Intellektual mulk yangiliklari
2.04K subscribers
3.94K photos
474 videos
42 files
1.86K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Tanlov_suhbat

🔻Intellektual mulk markazi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlimi ilmiy texnik va patent materiallariga ishlov beruvchisi lavozimiga tanlovni mazkur link orqali online kuzatib borish mumkin👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=Y7CoPXWSAgQ
#Qaror_ijrosi

“Intellektual mulk markazi” DM tomonidan navbatdagi seminarlar tashkil etildi


👉Batafsil

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Tushuntirish

Shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi

So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan
60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilganligi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.

Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan respublika hududida amal qilayotgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda, xoh shaxsiy telefondan, xoh uyingizda, xoh mashinangizda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.

Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalangan. Shu tufayli, muallifga sud tomonidan ushbu kafe mualliflik huquqini buzganlik uchun tovon puli toʻlanishi lozimligi belgilangan.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Oʻquv_seminar

Webster universiteti uchun intellektual mulkni muhofaza va himoya qilishga oid oʻquv-seminar tashkil etildi

👉Batafsil

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Bilasizmi

Intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjatini olish nima uchun kerak?

Obyektga nisbatan egalik huquqini olish uchun;

O‘zgalar tomonidan ruxsatsiz o‘zlashtirishdan himoyalash uchun;

Nohalol raqobatdan himoyalanish uchun;

Yaratma, ixtiro originalligini saqlash uchun;

Tovar belgisini boshqa belgilardan ajralib turishi uchun;

Biznesda turli riskdan saqlanish uchun;

Sud orqali o‘z huquqlarini talab qilish uchun.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Diqqat!

CLEAR shampunining kontrafakt turlari

Sizda qazgʼoq va soch toʼkilishi bilan umuman muammo yoʼqmi?

⚡️Unda CLEVER, CLEER va GLEAR shampunlaridan foydalaning. Bu muammolar Sizda darxol paydo boʼladi😄🤦🏻‍♀️

‼️Iste’molchilar diqqatiga! Tasvirda haqiqiy CLEAR shampuni va uning kontrafakt turlarining tasviri keltirilgan. Bu kabi kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar Intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Ko‘rib turganingizdek, kontrafakt nusxalar aholini bir qarashda chalg‘itish darajasida o‘xshashdir.

☝️Shunday ekan kontrafakt mahsulotni sotib olishdan ehtiyot bo‘ling. Faqat original mahsulotni xarid qiling!

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak

CLEAR shampuni kontrafaktini videorolik orqali farqlaymiz

‼️Iste’molchilar diqqatiga! Videoda haqiqiy CLEAR shampuni va uning kontrafakt nusxasi keltirilgan. Videoni e'tibor bilan kuzating va ularni bir biridan ajrating.

🤔Ko‘rib turganingizdek, kontrafakt nusxalar aholini bir qarashda chalg‘itish darajasida o‘xshashdir.

☝️ Kontrafakt mahsulotlardan o’zingiz va oilangizni asrang!

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Лайфхак #Фергана

Вниманию потребителей! На видеоролике представлен настоящий шампунь CLEAR и его контрафакт.

Внимательно посмотрите видео и попытайтесь отличить их друг от друга.

Как видите, с первого взгляда контрафакты схожи до степени смещения с оригинальным продуктом.

@adliyaimd
#Mualliflik_huquqi

Xonanda Mirodil Hakimov mualliflik huquqini buzganligi uchun farg‘onalik shoirga jami 140 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

🔰Avvalroq xonanda Mirodil Hakimov “Uylanamiz” qo‘shig‘i uchun she’rning muallifi Erkin Doripov bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganligi bois jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik.

♻️Shunga muvofiq joriy yilning sentabr oyida shoir Erkin Doripov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qarori bilan da’vo arizasi qisman qanoatlantirildi. Natijada Mirodil Hakimovdan da’vogar Erkin Doripovga 50 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar hamda bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobar miqdorida (90 million so‘m) tovon puli undirish belgilangan. Bundan tashqari javobgarning zimmasiga “Uylanamiz” she’ridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik majburiyati yuklatilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

@adliyaimd
#Xalqaro_reyting

Bugun Adliya vazirligi AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda AQSH “Chamber of Commerce” xalqaro tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga oid ma’lumotlarini “International IP Index” reytingida aks ettirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu reytingda intellektual mulk sohasiga oid ma’lumotlarning aks ettirilishi asosan xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda ushbu soha bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida xabardor qilishga, shuningdek reyting natijalariga ko‘ra ushbu sohani yanada rivojlantirish yo‘llarini aniqlashga xizmat qiladi.

@adliyaimd
#Qaror_ijrosi

Samarqandda TIQQMlar uchun seminar tashkil etildi


👉Batafsil

@adliyaimd
#Bilasizmi

Oʻzbekiston Respublikasining "Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 18-moddasiga ko'ra, asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:

• asar muallifi deb eʼtirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);

• asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini koʼrsatgan holda yoxud ismi-sharifini koʼrsatmasdan, yaʼni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga boʼlgan huquq);

• asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga boʼlgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;

• asarni, shu jumladan uning nomini muallifning shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan har qanday tarzda buzib koʼrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obroʼsini himoya qilish huquqi)ga ega.

@adliyaimd
#ESLATMA

🔰Hozirgi kunda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tib amalda faoliyat yuritmoqda.

📌Bular:
– O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi (uzip.uz);
– O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati (
uzavtor.uz);
– San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (
siip.uz).

Bunday tashkilotlarning tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish mutlaqo bepul hisoblanadi.

❗️Yuqoridagi jamoat birlashmalari mualliflar yoki ularning vorislariga tegishli bo‘lgan ijod namunalarini himoya qilishlari hamda buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam beradi.

@adliyaimd
#FAKT

“Союзмультфильм” foydasiga 8 million rubl undirildi


Moskvada joylashgan “Тебурасика” restoranidagi Cheburashka va Timsoh Gena suratlaridan noqonuniy foydalanilgani uchun “Союзмультфильм” foydasiga sakkiz million rubl undirildi. Bu haqda РИА НОВОСТИ nashri xabar bermoqda.

Arbitraj sud qaroriga asosan restoran oʻz dizaynidagi personajlar rasmlarini olib tashladi va nomini oʻzgartirdi.

"Sud bizning talablarimizni deyarli toʻliq qondirdi, biz mashhur animatsion personajdan noqonuniy foydalanilayotganlik holatni isbotlashga muvaffaq boʻldik, “Союзмультфильм” intellektual mulk huquqiga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boradi va har doim oʻz huquqlarini tiklash uchun muzokaralarga kirishishga tayyor", - deydi studiya huquqshunosi Anton Strujkov.

Eslatib oʻtamiz, sud jarayoni 2020-yil dekabr oyida boshlangan.

@adliyaimd
#Bilasizmi

"Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Intellektual mulk departamenti tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan:

❇️ ixtiro patenti 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

❇️sanoat namunasi patenti 5 yilga;

❇️foydali model patenti 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔻“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi.
U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli.

🔻Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham.

❗️Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.

@adliyaimd
Hammualliflikda yaratilgan ijod namunasida mualliflik huquqi qanday taqsimlanadi?

☑️ Javob: Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.

@adliyaimd
#Xalqaro_tajriba_trening

🔻Ayni damda AQSHning “Fulbright” dasturi tomonidan Intellektual mulk bo‘yicha soha mutaxassislari uchun trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur treningda xalqaro intellektual mulk muhiti, mualliflik huquqini himoya qilishda xalqaro tajriba, patent qiymatlari kabi masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

🔺Trening 7-noyabrdan
25-noyabrga qadar davom etadi.

📌Navbatdagi xabarlarda batafsil ma’lumot beriladi

@adliyaimd
#Brend

📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.

"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🏆Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining (71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

Intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi


🔹Joriy yilning 7–25-noyabr kunlari davomida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi” doirasida Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi Shontavia Jonson tomonidan intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va sudyalarning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi.

🔹Ushbu treninglar haftaligi davomida Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va sudyalar uchun intellektual mulk sohasi, intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha manzilli treninglar o‘tkaziladi.

🔹Treninglarni olib boruvchi Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi, professor hamda amaldagi patent vakili Sh.Jonson intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert hisoblanadi.

💬Ma’lumot uchun

🔹Joriy haftada Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va hududiy adliya organlarining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari xodimlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

🔻Ushbu treninglar haftaligini kelgusi haftalarda o‘tkaziluvchi intellektual mulk huquqlarini himoya qiluvchi davlat organlari va sudyalar uchun treninglar davom ettiradi.

@adliyaimd
#FAKT

Maʼlumki, kinofilm, musiqa, qo‘shiqlar va boshqa ijod namunalari mualliflik huquqi bilan himoyalanadi.

Yaʼni har qanday asardan foydalanish uchun uning muallifidan ruxsat olish zarur. Ayniqsa bu borada xorijda katta tajriba to‘plangan. Chet elda yaratilgan film va qo‘shiqlar original disklarda sotilgani, telekanallarda shartnoma asosida va faqat kinozallarda namoyish qilingani uchun yuqori daromad keltiradi.

Filmlarni suratga olish ishlarida katta xarajat qilinishi raqobatning kuchliligi va sarflangan pul mualliflik huquqlari himoya qilinish tufayli albatta o‘zini oqlashi bilan izohlanadi. Masalan, barchamizga tanish Titanik filmini suratga olish uchun 200 mln. AQSh dollar sarflangan bo‘lsa, film daromadi 10 barobar ortiqni 2 mlrd. 201 mln dollarni tashkil etadi.

Demak, mualliflik huquqiga rioya qilinishi ijodkorlar o‘z ustida izlanishiga, yangidan yangi kuchli asarlar yaratilishiga turtki beradi.

@adliyaimd