Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Birinchi_renessans_namoyandasi
#Ochiq_dars

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Abdulla Oripov izdoshlari" to'garagi rahbari Malika Davronova tomonidan "Imom Buxoriy-buyuk ajdodimiz" mavzusida ochiq to'garak mashg'uloti o'tkazildi. Darsda Imom Buxoriy hayoti, qimmatli ilmiy merosi haqida ma'lumotlar berildi, hadislari tahlil qilindi. Buyuk shaxs faoliyati bilan bog‘liq videolavha namoyish etildi.Shuningdek, darsda ijodkor o'quvchilarning ijod namunalari ko'rib chiqilib, tavsiyalar berildi.
#Ochiq_dars

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda, davlat va jamoat arbobi Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlab "Amir Temur va temuriylar davri madaniyati"mavzusida 8-sinf rahbari Azizova Nafosat tomonidan ochiq sinf soati o'tildi. Darsda o'quvchilarga Amir Temur va temuriylar davri adabiyoti, madaniyati, tarixi,"Temur tuzuklari", uning yaratilishi haqida ma'lumotlar berildi. Dars so'ngida o'quvchilarning ijod namunalari tinglandi.
#Abdulla_Qodiriy_milliy_adabiyotimiz_xazinasidan
#Ochiq_dars

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Abdulla Qodiriy - O'zbek adabiyoti xazinasidan " mavzusida ma'naviy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ijod maktabining ona tili va adabiyot o'qituvchilari D. Shodmonova, M. Olimjonova tomonidan ochiq to'garak soati o'tkazildi. Unda o'quvchilar Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatiga doir to'liq ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

@abdullaoripovmaktabi
#Korrupsiya_rivojlanishimizga_tòsiq
#Ochiq_dars
#Debat_dars

Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Korrupsiya rivojlanishimizga tòsiq" mavzusida tadbirlar òn kunligi e'lon qilingan edi.

❇️Bugun ijod maktabining oliy toifali tarix òqituvchisi Ravshan Xolov tomonidan ochiq dars òtkazildi.

✳️ Dars debat tarzda tashkil etilib, unda òquvchilar mavzuga oid òz fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar.

🔰Dars mavzusiga oid videolavha, fotoslaydlar namoyish etildi.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Y.Kamalovna
#Ochiq_dars
#Yangi_loyihalar
#Taqdimot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida bilogiya fanidan ochiq dars òtkazildi

✳️Darsni oliy toifali biologiya fani òqituvchisi Iroda Eshniyozova "Nafas olish a'zolari tuzilishi va funksiyalari" mavzusida òtdi.Darsda 8-sinf òquvchilari tomonidan mavzuga oid yaratilgan yangi loyihalar taqdimoti ham òtkazidi.

🔰Òquvchilar tomonidan yaratilgan bu kabi loyihalar ularning fanga ishtiyoqarini yanada oshirib, tengdoshlariga katta qiziqish uyģotdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
#Vafo_va_sadoqat_kuychisi
#Zulfiya_tavalludining_107_yilligi
#Ochiq_dars
#Live

Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida Òzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga bag'ishlab 7-sinfda ochiq dars bòlib òtdi

❇️Òqituvchi Nafosat Azizova tomonidan òtilgan ushbu darsda atoqli shoira hayoti va ijodiy faoliyati yorqin lavhalarda yoritildi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Azizbek Norov)
#Ochiq_dars

🔰21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va “Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mohigul Olimjonova tomonidan 7 "B"-sinf o'quvchilariga "Tilga e’tibor – elga e’tibor" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o‘tkazildi.

🟢 Dars avvalida M.Olimjonova o'quvchilarga tillarning kelib chiqish tarixi va bugungi holati haqida batafsil ma'lumot berdi. Shundan so'ng o'zbek tiliga oid videorolik namoyish etildi va tilimiz haqida o'quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

🟢 Shuningdek, o‘quvchilar o‘zbek xalq maqollari, sinonim so‘zlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tilining izohli lug‘ati bo‘yicha “Ta’rifini keltiring” kabi o‘yinlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.

🟢 Dars yakunida M.Olimjonova o‘quvchilar bilan birga “Til sandig‘i” loyihasini amalga oshirishga kelishib oldi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram