Intellektual mulk yangiliklari
2.09K subscribers
4K photos
480 videos
42 files
1.9K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Bilasizmi

Elektron kutubxonalarda asarlarning barcha uchun o‘qish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtirish qonuniymi?

👉
Batafsil

@adliyaimd
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra

🔸 rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

🔸rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);

🔸 xalq ijodiyoti asarlari;

🔸 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;

🔸 insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

🌐На русском
🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CLEAR shampunining kontrafakt turlari

Sizda qazgʼoq va soch toʼkilishi bilan umuman muammo yoʼqmi? Unda CLEVER, CLEER va GLEAR shampunlaridan foydalaning. Bu muammolar Sizda darxol paydo boʼladi😄🤦🏻‍♀️

‼️Iste’molchilar diqqatiga! Tasvirda haqiqiy CLEAR shampuni va uning kontrafakt turlarining tasviri keltirilgan. Bu kabi kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar Intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Ko‘rib turganingizdek, kontrafakt nusxalar aholini bir qarashda chalg‘itish darajasida o‘xshashdir.

☝️Shunday ekan kontrafakt mahsulotni sotib olishdan ehtiyot bo‘ling. Faqat original mahsulotni xarid qiling!

@adliyaimd
#Adliya_xabari

“Liberty” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2024-yil mart oyida “YUSTEX” MChJga tegishli bo‘lgan “Liberty” tovar belgisidan (MGU 47926-son guvohnoma) huquq egasining roziligisiz noqonuniy foydalanib kelinayotganligi holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazilganda “Liberty” tоvаr belgisining kontrafakt nusxada ishlab chiqarilgan “Liberty” nomi ostida kontrafakt kiyimlar savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzar “YUSTEX” MChJga tegishli “Liberty” tovar belgilariga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatib, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilgan holda faoliyat yuritishi tushuntirildi.

@adliyaimd
#Bilasizmi

Intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjatini olish nima uchun kerak?

👉Obyektga nisbatan egalik huquqini olish uchun

👉O'zgalar tomonidan ruxsatsiz o'zlashtirishdan himoyalash uchun

👉Nohalol raqobatdan himoyalanish uchun

👉Yaratma, ixtiro originalligini saqlash uchun

👉Tovar belgisini boshqa belgilardan ajralib turishi uchun

👉Biznesda turli riskdan saqlanish uchun

👉Sud orqali o'z huquqlarini talab qilish uchun

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интеллектуал мулк: товар белгиси нима?

⚡️Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгиси (товар белгиси) бу бир юридик ва жисмоний шахслар товарлари ва хизматларини (товарлар) бошқа юридик ва жисмоний шахсларнинг шу турдаги товарларидан фарқлаш учун хизмат қиладиган, белгиланган тартибда рўйхатдан ўтказилган белгилардир.

⚡️Оргинал ва қалбаки озиқ-овқат маҳсулотларини қандай фарқлаш мумкин?

Батафсил видеолавҳада👆👆👆

👇👇👇👇👇
ТЕLЕGRАМ|FACEBOOK|YOUTUBE|ТWIТТЕR|INSТАGRАМ|WEB-SAYT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_maslahat

💢Xarid vaqtida original mahsulot bilan kontrafakt mahsulotni farqlashda ikkilanyapsizmi?

📹Mazkur video maslahat bilan tanishish orqali Siz kontrafakt mahsulotni aniqlashda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
________________

💢Затрудняетесь отличить оригинальный товар от контрафакта при совершении покупок?

📹Посмотрев этот видео-руководство, вы сможете получить информацию о том, на что следует обращать внимание при выявлении контрафактного товара.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪫Ma'lumki muqobil energiya manbaalari insonning elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.

🌊Yaponiyalik Masaya Sumino tabiiy sharoitdan foydalanib, odamlarning elektrga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun mini-gidravlik generator yasadi.

🏘Bu foydali model ayniqsa chekka hududlarda yashovchi aholi uchun juda qulay.

💡Gidrogenerator ko'l va hovuzlardan oquvchi suv orqali muqobil va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

🌄Qurilma orqali tog'li yoki elektr toki yetib bormagan hududlarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari katta daryolarga yaqin joylashgan shaharlarni elektr toki bilan ta'minlashda, ko'priklarni yoritishda ham shunday "yashil" energiyadan foydalanish mumkin bo'ladi.

👆Yuqoridagi videoda qurilma qanday ishlashini ko'rishingiz mumkin.

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Intellektual mulk departamenti tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan:

❇️ ixtiro patenti 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

❇️sanoat namunasi patenti 5 yilga;

❇️foydali model patenti 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

🌱На русском
🌱In english

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

❗️Noqonuniy sotilgan tovarlarga nisbatan “kontrafakt” va “qalbaki” kabi tushunchalar ko‘pchilik uchun ma’no jihatidan o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo ular sinonim emas.

🔻Kontrafakt mahsulot bu - intellektual mulk huquqlarni buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlardir.

Kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni chalg‘itishga urunadilar.

🔻Qalbakilashtirish bu - mahsulot xomashyosini, xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish tushuniladi.

Odatda, qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar asl brend, logotip yoki mahsulot dizaynini o‘zgartirmagan holda yashirin sexlarda, iste’molga yaroqsiz, talab va me’yorlarga mos kelmagan holda tayyorlaydilar.

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Ўзбекистонда товар белгисини рўйхатга олиш жисмоний ёки юридик шахс томонидан Саноат мулки муҳофазаси порталига (ip.adliya.uz) талабнома топшириш орқали амалга оширилади.

📁 Талабномада қуйидагилар бўлиши керак:

товар белгиси сифатида белгини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома берувчининг унинг жойлашган жойи ёки яшаш манзили кўрсатилган аризаси;

талабномада кўрсатилган белгининг тасвири;

белгиларни рўйхатдан ўтказиш учун товарлар ёки хизматларнинг халқаро таснифига мувофиқ гуруҳланган, товар белгисини рўйхатдан ўтказиш сўралаётган товарларнинг рўйхати.

📝 Агар талабнома патент вакили орқали берилган бўлса, қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ расмийлаштирилган ва унинг ваколатларини тасдиқловчи ишончнома илова қилинади.

📋 Шунингдек, талабномага талабномани топшириш учун белгиланган тартибда патент божи тўланганлигини тасдиқловчи ҳужжат илова қилиниши лозим.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bu_qiziq

🌐Ma’lumki, ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda muallif tomonidan yaratilgan ijod namunalari (videorolik, videosyujet, videoblog va h.k) uning ruxsatisiz boshqa kanallarda tarqatiladi yoki muallifi ko‘rsatilmaydi.

🎬Biroq Youtube platformasi to‘laligacha mualliflik huquqlariga rioya qiladi, hattoki muallif tomonidan video yuzasidan e’tiroz bildirilsa, muallif huquqi buzilgaligi uchun videoning platformada aylanishiga ta’qiq qo‘yiladi.

📽Eng birinchi Youtube videosi 2005-yil 23-aprelda, 19 yil oldin yuklangan. Youtube asoschisi Javed Karim "Men hayvonot bog‘ida" deb nomlangan 18 soniyalik videoni platformadagi kanaliga joylashtiradi. O‘shandan beri u 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi. Hozirgacha bu Karimning kanalidagi yagona video hisoblanadi.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi video orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!

Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan. Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.

🌐На русском
🌐In English

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Joriy yilning 24-28-iyun kunlari Xitoyning Pekin shahrida Xitoy Milliy intellektual mulk ma’muriyati (CNIPA) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari uchun intellektual mulk sohasida trening tashkil etildi.

Mazkur treninglarda Adliya vazirligi hamda vazirlik huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etishib, Xitoy Xalq Respublikasining intellektual mulk sohasidagi tajirbasini o‘rganishdi.

Treningning dastlabki kunida ishtirokchilar Xitoy milliy intellektual mulk ma’muriyati tarkibida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar, ushbu mamlakatdagi intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi, xususan, ixtirolarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikni o‘rganishdi.

Treningning keyingi kunlarida esa ishtirokchilar ixtirolarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari, patentlarni izlash va ularni tahlil qilish, ixtirolik va sanoatda qo’llash masalalari bo‘yicha o’z bilimlarini oshirishdi.

Tashrifning so‘ngi kunida tinglovchilar “Intellektual mulk” ko‘rgazma zaliga tashrif buyurishib, eng so‘nngi ixtirolar va sohada erishilgan yutuqlar bilan tanishishdi.

@adliyaimd
Adliya vazirligi patent mutlaq huquqi va uning uzaytirilishiga oid savollarga javob beradi:

Savol: Patent egasining mutlaq huquqi qachondan amal qilishni boshlaydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida" gi qonuniga ko‘ra patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran amalda deb hisoblanadi.

Savol: Patentning amal qilish muddati necha yil?

Javob: Vazirlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.

Savol: Patent muddati qanday hollarda uzaytirilishi mumkin?

Javob: Patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan vazirlik tomonidan uzaytirilishi mumkin.
▪️Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
▪️Belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.

@adliyaimd
#ESLATMA

🔰Hozirgi kunda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi 8 ta mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tib hozirda shulardan 3 tasi amalda faoliyat yuritmoqda.

📌Bular:
– O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi (uzip.uz);
– O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati (
uzavtor.uz);
– San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (
siip.uz).

Bunday tashkilotlarning tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish mutlaqo bepul hisoblanadi.

❗️Yuqoridagi jamoat birlashmalari mualliflar yoki ularning vorislariga tegishli bo‘lgan ijod namunalarini himoya qilishlari hamda buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam beradi.

@adliyaimd
Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ hisoblanib, kengash qarorlar qabul qilishda mustaqildir.

Kengash faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlash haqida 856-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Kengash tarkibiga Vazirlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk departamenti – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Apellyatsiya ariza bergan shaxs va ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida 10 kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda departament tomonidan xabardor qilinadi.

▪️Kengash apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

▪️Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi:
• "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan berilgan;
• sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
• sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

@adliyaimd
Siz hali ham kontrafakt kiyimlar xarid qilasizmi?

Unda Adidas kompaniyasining ushbu mantiqiy sur'atlarini tomosha qilib fikringizdan qaytasiz degan umiddamiz.

®️Adidas kompaniyasi kontrakaft va soxta "Adidas" tovarlariga qarshi ushbu reklama posterlarini tayyorladi.

Kontrafakt tovarlar kompaniyaga ham, xaridorlarga ham zarar keltiradi!

🌐На русском
🌐In english

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

❗️Hurmatli yurtdoshlar!
Kontrafakt mahsulotning zarari har qanday koʻrinishda boʻlib, brend mahsulotdek kutilgan natijani bermaydi.


📺Mazkur viderolikni koʻring va o‘zingiz xulosa qiling!

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlari himoyasida mulkiy

huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni

Batafsil

@adliyaimd