Intellektual mulk yangiliklari
2.31K subscribers
4.06K photos
496 videos
42 files
1.96K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
#daydjest

Intellektual mulk departamenti faoliyatining haftalik daydjesti:

13-iyun

Intеllеktual mulk haftaligining ilk kunida Milliy tеlеradiokompaniya xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

14-iyun

"Sеvimli" va "Zo‘r" tеlеkanallarida mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

15-iyun

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida plagiatga qarshi kurashish va ilmiy etikaga rioya qilishning ahamiyati mavzusida erkin muloqot o‘tkazildi.

Birinchi xalqaro farmasеvtika forumida intеllеktual mulk bo‘yicha taqdimot qilindi.

16-iyun

Adliya vaziri o‘rinbosari T. Abdusattarov “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

17-iyun

"O‘zeltеxsanoat" uyushmasida Intеllеktual mulkni ro‘yxatga olish va uni fuqarolik muomalasiga kiritishni xo‘jalik yurituvchi subyеktlar xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Intеllеktual mulk sohasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari T.Abdusattarov boshchiligida Farg‘ona viloyatining chеkka hududida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

18-iyun

Daryo.uz intеrnеt nashrida mualliflik huquqi mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми
Ихтиро сифатида эътироф этилмайдиган усуллар

Ўзбекистон Республикасининг "Ихтиролар, фойдали моделлар ва саноат намуналари тўғрисида"ги қонунига кўра қуйидагилар ихтиро сифатида эътироф этилмайди:

■ илмий назариялар ва математика усуллари;

■ ташкил этиш ва бошқариш усуллари;

■ шартли белгилар, жадваллар, қоидалар;

■ ақлий операцияларни бажариш қоидалари ва усуллари;

■ электрон ҳисоблаш машиналари учун алгоритмлар ва дастурлар;

■ бинолар, иншоотлар, ҳудудларни режалаштириш лойиҳалари ва чизма тарҳлари;

■ эстетика талабларини қаноатлантиришга йўналтирилган, буюмларнинг фақат ташқи кўринишига оид ечимлар;

■ интеграл микросхемаларнинг топологиялари;
ўсимлик навлари ва ҳайвон зотлари;

■ жамоат манфаатларига, инсонпарварлик ва ахлоқ қоидаларига зид ечимлар.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Brend

📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.

🏆Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

®️Tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

☎️Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining (71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Rеspublikasi Intеllеktual mulk agеntligi o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi

➡️Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
©️Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi

🔰Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda kuy, qo‘shiq, asarlar va boshqa mualliflik huquqi obyektlarini muallif ruxsatisiz o‘zlashtirish holatlari ko‘plab uchramoqda.

💢Shuni ta’kidlash lozimki, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

🎤O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Xamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

💢Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlar tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.

📗Vaholanki, Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

🕵️‍♀️Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.

👨‍⚖️Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Darhaqiqat, har qanday huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda jazo muqarrar. Shunday ekan, muallif huquqini hurmat qilish hamda o‘zganing ijod namunasidan foydalanishda albatta ruxsat olishni hamda shartnoma tuzishni unutmang.

💢Hurmatli ijod vakillari, mualliflik huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga murojaat qiling yoki mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga a’zo bo‘ling. Murojaat uchun telefon:
(71) 232 50 65.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Qaror_ijrosi

Joriy yilning 21-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–221-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hamda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda intellektual mulkni ro‘yxatga olish va uni fuqarolik muomalasiga kiritishni xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbеkiston Rеspublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Rеspublikasi Hukumati o‘rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi

➡️Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Kontrafakt

Kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi

🔻Ma’lumki, alkogol mahsulotlari inson salomatligiga zarar yetkazadi, ayniqsa u kontrafakt ya’ni tovar nomidan noqonuniy foydalanish orqali iste’molchini adashtirishni maqsad qilsa, ikki baravar ziyondir.

🔻Joriy yilning 21-iyun kuni Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi tomonidan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish va kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi do‘konlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularning savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

🔻Kuzatuv tadbirlari davomida 100 dan ortiq kontrafakt alkogol mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi.

Hurmatli iste’molchilar, kontrafakt mahsulotlardan o‘zingiz va oilangizni asrang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Kontrafakt

“KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi

➡️Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan usullar

O‘zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:

■ ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

■ tashkil etish va boshqarish usullari;

■ shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

■ aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

■ elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

■ binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma sharhlari;

■ estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;

■ integral mikrosxemalarning topologiyalari;
o‘simlik navlari va hayvon zotlari;

■ jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Kontrafakt

Namangan viloyatida kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi

🔻Joriy yilning 23-iyun kuni Namangan viloyat intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo`limi tomonidan alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi do‘konlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularning savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

❗️Unutmang kontrafakt mahsulotni savdoga taklif etish, sotish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi va javobgarlik belgilanadi.

❗️Hurmatli iste’molchilar, kontrafakt mahsulotlardan o‘zingiz va oilangizni asrang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaimd
#Brend

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.

Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/adliyaimd
#Fakt

Maʼlumki, kinofilm, musiqa, qo‘shiqlar va boshqa ijod namunalari mualliflik huquqi bilan himoyalanadi.

Yaʼni har qanday asardan foydalanish uchun uning muallifidan ruxsat olish zarur. Ayniqsa bu borada xorijda katta tajriba to‘plangan. Chet elda yaratilgan film va qo‘shiqlar original disklarda sotilgani, telekanallarda shartnoma asosida va faqat kinozallarda namoyish qilingani uchun yuqori daromad keltiradi.

Filmlarni suratga olish ishlarida katta xarajat qilinishi raqobatning kuchliligi va sarflangan pul mualliflik huquqlari himoya qilinish tufayli albatta o‘zini oqlashi bilan izohlanadi. Masalan, barchamizga tanish Titanik filmini suratga olish uchun 200 mln. AQSh dollar sarflangan bo‘lsa, film daromadi 10 barobar ortiqni 2 mlrd. 201 mln dollarni tashkil etadi.

Demak, mualliflik huquqiga rioya qilinishi ijodkorlar o‘z ustida izlanishiga, yangidan yangi kuchli asarlar yaratilishiga turtki beradi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/adliyaimd
25-06.pdf
1.1 MB
«Xalq so‘zi» gazеtasining 2022-yil 25-iyun kungi 132-133-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Gazеtaning ushbu sonida "O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" Konstitusiyaviy Qonun loyihasi bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕵️‍♀️Huquqshunos, bloger Zafarbek Solijonov bilan hamkorlikda kontrafakt mahsulotlarni o‘rganish bo‘yicha Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qurilish mollari bozorlarida kuzatuv tadbirlari o‘tkazgan edik.

👉Kuzatuv tadbirlaridan tayyorlangan lavha orqali kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmaslik va doim original mahsulotni xarid qilish kerakligi va shu kabi foydali ko‘rsatma ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/adliyaimd
#daydjest

Intellektual mulk departamenti faoliyatining haftalik daydjesti:

20-iyun

O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Rеspublikasi Intеllеktual mulk agеntligi o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi.

21-iyun

Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi.

Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va uni fuqarolik muomalasiga kiritishni xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

22-iyun

O‘zbеkiston Rеspublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Rеspublikasi Hukumati o‘rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha bitim imzolandi.

23-iyun

Toshkent shahrida kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

“KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi.

24-iyun

Namangan viloyatida kontrafakt alkogol mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

25-iyun

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qurilish mollari bozorlarida kontrafakt mahsulotlarni o‘rganish bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.
#Davlat_xizmatlari

Patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Davlat xizmati: Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish

Davlat xizmatlari Adliya vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHMning 4 baravari (1 mln 200 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

🗓 Ariza qabul qilingandan so‘ng, 5 ish kunida nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qo‘yilganligi yoki malaka imtihoniga qo‘yish rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

Malaka imtihoni ikki oydan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.

🔰Malaka imtihoni savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:

▫️intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
▫️sanoat mulkiga oid qonunchilik;
▫️sanoat mulki sohasidagi xalqaro shartnomalar.

📋 Malaka komissiyasi suhbat natijasiga ko‘ra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

⚠️ Ma’lumot uchun: patent vakili – boshqa shaxslar nomidan Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs.

@adliyaimd