#Bilasizmi
Ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan usullar
O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
🔹ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
🔹tashkil etish va boshqarish usullari;
🔹shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
🔹aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
🔹elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
🔹binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma sharhlari;
🔹estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
🔹integral mikrosxemalarning topologiyalari;
🔹o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
🔹jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
@adliyaimd

👍1
#Bu_qiziq
🌎Tarix davomida juda koʻplab ixtirochilar bo'lgan, ammo faqatgina ularning ayrimlari oʻz familiyasi bilan taniqli bo’lish darajasida mashhurlikka erishgan. Ushbu qisqa roʻyxatdagi bosma mashinasi, lampochka, televizor va hattoki iPhone kabi olamshumul ixtirolarni yaratgan mashhur olimlar bilan tanishing.
1. Iogann Gutenberg nemis zargari va ixtirochisi bo'lib, Gutenberg yaratgan bosma uskunasi orqali mashhur boʻlib, bosma mashinasi harakatlanuvchi shriftga ega bo’lgan.
2. Benjamin Franklin taniqli davlat arbobi va AQSh asoschisi sifatida tanilgan. Ammo uning boshqa koʻplab yutuqlari orasida chaqmoq qaytargich, temir pechka, bifokal koʻzoynaklar va odometr kabi ixtirolar bo’lgan.
3. Tomas Edison tomonidan ishlab chiqilgan birinchi buyuk ixtiro qalay folgali fonograf bo’lgan. Shuningdek, izlanuvchan Edison lampochkalar, elektr toki, plyonka va audio qurilmalar bilan tajriba o’tkazishi bilan tanilgan.
4. 1876 yilda 29 yoshida Aleksandr Bell telefonni ixtiro qiladi. Bellning telefondan keyingi birinchi yangiliklaridan biri "yorugʻlik" orqali tovushni uzatishni ta'minlaydigan "fotofon" qurilmasi edi.
5. Jorj Vashington Karver qishloq xoʻjaligi kimyogari boʻlib, yer yong’oqdan foydalanishnig 300 xil va soya, pekan yongʻogʻi, shirin kartoshkadan foydalanishni yuzlab turini ixtiro qiladi. Uning hissasi tufayli Janubiy AQShda qishloq xoʻjaligi rivojlanishiga turtki boʻladi.

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 1-Milliy anjumani tafsilotlari

Savol: Foydali model deb nimaga aytiladi?
Javob: Mahsulot yoki usulga tegishli har qanday sohadagi texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi. Foydali model sifatida, masalan, usullar, qurilmalar, moddalar, mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari tan olinadi.
Savol: Qaysi obyektlarga muhofaza taqdim etiladi?
Javob: Аgar obyekt patentga layoqatlilikning quyidagi shartlariga javob bersa, foydali modelga patent berilishi mumkin:
• yangi boʻlsa, yaʼni mavjud texnika darajasida maʼlum boʻlmasa;
• sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, yaʼni foydali modeldan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va faoliyatning boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa.

#Intellektual_mulkni_garovga_berish
Ayni damda bank xodimlari uchun intellektual mulkdan garov sifatida foydalanishdagi mexanizmlar, garov obyektini narxlash hamda kreditlashdagi mavjud muammolar yuzasidan seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda intellektual mulkni moddiy mulk kabi kredit va boshqa shartnomalarda garov obyekti sifatida garovga qo‘yish tajribasi amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Xususan, 2006-yil AQSHda banklarga garov evaziga topshirilgan mulklarning 45 foizini nomoddiy ne’matlar ya’ni intellektual mulk tashkil qilgan.
Ochig‘i respublikamizda bunday amaliyot yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Bugungi seminar esa mazkur amaliyotga qo‘yilayotgan dastlabki qadam hisoblanadi.
To‘liq ma’lumotlar navbatdagi xabarlarda beriladi…

Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_xabari
Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

🔻Kontrafakt mahsulotning zararli oqibatlari nimalarda deb oʻylaysiz?
(variantlardan bir nechtasini belgilashingiz mumkin)

Anonymous Poll
68%
Kontrafakt mahsulot iqtisodiyotga, ayniqsa soliq toʻlovchi yirik tadbirkorga zarar yetkazadi;
60%
Iste’molchining sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin;
35%
Chet el brendlarini Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishiga toʻsqinlik qiladi;
27%
Ortiqcha harajatni keltirib chiqaradi;
59%
Bozorlarda nohalol raqobat vujudga keladi;
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz
🔥Kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari belgilangan tartibda yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi
“Stolichnaya” (“ZHS IP Worldwide Sarl”) Shvetsariya kompaniyasiga tegishli tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holati aniqlandi.
Mazkur huquqbuzarlik holatini bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqaruvchiga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Natijada kontrafakt yorliqlar tayyorlagan fuqaro mazkur harakatlari qonunga zid ekanligi va zararli oqibatlari mavjudligini tushungan holda oʻzi tayyorlagan kontrafakt mahsulotlarning yorliqlarini belgilangan tartibda yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qildi.

#Kun_tarixi
🇺🇿 Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston davlat suverenitetining ramzidir
18 noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun.
Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan boshqariladigan xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlar:
1️⃣ Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiya (1967-yil 14-iyul);
2️⃣ Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij Konvensiyasi (1883-yil 20-mart);
3️⃣ Adabiy va badiiy asarlar muhofazasi bo‘yicha Bern Konvensiyasi (1886-yil 9-sentabr);
4️⃣ Patent huquqi to‘g‘risidagi shartnoma (PLT) (2000-yil 1-iyun);
5️⃣ Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (TLT) (1994-yil 27-oktabr);
6️⃣ O‘simliklar yangi navlari bo‘yicha xalqaro konvensiya (UPOV) (1961-yil 2-dekabr);
7️⃣ Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga Bayon-noma (1989-yil 27-iyun);
8️⃣ Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (PCT) (1970-yil 19-iyun);
9️⃣ Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Butapesht shartnomasi (1977-yil 28-aprel);
🔟 Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to‘g‘risida Nitsa bitimi (1957-yil 15-iyun);
1️⃣1️⃣ Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi (1971-yil 24-mart);
1️⃣2️⃣ Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini ta’sis etish to‘g‘risida Lokarno bitimi (1968-yil 8-oktabr);
1️⃣3️⃣ BIMTning mualliflik to‘g‘risidagi shartnomasi (1996-yil 20-dekabr);
1️⃣4️⃣ BIMTning ijrochilar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasi (1996-yil 20-dekabr);
1️⃣5️⃣ Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqoqnuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (1971-yil 29-oktabr);
1️⃣6️⃣ Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasi (2022-yil 12-yanvar);

Intervyuda mualliflik huquqining taqsimlanishi qanday?
Intervyuga boʻlgan mualliflik huquqi intervyu bergan shaxsga va intervyu olgan shaxsga, agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hammualliflar sifatida tegishlidir.
Intervyudan foydalanishga faqat intervyu bergan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

#Brend
📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.
™"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
🏆Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
☎Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining (71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.

#Trening
Adliya vazirligi tomonidan “Mutaxassisilar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Specialist Program) doirasida intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va sudyalarning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
21–25-noyabr kunlari mazkur treningda Sudyalar oliy maktabi tinglovchilari ishtirok etishmoqda.
@adliyaimd
Adliya vazirligi tomonidan “Mutaxassisilar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Specialist Program) doirasida intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va sudyalarning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
21–25-noyabr kunlari mazkur treningda Sudyalar oliy maktabi tinglovchilari ishtirok etishmoqda.
@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
❗️Noqonuniy sotilgan tovarlarga nisbatan “kontrafakt” va “qalbaki” kabi tushunchalar ko‘pchilik uchun ma’no jihatidan o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo ular sinonim emas.
🔻Kontrafakt mahsulot bu - intellektual mulk huquqlarni buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlardir.
Kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni chalg‘itishga urunadilar.
🔻Qalbakilashtirish bu - mahsulot xomashyosini, xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish tushuniladi.
Odatda, qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar asl brend, logotip yoki mahsulot dizaynini o‘zgartirmagan holda yashirin sexlarda, iste’molga yaroqsiz, talab va me’yorlarga mos kelmagan holda tayyorlaydilar.

❤1👍1
#Uchrashuv
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlish masalalari boʼyicha ekspertlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
Bugun Аdliya vazirligi mutasaddi xodimlari va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlish masalalari boʼyicha ekspertlari V. Kroshe va V. Ognivtsevlar oʼrtasida konsultativ ushrashuv boʼlib oʼtdi.
Tor doiradagi uchrashuvda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlishda milliy qonunchilikni TRIPS talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Taraflar Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʼyicha bitimi yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, kelgusi yili ushbu bitim talablaridan kelib chiqib qonunchilikka kiritilishi rejalashtiralayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim boʼlgan majburiyatlar yuzasidan kelishib oldilar.

👍3
#Bilasizmi
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra
🔸 rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
🔸rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
🔸 xalq ijodiyoti asarlari;
🔸 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
🔸 insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

👏2
#ESLATMA
Muallif yaratgan asarini o‘ziga o‘zi pochta xizmati yoki rasmiy elektron pochta orqali yuborishi mumkin
📤Muallif o‘z asarini o‘ziga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi dalillarni yaratishi mumkin. Ya‘ni muallif o‘ziga tegishli bo‘lgan asar nusxasiga yaratilgan sanani qo‘yib, uni imzolaydi va pochta orqali o‘ziga jo‘natadi.
📥Qabul qilingan konvert ochilmaydi. Agar nizo yuzaga kelsa, pochta markasi ish yuborilgan sanadan oldin yaratilganligini tasdiqlaydi. Pochta orqali muallifning o‘z asarini o‘ziga yuborish usuli qog‘ozga tushiriladigan yoki diskka yoziladigan ishlarga mos keladi.
📮Ziddiyatli holatlarda mazkur pochta markalari soxtalashtirilgan degan fikrlar ham bo‘lishi mumkin, ammo elektron pochta orqali yuborilgan nusxalar hech qanday e’tirozlarga sabab bo‘la olmaydi.

👍5🔥1👏1
Oʻzga firma nomidan noqonuniy foydalish holatiga chek qoʻyildi
🔻Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga Olmaliq “Ammofos Maxam” AJ shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, ularga tegishli bo‘lgan “Ammofos Maxam” firma nomidan Fargʼona viloyatida joylashgan "F.M.L" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ular bilan shartnoma tuzmasdan, roziligini olmasdan noqonuniy foydalanayotganligi holati yuzasidan tegishli chora koʼrishni soʼragan.
➡️ Batafsil

👍5👏1