#Brend
📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo‘lsa yanada yaxshi chunki sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.
@adliyaimd

#Maslahat
Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadimi?
®️Belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorning huquqidir, amaldagi qonunchilikda bunday majburiyat mavjud emas.
Biroq, shuni bilishingiz kerakki, tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq faqat uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandagina yuzaga keladi («Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi).
™️ Boshqacha qilib aytganda, mahsulot yoki xizmat brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bu belgiga egalik huquqi faqatgina sizga tegishliligini va boshqa hech kimga tegishli emasligini tasdiqlaydi.

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi mas'ullari Birlashgan Arab Amirliklarining IFFCO Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
Adliya vaziri o'rinbosari T.Abdusattarov IFFCO group kompaniyasining bosh ijrochi direktori S.Kelemji boshchiligidagi uchrashuvda kompaniyaga tegishli tovar belgilarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid masalalar xususida suhbatlashdilar.
Suhbat davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berayotgani e'tirof etildi.
Xususan, intellektual mulk huquqlarining himoyasi yo‘lida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar yirik kompaniyalar tomonidan qiziqishlarning ortib borishi, mashhur brendlarning mamalakatga kirib kelishi uchun zamin yaratishi ta'kidlandi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar kompaniyaga tegishli tovar belgilarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

#TashkentLawSpring2023
"Toshkent huquq bahori" (“Tashkent Law Spring”) an'anaviy forumida ishtirok etmoqchi bo'lganlar diqqatiga!
Uchinchi marta o'tkazilayotgan xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
❗️Forum davlat byudjetidan bir so'm ham olinmagan holda, faqat o‘zini-o‘zi qoplash hisobiga o‘tkaziladi.
Barcha tashkiliy xarajatlar Forumning rasmiy hamkorlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari hisobidan qoplanadi.
Har bir xorijiy ishtirokchi uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi miqdori 500 AQSh dollari, har bir milliy ishtirokchi uchun — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.
Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega bo‘ladilar. Shuningdek, huquq olaminig xalqaro miqyosda etirof etilgan yetuk ekspertlari ma'ruzalarini tinglash hamda ular bilan onlayn va oflayn muloqot qilish imkoniyati ham mavjud bo'ladi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.
Ishtirokchilarning to‘lovlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
🔹ishtirokchining xohishiga ko‘ra yalpi majlis, muhokama sessiyalari va mahorat darslarida qatnashish;
🔹Forumning ikki kuni davomida kofe-breyklar, tushlik, kechki ovqatlar, shu jumladan yakuniy gala-kechki ovqat.
Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak:
https://reg.tashkentlawspring.uz/

Ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan usullar
O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
🔹ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
🔹tashkil etish va boshqarish usullari;
🔹shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
🔹aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
🔹elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
🔹binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma sharhlari;
🔹estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
🔹integral mikrosxemalarning topologiyalari;
🔹o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
🔹jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

#FAKT
☎️Birinchi telefon 1871-yilda Antonio Meuchchi tomonidan ixtiro qilindi. Ammo ixtirochi 10$ to‘lashdan bosh tortib o‘z yaratmasi uchun patent olmadi.
♻️5 yildan so‘ng Aleksandr Bell ham telefon yaratdi va uni o‘z vaqtida patentlab cheksiz mablag‘ egasi bo‘ldi.

📽Savol: Sanoat namunasi nima?
Javob: Yangilik hisoblangan va originallikka ega boʼlgan, texnik (funksional) va estetik sifatlar birligiga erishilgan buyumning tashqi koʼrinishi (dizayni)ni ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechim sanoat namunasi hisoblanadi.
🔦⛓⚒💎📻Sanoat namunalariga keng turdagi buyumlar: texnik va tibbiy asbob-uskunalardan tortib soatlar, zargarlik va boshqa hashamat buyumlarigacha, maishiy texnika va mebeldan tortib oshxona jihozlari va kiyim-kechaklargacha, arxitektura obyektlari, interyerlar va transport vositalaridan tortib gazlamalardagi naqshlar, kiyim-kechak va poyafzal modellarigacha boʼlgan turli xildagi buyumlar kiradi. Sanoat namunasi, shuningdek, oʼramlar, idishlar va mahsulotning tashqi bezagi uchun ham muhimdir. Аlohida butun buyumlar (masalan, avtomobil, muzlatkich) yoki butun buyumning alohida ishlab chiqarilib sotiladigan biron-bir qismi (eshik, fara, tutqich) ham, shuningdek, birgalikda bir butunni tashkil qiladigan buyumlar toʼplami (mebel garnituri, servis) ham sanoat namunasi boʼlishi mumkin.
🔖Savol: Patent egasining mutlaq huquqi qachondan amal qilishni boshlaydi?
Javob: Аgar sanoat namunasi sifatida koʼrsatilgan obyekt yangi va original (oʼziga xos) boʼlsa, unga huquqiy muhofaza taqdim etiladi. Аgar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʼlgan maʼlumotlardan ayon boʼlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan shartlansa, original, deb eʼtirof etiladi.

#Qaror_ijrosi
Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida intellektual mulk bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi
👉Batafsil

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi
📘Maʼlumki, "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunda mualliflik asarlaridan faqat huquq egasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanish mumkinligi qatʼiy qilib belgilangan.
Ammo baʼzi hollarda fuqarolar nima qilibdi birovni qo‘shig‘ini yangicha tarzda kuylasa, axir uni yanada mashhur qiladiku yoki birov yozgan asarni elektron tarzda ijtimoiy tarmog‘da tarqatsa bu o‘quvchilar uchun foydaliku degan fikrlarni bildirishadi.
Aslida esa muallif yaratgan ijod namunasi faqat unga tegishli va undan qanday tarzda foydalanishni o‘zi belgilaydi. Chunki asar muallifning mehnati mahsuli.
👉Ayni shu masalada islom dinida o‘zganing ijod namunasidan ruxsatsiz foydalanish, muallifning haqiga xiyonat qilish qattiq qoralangan. Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori ma'ruzasida huddi shu kabi masalalar haqida soʻz boradi.

#OAV_biz_haqimizda
📰Inson va qonun gazetasining navbatdagi (2023-yil 11-aprel, 14-son) nashrida Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi mas’uli Sherzod Abdullayevning “Kontrafakt mahsulotdan ham tadbirkor, ham xaridor zarar koʻradi” mavzusida chop etilgan maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trenig bo‘lib o‘tdi

Savol: ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Intellektual mulk departamentiga talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.
Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
❇️tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
❇️talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
❇️belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.
Shuningdek, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
❇️talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
❇️talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi.

®️Tovar belgisi ilk marta 1893-yilda qayd etilgan va u Shveytsariyalik
shokolad ishlab chiqaruvchi “Russ Suchard et Cie”ga tegishli bo‘lgan.
📌Tovar belgisining birinchi marta xalqaro miqyosda qayd etilishi ham Shveytsariyaning “Longines” soat firmasi tomonidan amalga oshirilgan.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
👉Batafsil
@adliyaimd
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
👉Batafsil
@adliyaimd
#Adliya_xabari
Patent vakillari faoliyatini jonlantirish maqsadida sudyalar va patent vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Urganch davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trenig tashkil etildi
👉Batafsil
@adliyaimd
Urganch davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trenig tashkil etildi
👉Batafsil
@adliyaimd
#Brend
📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo‘lsa yanada yaxshi chunki sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.
@adliyaimd
📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo‘lsa yanada yaxshi chunki sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.
@adliyaimd
#Bilasizmi
Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?
📘O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan
▪️davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
▪️farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);
▪️muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);
▪️umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);
▪️tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
▫️ 21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
▫️ 22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan,
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
▫️ 23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
▫️ 24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat'i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo’lib o’tdi