FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)
5.37K subscribers
7.6K photos
1.36K videos
13 files
4.43K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Dekret” “dekret”ga ulansa xodimga to‘lov qilinadimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bugun 3-yanvar. Qonunchilikda qanday oʻzgarishlar boʻladi?

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko'ra, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog'lig'iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, yo'q qilib tashlanishi kerak.

📦 Bunda ular boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus izolyasiya qilingan joyda saqlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Xususiy bogʻcha uchun toʻlangan toʻlovlardan daromad soligʻini qaytarib olish mumkinligi haqida bilarmidingiz?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari to'lov qabul qilish vakolatiga ega emas.

Batafsil videoda...

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#bilasizmi

⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.

📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.

📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

❗️Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasida

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Savol: Bag‘dod tumanida yashayman. Dadam 2024-yil 25-dekabrda umra safarida vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi. Dadamning o‘lim haqidagi  guvohnomasini qanday olishim mumkin?

Mazkur savolga Farg'ona shahar FHDY mudiri Sh.Imamova javob beradi.

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🏨Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Savol: Turmush o‘rtog‘im 2024-yilning noyabr oyida 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Biroq, men u bilan oila qurgan bo‘lsamda, qonuniy nikohdan o'tmaganaman. Hozirda erim 10-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlanyapti. Tanishlarim uning ozodlikka chiqishini kutishimni aytishdi. Qamoqxonada nikohdan o‘tsa bo‘ladimi?

Mazkur savolga Farg'ona shahar FHDY mudiri Sh.Imamova javob beradi.

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

▪️ homilador ayollarga;

▪️ 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga;

▪️ 14 yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga;

▪️ 18 yoshga to'lmagan shaxslarga;

▪️ I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish