratilgan seminar treninglar o‘tkazildi

Batafsil

@adliyaimd
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Kontrafaktga qarshi targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida Adliya vazirligi xodimlari tomonidan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Profilaktika tardbiri davomida sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari boʻyicha huquqiy ma’lumotlar berildi, kontrafakt mahsulotlar kataloglari topshirilib, undan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt
Nimaga brendlarda ® belgisi ishlatiladi?

Bilasizmi, ® belgisi ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisining tipografik belgisi bo‘lib, u birinchi marta 1946-yilda AQSHning savdo belgisi to‘g‘risidagi qonunida paydo bo‘lgan.

Belgi inglizcha “registered” so‘zidan olingan bo‘lib, “ro‘yxatdan o‘tgan” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjati beruvchi patent idoralaridan ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi - TM" so‘zlari shaklida ham uchratish mumkin.

🌐 На русском 🌐 In English

@adliyaimd
#Bu_qiziq

Ozon onlayn-bozori “ko‘k-pushti” ranglar kombinatsiyasini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qildi, deb yozmoqda “Коммерсантъ”.

Kompaniyaning fikriga koʻra pushti va koʻk ranglarning ketma-ketligidan iborat “zebra” naqshini roʻyxatdan oʻtkazish, kompaniya sheriklari - buyurtmalarni tarqatish punktlari egalariga taqdim etiladigan brend materiallariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishga yordam beradi.

“SmartHeart” ijodiy agentligi asoschisi Stanislav Okruxning soʻzlariga koʻra, kompaniyalar “maqsadli auditoriyaga ta’sir qilish uchun faqat “logotip”ning oʻzi yetarli emasligini va naqshlar, shakllar va ranglar bu ta’sirni to'ldirishini” tushuna boshladilar.

Har bir kompaniyaning oʻziga xos rangi bor: Rossiyada bir qator yirik tashkilotlar rangli savdo belgilarining mualliflik huquqi egalari hisoblanadi. Misol uchun, "Sberbank" yashil rangni, "MTS" - qizil va "Gazprom" - koʻk rangni roʻyxatdan oʻtkazgan.

Shuningdek, “Wildberries” kompaniyasi binafsha rangi uchun qonuniy muhofaza olishga harakat qilgan edi, ammo “Rospatent” va Intellektual mulk huquqlar boʻyicha sud onlayn-bozorga bunday muhofazani rad etgan edi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Kontrafaktga qarshi kurashish doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari keng olib borilmoqda

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan Samarqand viloyatidagi yirik bozorlarda, savdo shoxobchalarida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va shunga o‘xshash boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi ekanligi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining salbiy oqibatlari tushuntirilib, asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan kataloglar tarqatildi.

Joylarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotganlik holatlari aniqlanib, sotuvchilarga bular kontrafakt mahsulot ekanligi, ularning inson sog‘lig‘iga va huquq egasining tadbirkorlik faoliyatiga zararlari haqida tushuntirishlar berildi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ўзбекистонда товар белгисини рўйхатга олиш жисмоний ёки юридик шахс томонидан Саноат мулки муҳофазаси порталига (ip.adliya.uz) талабнома топшириш орқали амалга оширилади.

📁 Талабномада қуйидагилар бўлиши керак:

товар белгиси сифатида белгини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома берувчининг унинг жойлашган жойи ёки яшаш манзили кўрсатилган аризаси;

талабномада кўрсатилган белгининг тасвири;

белгиларни рўйхатдан ўтказиш учун товарлар ёки хизматларнинг халқаро таснифига мувофиқ гуруҳланган, товар белгисини рўйхатдан ўтказиш сўралаётган товарларнинг рўйхати.

📝 Агар талабнома патент вакили орқали берилган бўлса, қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ расмийлаштирилган ва унинг ваколатларини тасдиқловчи ишончнома илова қилинади.

📋 Шунингдек, талабномага талабномани топшириш учун белгиланган тартибда патент божи тўланганлигини тасдиқловчи ҳужжат илова қилиниши лозим.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Qoraqalpogʻiston Respublikasida kontrafaktga qarshi kurashish doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Joriy yilning 12-13-sentabr kunlari navbatdagi kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yirik savdo majmualarida boʻlib oʻtdi.

Mas’ullar tomonidan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga taklif etishga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari mavjudligi, kontrafakt mahsulotning iste’molchilar va halol tadbirkorlar uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, savdo rastalarning har biriga asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.

Respublika bo‘ylab profilaktika tadbirlarini amalga oshirishdan maqsad, aholini intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

Targʻibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

©️ “Rossiyaga yo‘l oldim” qo‘shig‘idan ruxsatsiz foydalangan qoʻshiqchi jarimaga tortildi

👉Batafsil

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, қуйидаги белгилар товар келиб чиққан жой номи сифатида рўйхатдан ўтказилмайди:

🔹товар келиб чиққан жой хусусида истеъмолчини чалғитиб қўядиган жўғрофий ном бўлган белгилар;

🔹товар келиб чиққан ҳақиқий жойни расман кўрсатувчи, лекин товар бошқа ҳудудда чиқарилаётганлиги ҳақида янглиш тасаввур берувчи белгилар;

🔹товар тайёрланган жой номи билан боғлиқ бўлмаган жўғрофий номни англатувчи ва Ўзбекистонда муайян турдаги товар белгиси сифатида умум фойдаланишда бўлган белгилар;

🔹шу турдаги товарга нисбатан товар келиб чиққан жой номи ёки географик кўрсаткич сифатида рўйхатдан ўтказилган белгилар.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Xalqaro_hamkorlik

Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish bo‘yicha Koreya delegatsiyasi bilan muzokaralar boshlandi

Hozirda Adliya vazirligi hamda Koreya intellektual mulk idorasi (KIPI) KOICA o‘rtasida “Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish” dasturi bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni damda ushbu hamkorlik doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti rahbari E.Kanyazov boshchiligidagi ishchi guruh va Koreya Respublikasidan kelgan bir guruh delegatsiya a’zolari bilan (KIPI) KOICA “Rivojlanish uchun rasmiy yordam” dasturi doirasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ushbu hamkorlik dasturi doirasida delegatsiya 18 – 23-sentyabr kunlari vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlik masalasida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Hafta davomidagi muzokara tafsilotlari keyingi xabarlarda berib boriladi.

🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

Andijonda TIQQM hamkorligida navbatdagi seminarlar oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyaimd