#OTMYetakchilari #OʻquvSeminar #YoshYetakchi2025
🎓 YETAKCHILAR FORUMI – YOSHLAR YETAKCHILARINING YANGI AVLODI UCHUN MUHIM MAKTAB!
🗓 Joriy yilning 28–30-iyul kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida “Yetakchilar forumi” bo‘lib o‘tdi.
😉 Mazkur nufuzli forumda Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar yetakchisi Izzatillo Abdulxamidov ham faol ishtirok etdi.
🔴 Forum doirasida yoshlar yetakchilari uchun:
✅ liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish;
✅ yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar;
✅ tashkiliy va huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish;
✅ psixologik barqarorlik, jamoa boshqaruvi va
✅ axborot siyosati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🤝 Shuningdek, turli hudud va tarmoqlardagi oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘zaro tajriba almashdi, muhim tashabbus va g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
👍 Institutimiz vakilining ushbu forumda ishtiroki — yoshlar bilan ishlashdagi yondashuvlarimizni yangi bosqichga olib chiqish, dolzarb masalalarga ilg‘or qarashlar bilan yondashish, hamda yoshlar o‘rtasida liderlik salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
🔗 “Yetakchilar forumi” — bilim, tajriba va tarmoq imkoniyatlarini birlashtirgan samarali platforma bo‘ldi.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🤩1👌1
Forwarded from Edu.uz
#Dayjest #Qabul2025 #Abituriyent
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalish tanlash bosqichi davom etmoqda
Eslatib o‘tamiz, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

➖ O‘zbekiston milliy universiteti;
➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
➖ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;
➖ Toshkent davlat agrar universiteti;
➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➖ Buxoro davlat universiteti;
➖ O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali;
➖ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;
➖ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
➖ Qarshi davlat universiteti;
➖ Qo‘qon davlat universiteti;
➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
➖Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta’lim muassasasi filiali;
➖ Urganch davlat pedagogika instituti;
➖ Osiyo xalqaro universiteti;
➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
➖ Termiz davlat universiteti;
➖ Farg‘ona davlat universiteti;
➖ Andijon davlat texnika instituti;
➖ Namangan davlat chet tillari instituti;
➖ Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
➖ TDTU Olmaliq filiali;
➖ Andijon davlat chet tillari instituti;
➖ Amiti universiteti;
➖ Namangan davlat universiteti;
➖ Geologiya fanlar universiteti;
➖ International Qualifications and Assessment Centre;
➖ Toshkent Farmatsevtika instituti;
➖ Termiz davlat pedagogika instituti;
➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
➖ Urganch davlat universiteti;
➖ Buxoro davlat texnika universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤1
Forwarded from A.Yunusov kundaligidan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fikr_qiling
Yoʻlakda oʻqiyotgan talabalar — biz uchun savol emasmi?
Yaqinda bir oʻquv markaz rahbarining Xitoyga - Dalian Universitetiga borgani va u yerning kutubxonasiga tashrifi davomidagi hayajonli videosi tarmoqlarda sizdi. Unda Universitet kutubxonasi yozgi taʼtil boʻlishiga qaramay talabalar bilan gavjum ekani, hatto boʻsh joy yoʻqligidan talabalar yoʻlaklarda mutolaa qilishga majbur boʻlishayotgani aks etgan edi. Qiziqib ma'lumot qidirdim: topdimki, Universitet kutubxonasi juda katta maydonga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida 1857 nafar oʻquvchini qabul qila olar ekan, demak shunda ham oʻrindiqlar yetishmasa, unda ayni vaqtda (yozgi ta'til boʻlishiga qaramay) universitet kutubxonasida 2 000dan koʻp talabalar bor!
Hoʻoʻoʻsh!.. Bizda-chi? Bizning kutubxonalarda-chi? Bizning talabalar-chi?..
Bunday savollar juda-juda koʻp:
Qachondan boshlab kitob sahifalari zerikarlidek tuyula boshladi?
Nega bizning ba’zi talabalar dars yakunlangach, imkon topishi bilan boshqa joyga oshiqadi, ammo kutubxonaga emas?
Nega “kanikul” biz uchun — ta’til, ular uchun esa — ilmdan orqada qolmaslik fursati?
Nega xitoylik yoshlar harorat, charchoq, yozgi hordiq degan narsalarni unutib, o‘qishga oshno bo‘ladi, biz esa… e’tibordan chetda qolamiz, umuman e'tiborni butunlay boshqa narsalarga qaratamiz?!
O‘pkalanishim bor… ammo umidim ham bor!
Men sizdan ham, sizga yetarlicha motivlar topib bera olmayotganim uchun oʻzimdan ham ranjiyapman, Aziz talabam. Chunki siz — yuksak imkoniyatlarga ega, mustaqil mamlakatning, mustahkam tizimning, katta orzular bilan o‘qishga kirgan yoshlarisiz. Ammo ko‘pincha bu orzular ilmsiz orzuga, bu imkoniyatlar faqat diplom olishga qaratilgan niyatga aylanib qolgan va bu juda qoʻrqinchli!
Men sizga ishonaman. Ammo siz ham ilmga shunchalik ishonishingizni xohlayman. Zero, Imom Buxoriy aytganidek: "Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay!"
⏺ Ilm – bu hozirgi va kelajak hayotingizning eng katta kafolati.
⏺ Ilm – bu atrofdagilarni lol qoldiradigan mahorat.
⏺ Ilm – bu mehnat bilan suyangan halol boylik.
⏺ Ilm – bu sizni yolgʻizlikdan, dangasalikdan, keraksiz havolardan qutqaradigan qudrat.
⏺ Ilm – bu qalbingizga nur, boshingizga izzat, ko‘zingizga mehr beradi.
Lekin buning uchun siz yoʻlakda oʻqiyotgan dalianlik talaba kabi intilishingiz kerak. Kitobni shunchaki emas - quchib, oddiy quchib ham emas, ko‘ngil bilan quchoqlab; qog‘oz(varoq)ni ko‘rmay, undagi hikmatni ko‘rib, his qilib o‘qishingiz kerak.
Men sizni shunday tasavvur qilmoqchiman:
🗣 Kutubxonada tonggi soat 8:00 da navbatda turgan yosh sifatida.
🗣 “Menga joy qoladimi?” degan xavotir bilan emas, “bugun yana nimalarni o‘rganaman?” degan ruhlanish bilan yurgan talaba sifatida.
🗣 Bahona emas, shijoat topgan. Ekran emas, ma’rifat izlagan. Like emas, fikr to‘plagan yosh sifatida.
Azizlarim, agar kutubxonalarimiz boʻm-boʻsh boʻlsa, demak hayotimiz ham oʻzidan nimalarnidir yoʻqotmoqda, u ham shunday boʻm-boʻsh!
Bugun birinchi qadamni siz bosing:
Kutubxonaga kiring;
Joy boʻsh boʻlsa — egallang;
Joy boʻlmasa — yo‘lakda o‘qing mayli, ammo qolganlar sizni ko‘rib ilhomlansin.
Chunki ertaga sizning orqangizdan o‘nlab, yuzlab talabalar o‘qishga oshno bo‘ladi.
Soʻnggi soʻz...
Men sizdan ranjimayapman, aslida. Men faqat sizni o‘zingiz bilmagan o‘zingizga qaytarmoqchiman. Sizning yuragingizdagi o‘sha haqiqiy iltijo, haqiqiy kuchni uyg‘otmoqchiman.
Chunki siz bunga loyiqsiz!
😄 @A_Yunusov_kundaligidan
Yoʻlakda oʻqiyotgan talabalar — biz uchun savol emasmi?
Yaqinda bir oʻquv markaz rahbarining Xitoyga - Dalian Universitetiga borgani va u yerning kutubxonasiga tashrifi davomidagi hayajonli videosi tarmoqlarda sizdi. Unda Universitet kutubxonasi yozgi taʼtil boʻlishiga qaramay talabalar bilan gavjum ekani, hatto boʻsh joy yoʻqligidan talabalar yoʻlaklarda mutolaa qilishga majbur boʻlishayotgani aks etgan edi. Qiziqib ma'lumot qidirdim: topdimki, Universitet kutubxonasi juda katta maydonga ega boʻlib, bir vaqtning oʻzida 1857 nafar oʻquvchini qabul qila olar ekan, demak shunda ham oʻrindiqlar yetishmasa, unda ayni vaqtda (yozgi ta'til boʻlishiga qaramay) universitet kutubxonasida 2 000dan koʻp talabalar bor!
Hoʻoʻoʻsh!.. Bizda-chi? Bizning kutubxonalarda-chi? Bizning talabalar-chi?..
Bunday savollar juda-juda koʻp:
Qachondan boshlab kitob sahifalari zerikarlidek tuyula boshladi?
Nega bizning ba’zi talabalar dars yakunlangach, imkon topishi bilan boshqa joyga oshiqadi, ammo kutubxonaga emas?
Nega “kanikul” biz uchun — ta’til, ular uchun esa — ilmdan orqada qolmaslik fursati?
Nega xitoylik yoshlar harorat, charchoq, yozgi hordiq degan narsalarni unutib, o‘qishga oshno bo‘ladi, biz esa… e’tibordan chetda qolamiz, umuman e'tiborni butunlay boshqa narsalarga qaratamiz?!
O‘pkalanishim bor… ammo umidim ham bor!
Men sizdan ham, sizga yetarlicha motivlar topib bera olmayotganim uchun oʻzimdan ham ranjiyapman, Aziz talabam. Chunki siz — yuksak imkoniyatlarga ega, mustaqil mamlakatning, mustahkam tizimning, katta orzular bilan o‘qishga kirgan yoshlarisiz. Ammo ko‘pincha bu orzular ilmsiz orzuga, bu imkoniyatlar faqat diplom olishga qaratilgan niyatga aylanib qolgan va bu juda qoʻrqinchli!
Men sizga ishonaman. Ammo siz ham ilmga shunchalik ishonishingizni xohlayman. Zero, Imom Buxoriy aytganidek: "Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay!"
Lekin buning uchun siz yoʻlakda oʻqiyotgan dalianlik talaba kabi intilishingiz kerak. Kitobni shunchaki emas - quchib, oddiy quchib ham emas, ko‘ngil bilan quchoqlab; qog‘oz(varoq)ni ko‘rmay, undagi hikmatni ko‘rib, his qilib o‘qishingiz kerak.
Men sizni shunday tasavvur qilmoqchiman:
Azizlarim, agar kutubxonalarimiz boʻm-boʻsh boʻlsa, demak hayotimiz ham oʻzidan nimalarnidir yoʻqotmoqda, u ham shunday boʻm-boʻsh!
Bugun birinchi qadamni siz bosing:
Kutubxonaga kiring;
Joy boʻsh boʻlsa — egallang;
Joy boʻlmasa — yo‘lakda o‘qing mayli, ammo qolganlar sizni ko‘rib ilhomlansin.
Chunki ertaga sizning orqangizdan o‘nlab, yuzlab talabalar o‘qishga oshno bo‘ladi.
Soʻnggi soʻz...
Men sizdan ranjimayapman, aslida. Men faqat sizni o‘zingiz bilmagan o‘zingizga qaytarmoqchiman. Sizning yuragingizdagi o‘sha haqiqiy iltijo, haqiqiy kuchni uyg‘otmoqchiman.
Chunki siz bunga loyiqsiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3❤🔥3🙏1💯1
#TalabalarimizShanxayda #YozgiOromgoh
Talabalarimiz Shanxayda: Yozgi oromgoh dasturlarida faol ishtirok etmoqda
👍 Andijon davlat chet tillari institutining 8 nafar iqtidorli talabasi ayni damda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yozgi oromgoh dasturlarida ishtirok etmoqda.
🇺🇿 🇻🇳 Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati sohalaridagi o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Talabalar Shanxaydagi nufuzli ta’lim maskanlarida tashkil etilgan oromgohda turli fanlar, xorijiy tillar, global muammolar va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan interaktiv darslar, seminar-treninglar, ijodiy mashg‘ulotlar va xalqaro doira vakillari bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etishmoqda.
🔴 Bundan tashqari, ishtirokchilar Xitoyning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, an’anaviy hunarmandchilik markazlari, muzeylar va zamonaviy texnologik majmualarga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lishmoqda.
🟢 Mazkur oromgoh nafaqat xorijiy til amaliyoti, balki xalqaro do‘stlik, tolerantlik, global fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida katta ahamiyat kasb etmoqda.
✅ Institut rahbariyati, xususan, rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ushbu tashrifni institutning xalqaro aloqalar sohasidagi muhim yutug‘i sifatida baholab, talabalar tomonidan orttirilayotgan bilim, tajriba va taassurotlar kelgusida ularning ta’lim yo‘nalishidagi yutuqlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirgan.
✅ Oromgoh dasturlari davom etmoqda. Institut jamoasi esa yoshlarning xorijiy tajriba orttirayotganidan mamnun holda, ularning salohiyatli yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildirmoqda.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Talabalarimiz Shanxayda: Yozgi oromgoh dasturlarida faol ishtirok etmoqda
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😇2❤🔥1🤩1
#dolzarb90kun #AnisTeam #NazmOlami #Battle
🎤 “SHE’RIY BATTLE” — OLTINCHI JANG!
🕗 Bugun soat 20:30 da — faqat Andijon davlat chet tillari instituti rasmiy Telegram kanalida, jonli audiochatda!
🎙 Yozgi tun — yana ilhom portlashi! "Anis Team" jamoasining so‘z maydonidagi qizg‘in janglari davom etmoqda! She’rlar nafaqat aytiladi — ular yurakda yonadi, ruhingizni larzaga soladi!
📣 Bugungi ringda — yangi qarama-qarshilik!
🔺 Qo‘chqarova Durdona — satrlari yurakni mahliyo qiladigan, obrazli ifodaning ustasi!
🔺 Soyibnazarova Kamolaxon — so‘z qudrati bilan ilhomni uyg‘otuvchi, hislarga sehrli jo‘rnavis!
💥 Mavzular: Vatan | Ona | Muhabbat — har bir yurakda aks sado beruvchi teran tuyg‘ular!
🏆 G‘olib — ekspert bahosi orqali aniqlanadi va keyingi bosqichga yo‘l oladi!
🗣 Fasilitator: Nurshoda Latifova
📍 Manzil: @adchti_uz — Institutning rasmiy Telegram kanali
🎭 She’riy duel — bu so‘zlar kurashi, yuraklarning to‘qnashuvi!
🕢 Bugun 20:30 — qatnashing, tinglang, baholang va g‘olibni birinchi bo‘lib biling!
📩 Ishtirok etishni istaysizmi? Unda @Nurshoda_Latif ga yozing!
🌟 “Anis Team” — so‘zga, qalbga va iste’dodga sahna yaratadi!
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
🕗 Bugun soat 20:30 da — faqat Andijon davlat chet tillari instituti rasmiy Telegram kanalida, jonli audiochatda!
🕢 Bugun 20:30 — qatnashing, tinglang, baholang va g‘olibni birinchi bo‘lib biling!
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥2🤩1🏆1😇1
#dolzarb90kunlik #suzish
SUZISH BOʻYICHA TOʻGARAK FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA
👍 Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida suzish bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi.
🔴 Mazkur to‘garaklar reja asosida haftaning belgilangan kunlarida malakali sport murabbiylari rahbarligida olib borilmoqda. Unda ishtirok etayotganlar suzish texnikalari, suvda o‘zini tutish qoidalari hamda jismoniy chiniqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqdalar.
🟢 Suzish mashg‘ulotlari yoshlarning sog‘ligini mustahkamlash, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish va yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
✅ Mazkur sport to‘garagi “Dolzarb 90 kunlik” loyihasining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
SUZISH BOʻYICHA TOʻGARAK FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥3🤩2👌1
#Dolzarb90kunlik #Volleybol #ADCHTI #YoshlarFaolligi
VOLLEYBOL TOʻGARAKLARI FAOL DAVOM ETMOQDA
👍 Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida muntazam sport mashg‘ulotlari davom etmoqda.
🔴 Bugun institut Talabalar turar joyida volleybol bo‘yicha to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar sport maydonida jamoaviylik, chaqqonlik va texnik ko‘nikmalarini oshirib, faol ishtirok etdilar.
🟢 Bunday sport tadbirlari talabalar hamda uyushmagan yoshlar orasida sog‘lom muhit va do‘stlik ruhini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqtirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
VOLLEYBOL TOʻGARAKLARI FAOL DAVOM ETMOQDA
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🤩1👌1😇1
She'riy battle - 6-son
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
#dolzarb90kun #NazmOlami
👍 Andijon davlat chet tillari instituti faol hamda koʻngilli talaba-yoshlaridan iborat "Anis Team" jamoasi fasilitatori Nurshoda Latifova tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida tashkil qilingan "She'riy battle" loyihasi oltinchi soni boʻlib oʻtdi. Gʻolib hakamning qaroriga koʻra aniqlanadi va bu haqida toʻliq ma'lumot beramiz.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
✈️ adchti.uz
🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥2🔥1🥰1🙏1👌1🏆1
Bugun 3-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
#muhim_voqealar
#tavalludlar
Sahifalarimizni kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from A.Yunusov kundaligidan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_vaqti
"Uyg'ondingmi do'stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukr salomat ekan jonu-tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O'n sakkiz ming inson uyg'onmas ekan!"
😄 @A_Yunusov_kundaligidan
"Uyg'ondingmi do'stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukr salomat ekan jonu-tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O'n sakkiz ming inson uyg'onmas ekan!"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤🔥3🤩1😇1