Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
88 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#yoz_5_tashabbus_bilan_soz #onlayn_oromgoh
#Biz_birgamiz_va_yengamiz_
#o‘quvchilar ijodidan
#Buyuk_ehtirom
#yoshlar_kelajagimiz

Men shoirman
Istasangiz shu,
Òzimniki erur shu sozim,
Birovlardan olmadim tuyg‘u,
Òzgaga ham bermam ovozim.
Abdulla Oripov.

"She'riyatda kutilmagan yangi nafas paydo bo'ldi? Tomchini kuzatgan bo'lsangiz, tòlishganidan keyin tomadi. Abdulla Oripovning she'rlari ham ana shunday. Oldin sòzma sòz, keyin satrma satr yuragi qonida qaynab pishadi ",- degan edi Abdulla Qahhor. Aslida ham shunday, Abdulla Oripov ijodi xalq yuragida iz qoldiradigan samimiy sehrli satrlardir. Shoir she'rlarida xalq qalbiga yaqinlikni ,xalq dilidagi quvonch va shodlik armon va dardlarini juda chuqur his etilishi tabiiy. Atoqli shoir xuddi qum barxanidan oltin zarbalarini saralab olganidek, bir qarashda oddiy xalqona, ammo ma'no -mazmun jihatidan nodir sòzlarni topib, òrnida ishlatishi bilan ularni dilni yayratadigan sehrli kuy, ohangga aylantira oladi.
Zero,buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov bu ulug' shoir haqida shunday deydi: " Katta shoir hamisha òz vaqtida maydonga keladi,u-hamisha tarixiy . Abdulla Oripov menga XXI asrga qadam qo'ygan davrlarimizning buyuk madaniy ahamiyatiga molik ana shunday shoiri bo'lib gavdalanadi.
Ona yurt-jonajon Òzbekiston mavzusi Abdulla Oripovning eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Unda asarlarida, chinakam vatanparvarlik va kindik qoni tomgan zaminga sadoqatini, muhabbatini his etmaslikning iloji yo'q. Sababi, milliy qadriyatlarimizni kòz qorachig'idek asrab, tuyg'ulari va betakror ijodi bilan sug‘orilganini yana bir bor ta'kidlashning ziyoni yòq.Ona zaminga muhabbatini qalamda tebratib ''O'zbekiston Respublikasi madhiyasi" muallifi degan ulug'vor nomiga sazovor bo'ldi. Shu asnoda,adabiyotshunos olim, akademik Matyoqub Qòshjonov "Abdulla Oripov -Vatan kuychisi. U Vatanni borligicha butun go'zalligi bilan birga kòradi. Va xalqi ham uni shundayligicha sevadi. ",-degan edi.
1995-yil bitilgan ''Sohibqiron " she'riy dramasi ijodida ham,adabiyotimiz rivojida ham alohida òrin tutadi. Shoirning o‘zi" Sohibqiron asarimni o'tmishga boqib, bugun uchun yozganman",- degan edi.
Unda shoir Amir Temur hayotining so'nggi yillari tasviri orqali "Kuch-adolatda" degan aqidani òziga shior qilib olib, tarqoq uluslarni birlashtirib, buyuk davlat tuzgan, qadami yetgan yerda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, harbiy sarkardalik bobida bebaho meros qoldirgan, elsevar buyuk inson qiyofasini yorqin gavdalantirgan.
Atoqli shoirimiz mohir tarjimon sifatida ham mashhur. U buyuk italyan shoiri Dante Aligerining shoh asari bo'lmish "Ilohiy komediyaning " ,"Dòzax"
qismini tòlig'icha tarjima qilib, "A'rof"qisminidan 9 qo'shiqni mahorat bilan o'zbek tiliga ògirgandir.
Xalqimiz qadim -qadimdan shoirtabiat ekani bilan hammaga ma'lum. Biz tòy qilsak, quvonchimizni she'rga solib "yor-yor"aytamiz.Hatto boshga musibat tushgan paytlarda ham azamiz -hasratlarimiz qofiyalanib, she'rga aylantirib bòzlaymiz.
Faqat unvoniga kòra emas, haqiqatdan ham butun vatandoshlarimiz suygan, ardog'ida bo'lgan Xalq shoiri Abdulla Oripov òlmas satrlari bilan qalbimizda mangu saqlanib qolishi shubhasiz. Vatanimiz, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Abdulla Oripovning el-yurt oldidagi xizmatlarini hisobga olib,uning nomini abadiylashtirish masalasiga juda katta e'tibor qaratdi.Xususan,Qarshi shahrida tashkil etilgan Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda shoir hayotida doir muzey buning yorqin dalilidir.
Ushbu maktabning faol òquvchisi sifatida juda ham g'ururlanaman. Sababi,shunday buyuk shoir nomi berilgan ijod maskani menga yanada ilhom baxsh etadi.

Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining 10- sinf o'quvchisi Hamrayeva Sevinch
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
#Yoshlar_kelajagimiz

30 -iyun Yoshlar kuni!
Bayram munosabati bilan Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamolovaning respublikamiz yoshlariga tabrik so‘zi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
#Yoshlar_kelajagimiz

30 -iyun Yoshlar kuni!
Bayram munosabati bilan Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamolovaning respublikamiz yoshlariga tabrik so‘zi