Intellektual mulk yangiliklari
2.19K subscribers
4.04K photos
490 videos
42 files
1.94K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
©️"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:

muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;

huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;

huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;

zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

🌐На русском 🌐In english

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🎙Интервьюга бўлган муаллифлик ҳуқуқи интервью берган шахсга ва интервью олган шахсга, агар улар ўртасидаги келишувда бошқача қоида назарда тутилган бўлмаса, ҳаммуаллифлар сифатида тегишлидир.

Интервьюдан фойдаланишга фақат интервью берган шахснинг розилиги билан йўл қўйилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Tushuntirish
 
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida “qalbaki mahsulotlar iste’molining O‘zbekistondagi real holati isbotlangan” sarlavha ostida video joylanib, go‘yoki Adliya vazirligining intellektual mulk departamenti tomonidan ushbu holat bartaraf etilmayotganligi haqidagi holat to‘liq o‘rganilmagan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

👉Batafsil

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda xodimlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ijobiy ish muhitini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib boriladi.

Ayni shu maqsadda, 20-dekabr kuni vazirlik xodimlari hamda ularning oila a’zolari madaniy hordiq chiqarish uchun O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida spektakl tomosha qilishga borishdi.

Ushbu tadbir vazirlik xodimlari va ularning oila a’zolarining madaniy hordiq chiqarishi barobarida o‘zaro norasmiy muloqoti uchun ham do‘stona muhit yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga joriy yilning aprel oyida da’vogar "L" MChJ tomonidan javobgarga nisbatan Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining 2023-yil 30-avgustdagi so‘z ko‘rinishdagi “S” belgisi yuzasidan qarorini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ariza kelib tushdi.

Arizada Apellyatsiya kengashi tomidan qabul qilingan qarorni haqiqiy emas deb topish hamda belgini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan.

Sud ta'raflarni eshitib, ro‘yxatdan o‘tkazilishi so‘ralayotgan “S” belgisi avval O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lganligi bois, arizani qanoatlantirishni rad etdi.

Birinchi instansiya qaroridan norozi bo‘lgan ariza beruvchi Toshkent shahar ma’muriy sudiga apellyatsiya tartibida murojaat qildi.

Ishni ko‘rib chiqish jarayonida Apellyatsiya kengashi va birinchi instansiya qarorlari kuchida qoldirildi.

@adliyaimd
#Qaror_ijrosi

Qashqadaryo viloyatida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi


Batafsil

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

❗️Hurmatli yurtdoshlar!
Kontrafakt mahsulotning zarari har qanday koʻrinishda boʻlib, brend mahsulotdek kutilgan natijani bermaydi.


📺Mazkur viderolikni koʻring va o‘zingiz xulosa qiling!

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Tovar kelib chiqqan joy nomi nima va tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomalarining qanday turlari mavjud?

— Tovar kelib chiqqan joy nomi — mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi.

Talabnomalarning quyidagi turlari mavjud:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
b) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrug‘i.

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

▫️5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida,
▫️6-yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Adliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyaimd
Kirib kelgan 2024-yil muborak bo‘lsin!

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyaimd
#Diqqat_kontrafakt

☝️Siz ko‘rib turgan tasvirda mashhur brendlarning originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.

🔰Mahsulotlar nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

📌Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

На русском
In english

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Ochiq eshiklar kuniga tayyorgarlik jarayoni

Ertaga, 5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida, 6-yanvar kuni Samarqand va Namangan shaharlari, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni Adliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishuvga – Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Manzil: Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

@adliyaimd
#Kun_tarixi

8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun.

1958-yil. Toshkent. Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston SSR adliya vaziri X. Sulaymonova bilan suhbat chog‘ida.

Ushbu fotohujjat O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🎙Интервьюга бўлган муаллифлик ҳуқуқи интервью берган шахсга ва интервью олган шахсга, агар улар ўртасидаги келишувда бошқача қоида назарда тутилган бўлмаса, ҳаммуаллифлар сифатида тегишлидир.

Интервьюдан фойдаланишга фақат интервью берган шахснинг розилиги билан йўл қўйилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Adliyadan_yangilik

G‘UZOR TANDIR GO‘SHTI” - GEOGRAFIK KO'RSATGICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “GʻUZOR TANDIR GOʻSHTI” geografik koʻrsatkich sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

@adliyaimd