Intellektual mulk yangiliklari
1.93K subscribers
3.9K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Adliya_xabari

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari boshlandi

Joriy yilning 13-avgust kuni Toshkent viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi buyicha vakolatli organlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Davra suhbatida kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klasslar tashkillashtirildi hamda aniqlangan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan ma’lumotlar almashishga kelishib olindi.

@adliyaimd
Savol: Mualliflik huquqi subyektlariga kimlar kiradi?

Mualliflik huquqi subyektlari – bu ma’lum bir mualliflik huquqlariga ega shaxslar doirasi. Ularga muallif yoki uning merosxo‘rlari, shuningdek shartnomada yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar kiradi.

Вопрос: Кто является субъектами авторского права?

Субъектами авторского права является круг лиц, обладающих определенными авторскими правами. К ним относятся автор или его наследники, а также иные юридические или физические лица, получившие право использования произведения на основании договора или иных юридических документов.

Question: Who are the subjects of copyright?

Subjects of copyright are the circle of persons with certain copyrights. They include the author or his heirs, as well as other legal entities or individuals who have received the right to use the works on the basis of the contract or other legal documents.

@adliyaimd
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️“Интеллектуал мулк объектларига оид муҳофаза ҳужжатларининг амал қилиш муддатини узайтириш бўйича давлат хизматини кўрсатишнинг маъмурий регламентини тасдиқлаш тўғрисида”ги Вазирлар Маҳкамасининг (ВМҚ-468-сон) қарори қабул қилинди.

🔰 Маъмурий регламентга кўра, қуйидаги интеллектуал мулк объектларига оид муҳофаза ҳужжатларининг амал қилиш муддати узайтирилиши назарда тутилмоқда:
ихтиро ;
фойдали модель;
саноат намунаси;
селекция ютуғи;
товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгиси;
географик кўрсаткич;
товар келиб чиққан жой номи;


✔️ Давлат хизматидан фойдаланишда:
резидентлар – ваколатли органнинг махсус ахборот тизими (im.adliya.uz) ёки Ўзбекистон Республикаси Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали;
норезидентлармахсус ахборот тизими (im.adliya.uz) орқали Адлия вазирлигига ариза беради.

🏢 Ариза келиб тушган кундан эътиборан ўн беш кунлик муддат ичида кўриб чиқилади.
#Adliya_xabari

Navoiyda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi vakolatli оrgаn xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi


Joriy yilning 13-avgust kuni Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda kontrafaktga qarshi kurashishni koʻzda tutuvchi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mashgʻulot yakunida maxsus vakolatli organlar tomonidan kelgusida viloyat hududida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Buxoroda boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-avgust kuni Buxoro viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi buyicha vakolatli organlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda hamkor tashkilotlarning kontrafaktga qarshi kurashishdagi muhim vazifalari muhokama qilindi. Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha aniqlangan qalbaki vа kontrafakt holatlar hamda markirovkalash qoidalari buzilganligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rishi yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda respublika boʻylab hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.

@adliyaimd
#Bu_muhim

®️Mahsulotingiz bor-u, ammo tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmadingizmi?

BILINGKI, BRЕNDINGIZ YO‘QLIGI BOZORDA O‘RNINGIZ YO‘QLIGINI BILDIRADI.

⁉️Ammo, siz brendingizni qanday muhofaza qilishni bilmayapsizmi?
⁉️Brendingiz o‘zga shaxslar tomonidan foydalanilishi yoki o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib olishi sizni tashvishlantiryaptimi?
⁉️Siz o‘zingizni halol va sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi deb hisoblaysizmi?

☝️UNDA ZUDLIK BILAN TOVAR BELGINI RO‘YXATDAN O‘TKAZING VA HUQUQIY MUHOFAZAGA OLING.

✔️Tovar belgisi himoyasi kompaniya rivojlanishiga, bozorda mustahkam o‘rin egallashiga hamda xaridorlar ishonchini zabt etishiga xizmat qiladi. Eng muhimi bu orqali kompaniya o‘z imijini yaratib, katta nufuzga ega bo‘ladi.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasiga oid muammolarni o‘rganish va ko‘maklashish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi


Qabul tafsilotlari bilan yuqoridagi lavhada tanishishingiz mumkin

@adliyaimd
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i lavozimiga Shoxidaxon Yuldasheva tayinlandi.

Sh. Yuldasheva adliya organlari tizimida 18 yillik ish tajribasiga ega. Oliy ma'lumotli yurist, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyaimd
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Furqat Tojiyev tayinlandi.

F.Tojiyev Adliya vazirligi tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega, oliy ma'lumotli yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Farg‘onada yana bir kontafakt mahsulot aniqlandi

Farg’ona viloyat adliya boshqarmasiga “Family Group” MChJ “FLAVIS” tovar belgisining tasviriy qismidan huquq egasining ruxsatisiz Farg‘ona viloyatida joylashgan "S.W." MChJ foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosliligi oʻrganilganda, "Family group" MChJ Adliya vazirligidan  “Flavis” jamlanma tovar belgisi, tasviri hamda idishi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 32-sinfiga muvofiq guvohnomalar olganligi ma‘lum bo‘ldi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofazaga olingan.

Murojaat asosida "S.W." MChJ tekshiruv o’tkazilganda, jamiyat tomonidan “FLAVIS” tovar belgisining tasviriy qismiga aynan bir xil bo’lgan tasvirdan foydalanib “SAFINUR” nomli salqin ichimliklar ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakuni boʻyicha "S.W." MChJ rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud boʻlgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish, ushbu talablarni bajarishning iloji boʻlmagan taqdirda, tegishli tovarni yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrish boʻyicha  koʻrsatmalar berildi.
Ogoh bo’ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kontrafakt mahsulotni originalidan farqlay olasizmi?

Batafsil videorolikda

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Maʼrufjon Nazarov tayinlandi.

M.Nazarov Adliya vazirligi tizimida 9 yillik ish tajribasiga ega, oliy maʼlumotli yurist, 2-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyaimd
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi xodimlari tayinlandi

@adliyaimd
#Adliya_xabari

#Adliya_xabari

Respublikamizda navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi


Davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga axborot maydonchalari yaratilishida texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-avgust kuni Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi masʼullari ishtirok etib, markaz direktori B.Sagdullayev va institut direktori K.Tojibaevlar tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi.

Aytish joizki, texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent maʼlumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini oʻtkazish hamda oʻz ishlanmalarini tijoratlashtirish boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak

Kontrafaktni qanday ajratish mumkin?


@adliyaimd
#Adliya_xabari

O‘zbekiston tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasiga qo‘shildi

Joriy yilning 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun imzolandi.

Ushbu hodisa tovar belgilari sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish va mamlakatda intellektual mulk tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasi
2006-yilda qabul qilingan xalqaro hujjat bo‘lib, bugungi kunga kelib 59 ta davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Singapur shartnomasining asosiy maqsadi tovarbelgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va bir xillashtirishdan iborat.

Bunda, ushbu shartnoma bilan quyidagilar nazarda tutiladi:
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma shakli, to‘lovlar va muddatlar uchun minimal standartlarni belgilash;

-elektron shaklda talabnoma topshirish, elektronimzoni tan olish va undan foydalanish, shuningdek, tovush, golografik belgilar va boshqa noodatiy tovar belgilarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq tartiblarni joriy etish;

-talabnomani topshirish uchun belgilangan muddatni uzaytirish yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash imkoniyatini yaratish;

-tovar belgisidan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomasini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona tartibini belgilash.

O‘z o‘rnida, ushbu shartnomaning imzolanishi mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilishini, shuningdek, standartlashtirish orqali mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari va vaqtini tejash uchun sharoit hozirlashini ta’kidlash joiz.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Safia – garajda boshlangan shirin biznes

Safiaʼning yaratilishi tarixi qanday? Uning muvaffaqiyat siri nimada? Ayni paytda qonun bilan himoyalangan brend qanday paydo boʻlgan? Shirinliklar qanday tayyorlanadi? Qandolatchilik kompaniyasi xodimlari qancha maosh olishadi? “Qaroqchi”ning bu galgi sonida dunyo bozorini egallab borayotgan brend faoliyatiga ichkaridan nazar tashlaymiz.

Toʻliq video: 👉https://youtu.be/Kw_kg5SnFQQ

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

©️Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi.

💵Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.

❗️Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Andijon viloyatida bo‘lib o'tdi


Uchrashuvda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Xususan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan amalga oshiriladigan navbatdagi ishlar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarorining mazmun-mohiyati

Kontrafaktni asl mahsulotdan qanday farqlash mumkin? Mutaxassisdan maslahat

Kontrafakt mahsulot ishlab chiqarganlik hamda uning realizatsiyasiga qarshi qonunchilikda qanday javobgarlik choralari mavjud?

Shu kabi savollarga mutaxassis
“Mening huquqim” koʻrsatuvida javob berdi

@adliyaimd
#Adliyadan_javob

Savol: Bir vaqtning oʼzida topshirilgan oʼxshash talabnomalarning qaysi biriga nisbatan ustuvorlik belgilanadi?

Javob: Аgar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.

На русском
In English

@adliyaimd