Intellektual mulk yangiliklari
2.21K subscribers
4.05K photos
493 videos
42 files
1.95K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
#murojaatnoma2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo‘llamoqda.

Adliya vazirligi jamoasi ushbu Murojaatnomani tinglab, unda aytilgan ustuvor vazifalarni kelgusidagi faoliyatiga tatbiq etish va amalga oshirish uchun navbatdagi rejalarini belgilab oldi.

@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhriddin Xoliqovning yana bir qo‘shig‘i ruxsatsiz kuylandimi?

Bu haqda intellektual mulk departamentida o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob berildi.

@adliyaimd
#Bilasizmi

🔰”Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:

muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;

huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;

huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;

zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;

mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

@adliyaimd
Beshariqda yana kontrafakt darsliklar aniqlandi

👉Batafsil

@adliyaimd
#Bu_qiziq

🌐Ma’lumki, ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda muallif tomonidan yaratilgan ijod namunalari (videorolik, videosyujet, videoblog va h.k) uning ruxsatisiz boshqa kanallarda tarqatiladi yoki muallifi ko‘rsatilmaydi.

🎬Biroq Youtube platformasi to‘laligacha mualliflik huquqlariga rioya qiladi, hattoki muallif tomonidan video yuzasidan e’tiroz bildirilsa, muallif huquqi buzilgaligi uchun videoning platformada aylanishiga ta’qiq qo‘yiladi.

📽Eng birinchi Youtube videosi 2005-yil 23-aprelda, 16 yil oldin yuklangan. Youtube asoschisi Javed Karim "Men hayvonot bog‘ida" deb nomlangan 18 soniyalik videoni platformadagi kanaliga joylashtiradi. O‘shandan beri u 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi. Hozirgacha bu Karimning kanalidagi yagona video hisoblanadi.

@adliyaimd
#Adliya_sharhi

Adliya vaziri: ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimi, xususan, vazirlik va idoralar ko‘pligi jamoatchilikning tanqidi va e'tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan masalalardan biri edi.

Bu yo‘nalishda mamlakatimizda muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Adliya vaziri Akbar Toshqulov shu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Jo‘ralarim mujik”dan noqonuniy foydalangan xonanda jarimaga tortildi

Samarqandlik xonanda B. N I.Nurimovning muallifligidagi “Jo‘ralarim mujik” nomli she'ridan muallifdan rozilik olmasdan foydalangan. Qolaversa, hech qanday kelishuv tuzmasdan mazkur she'rni tojik tiliga muallifning roziligisiz tarjima qilgan hamda muallif tomonidan yaratilgan kompozisiyadan ham foydalangan holda omma oldida ijro etib kelgan.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktga_toqatsiz_boʻling

☝️Hurmatli fuqaro! Siz kontrafaktga koʻnyapsizmi? Unda buning oqibati qanday boʻlishini ham bilib qoʻying!

❗️Mazkur video rolikni koʻring va xulosa qiling!

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktga_toqatsiz_boʻling

❗️Diqqat! Kontrafakt mahsulot xarid qilish “uddaburon tadbirkor”ni moliyalashtirish hisoblanadi.

📣Hurmatli iste’molchilar! Oilangiz va yaqinlaringizga faqat haqiqiy mahsulotni ravo koʻring. Kontrafaktga aldanib qolmang!

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktdan_ogoh_boʻling

🔰Yangi yil bayrami munosabati bilan mamlakatimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi hukmron. Tabiiyki ushbu bayramda har birimiz yaqinlarimizga sovg’alar xarid qilamiz, bolajonlarga esa har yili an’anaga aylangan shirinliklar bilan to‘ldirilgan qorbobo sovg’alarini topshiramiz.

❗️Hurmatli iste’molchilar, Adliya vazirligi sovg‘alar xarid qilayotganda kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmaslikni, ayniqsa farzandlaringiz uchun sotib olayotgan shirinliklarni haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishingizni so‘rab qoladi.

💢Agar siz mahsulotning originalligiga shubha qilsangiz vazirlik tomonidan tayyorlangan 3 xil turdagi kontrafakt mahsulotlar katalogidan foydalanishingiz yoki o‘z mobil qurilmangizdan QR-kod orqali osongina kontrafakt mahsulotlar katalogini ko‘rishingiz mumkin.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Instabloger Xonzoda Dostovadan yangisini kutib oling💣

💉Kosmetologga go‘zallik istab borgan opamizga kontrafakt ampuladan ukol qilib yuborishibdi😅

🤦🏻‍♀️Kutilgan natija esa “0” ga teng.

@adliyaimd
Muallif vafoti uning mualliflik huquqi tugashini anglatmaydi
 
Ma’lumki, mamlakatimizda mualliflik huquqlarini tartibga soluvchi tegishli qonunga muvofiq muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘lib o‘tadi va merosxo‘rlar mualliflarning huquqlarni himoya qilishga haqli hisoblanadi.

Xususan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri F.Xoshimov muallifning asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida adliya organlariga murojaat qildi.

O‘z navbatida adliya organlari tomonidan O‘.Hoshimov asarlaridan merosxo‘rning ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan mamuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli sud tomonidan jarima jazosini tayinlandi.

Bundan tashqari qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Shunga muvofiq davogar F.Xoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan. Natijada sud davogar F.Xoshimov foydasiga “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan 12 million 500 ming so‘m miqdorda tovon puli to‘lash lozimligi haqida qaror qabul qilgan.

Yuqoridagi holatga oʻxshash mualliflik huquqlarining buzilishi oqibatida sud tomonidan davogar hisobiga tovon puli toʻlash lozimligi haqida bir necha qarorlar chiqarilgan. Xususan, Fargʻonalik shoirning mualliflik huquqlarini buzgan xonanda Mirodil Hakimov tomonidan ham 50 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar hamda bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobar miqdorida (90 million so‘m) tovon puli undirish belgilangan.

Xuddi shu kabi holat mualliflarning huquqlarini himoya qiluvchi jamoat birlashmasi murojaatiga asosan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 million so‘m miqdorida tovon puli undirish haqida qaror chiqarilgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, merosxo‘r F.Xoshimov muallifligidagi asarlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlarida yozuvchi O‘.Hoshimov asarlarining kontrafakt nusxalarini sotayotgan shaxslarga nisbat tegishli taqdimnomalar kiritildi.

Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika suhbatlar o‘tkazilib, mualliflik huquqlariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

@adliyaimd
Intellektual mulk yangiliklari kanali orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:👇

▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar e’lon qilinadi;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari taraflar roziligiga qarab e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javob beriladi;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar joylanadi;
▪️Kontrafakt mahsulotlar e’lon qilinadi va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar tayyorlanadi;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlardan xabardor etib boriladi;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorij mamlakatlarining tajribalari yuzasidan ma’lumotlar beriladi;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar keltiriladi.
▪️ Intellektual mulkni bilish darajasini oʻrganish maqsadida blits intervyular tayyorlanib, taqdim etib boriladi.

@adliyaimd
#OAV_diqqat_markazida

O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

Qozog‘istonning mashhur “Infozakon” jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mamlakatimizda intellektual mulkni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada, O‘zbekistonda intellektual mulkka hurmat tuyg‘usi shakllanayotgani, sohaning huquqiy himoyasi har tomonlama ta’minlanayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, “Intellektual mulkni rivojlantirishga intilayotgan har bir jamiyat uning huquqiy himoyasini ta’minlashi shart. Sababi, intellektual mulkni rivojlantirish mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarning kalitidir.”, — deya xulosa qiladi nashr.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob2022

Intellektual mulk sohasida 2022-yilda nimalar o‘zgardi, kutilayotgan natijalar qanday?

@adliyaimd