Intellektual mulk yangiliklari
2.17K subscribers
4.01K photos
487 videos
42 files
1.92K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#TRIPS_BITIM

Bugun Adliya vazirligida Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha Tematik ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda milliy intellektual mulk tizimini Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS) talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbir kun tartibidan intellektual mulk bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun rezident va norezidentlar tomonidan to‘lanadigan davlat boji miqdorlarini tenglashtirish hamda farmasevtika va agrokimyo sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmini qonunchilikka kiritish kabi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak

🔻Original mahsulotni kontrafaktdan farqlash uchun mutaxassis tomonidan maxsus video tushuntirish berildi👆

@adliyaimd
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy


🗣"Сода пищевая" mahsulotini unga aynan o'xshash bo'lgan "Сода пищевая" nomidagi kontrafakt nusxasidan farqlash usullari.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵 facebook |🎬 youtube |🌐 rasmiy sayt |🚀 telegram |📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

Mualliflik huquqi himoyasidagi mavjud amaliyot, muammo va ularni bartaraf etish yo‘llariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil o‘qish

@adliyaimd
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy

🗣"Twix" shirinlik mahsulotini uning "Twiks" nomidagi kontrafakt nusxasidan farqlash usullari.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵 facebook |🎬 youtube |🌐 rasmiy sayt |🚀 telegram |📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MULOQOT 23_02_23_
<unknown>
📻"Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi mutaxassislari bilan "Yoshlar" radio kanalida muloqot o‘tkazildi.

🎙Mutaxassis ta'kidlaganidek, "Kontrafaktsiz oy" oyligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad kontrafakt mahsulotni ajratish orqali aholida iste’molchilik madaniyatini shakllantirish, kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilishidan zarar ko‘rayotgan asl tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi o‘rtasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish orqali ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak

🔰Joriy yil 15-fevraldan 15-martga qadar "Kontrafaktsiz oy" oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan kontrafakt mahsulotlarni bir-biridan qanday farqlash mumkinligi haqida layfxak (foydali maslahat) tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinmoqda.

👉Adliya vazirligi xodimi Loroben dori vositasini kontrafaktdan qanday ajratish mumkinligi va uning farqli jihatlari haqida ma'lumot bergan.

@adliyaimd
#Adliya_infografika

Тоvar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan usullar
1-qism

@adliyaimd
#Adliya_infografika

Тоvar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan usullar
2-qism

@adliyaimd
#Kontrafaktsiz_oy_oyligi

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida intellektual mulk huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk huquqini buzayotgan shaxslar faoliyati belgilangan tartibda tekshirildi.

Tekshiruv davomida “I.G.” MChJ tomonidan “Moliyaviy erkinlik sari yo‘l – Ilk millioningizni 7 yilda toping” nomli asar huquq egasi bilan tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan o‘zbek tiliga tarjima qilinganligi hamda 2000 adadda chop etilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tashkilotga huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

@adliyaimd
#Eslatma

Iste'molchilar diqqatiga! Kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari binolarida, “O‘zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirilgan.

@adliyaimd
#Kontrafaktsiz_oy_oyligi

Xabaringiz bor, 15-fevraldan 15-martgacha respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish maqsadida “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkazilmoqda.

Oylik davomida aniqlangan kontrafakt mahsulot ishlab chiqaruvchilariga nisbatan Adliya vazirligi hamda hududiy adliya organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilmoqda.

Jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchi “BONU SHIRIN-LIKLARI” MChJga tegishli tovar belgisi dizayniga o‘xshash belgidan uning ruxsatisiz yuridik shaxs “A.B” tomonidan foydalanib kelinayotganlik holati aniqlandi.

Aniqlangan holat bo'yicha ishlab chiqaruvchiga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta’sir chorasi qo‘llanildi.

@adliyaimd
#Kontrafaktsiz_oy_oyligi

Joriy yilning 3-mart kuni Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘rikzor savdo kompleksida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida profilaktik targ‘ibot hamda kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda "Kontrafaktsiz oy" oyligi davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga taklif etishga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda kontrafakt mahsulotlar kataloglari tarqatildi.

@adliyaimd
Aziz erkaklar, xarajatni kamaytiraman deb kontrafaktga aldanib qolmang!

8-mart xotin qizlar bayrami munosabati bilan erkaklar o‘z onalari, rafiqa, opa-singillariga hamyonbop sovg‘alar olishga harakat qiladilar. Natijada xarajatni kamaytiraman deb qalbaki va kontrafakt mahsulotlarga uchrab qoladilar.

Adliya vazirligi tomonidan kontrafaktga qarshi kurash oyligida respublikaning ayrim bozor va savdo maskanlarida Italiyaning taniqli brendi ostida ishlab chiqarilgan "Versace" atir mahsulotining soxta turlari bor yo‘g‘i 15-20 ming so‘mga sotilayotganligi aniqlandi. Asl "Versace" atir mahsulotining o‘rtacha narxi 400-500 ming so‘mni tashkil etadi.

Hurmatli iste’molchilar, narxi past va sezilarli darajada arzon bo‘lgan bunday mahsulotlar albatta kontrafakt yoki qalbaki mahsulot bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham ayollarimizni xursand qilamiz deb xafa qilib qo‘ymaylik va cho‘ntakka foyda deb yaqinlarimizning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaylik!

@adliyaimd
#Kontrafaktsiz_oy_oyligi

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida intellektual mulk huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk huquqini buzayotgan shaxslar faoliyati belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, “SH.I.P.” MChJ tomonidan O.E. muallifligidagi “Anesteziologiya va reanimatologiya”, “Shoshilinch holatlar tez tibbiy yordam” hamda “Anesteziologiya, reanimatologiya va intensiv terapiya” nomli kitoblar huquq egasining ruxsatisiz chop etgan holda sotilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tashkilot rahbariga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy_oyligi

Bojxona qo‘mitasi va Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan akademik litseyda uchrashuv tashkil etildi.


@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

Hurmatli opa-singillar, adliya ayollari!

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy qutlaymiz.

Adolat yo‘lida biz bilan yelkama-elka xizmat qilayotganingiz, ham oilaga, ham farzandlarga, ham ro‘zg‘orga, ham ishga ulgurib, barchasini teng uddalayotganingiz tahsinga loyiq.

Oilangizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-quvonch arimasin!

Qadringiz va qaddingiz hamisha baland bo‘lsin! Sizlar bizning faxrimizsiz!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo‘lib yuring! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyaimd
#Kontrafaktsiz_oy

Qarshi shahridagi joylashgan kitob savdosi bilan shug‘illanayotgan tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt kitob nusxalarining aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida ushbu huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari mavjudligi tushuntirildi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavjudligini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar taqdim etildi.

Jumladan, kontrafakt kitob mahsulotlari bilan tanishish imkonini beruvchi, doimiy yangilanib boruvchi, elektron shakldagi QR-koddan foydalanish mumkinligi haqida ma'lumotlar yetkazildi.

@adliyaimd
Forwarded from Ziyodulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM