Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
92 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Ijod_maktablari

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini òrganish jarayonida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida bòldi.

Agentlik direktori ijod maktabidagi òzgarishlar, tògaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❇️Ochiq muloqot tarzida bòlib òtgan uchrashuvda òquvchi-yoshlar òz takliflarini bildirdilar.

✳️ Shuningdek, iqtidorli o'quvchilar Sa'dullayev Sarvar, Omonov Aziz, Tojiddinov Shermuhammadlarning IT sohasida yaratgan loyihalari taqdimoti ham o'tkazildi.

💥Uchrashuv yakunida òquvchilarning sònggi kunlarda qòlga kiritgan yutuqlari e'tirof etildi hamda diplom va "Faxriy yorliq" lar bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova bilan bòlib òtgan uchrashuv lavhalaridan

❇️Suhbat jarayonida ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari yana bir bor òz iste'dodlarini namoyon etdilar.

💥Bu muloqot òquvchilar va ustozlarga motivatsion kuch, faoliyatlariga shijoat baxsh etdi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Fan_tògaraklari
#Musiqa_sehri

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchilarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yònalishlardagi tògaraklar òz faoliyatini olib bormoqda.

🎼Musiqa tògaragi rahbari Zavqiddin Boboxòjayev ayni kunlarda tògarak a'zolari bilan "Assalom, bahor!" kompozitsiyasini tayyorlamoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Online_uchrashuv
#Besh_muhim_tashabbus_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida yosh, iste'dodli estrada xonandasi Jasur Mavlonov bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

❇️Respublika bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "San'atda kitobning ahamiyati" mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda òquvchilar òzlarining ijod namunalaridan òqidilar.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Bizning_òquvchilar
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi To'laganova Maftuna AQSHdagi Xavier Universityga qabul qilinib, qiymati $100000 ga teng bo'lgan Presidential scholarship yutib oldi hamda darsliklardan bepul foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Tògaraklar_faoliyati
#Yosh_tarjimon

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida tashkil etilgan "Yosh tarjimon" tògaragi a'zolari ijod namunalaridan

Abdulla Oripov

DAXLSIZLIK
Termulib qarasang osmon daxlsiz,
Yerda uning aksi ummon daxlsiz.
Muruvvat aylamish bandasiga Rab,
Yaralmishlar ichra inson daxlsiz.

Неузявими
Посмотрите вокруг небо неузявимое,
На земле его отражение-океан неузявимое
Да благословит бог раба
Среди созданных человек неузявимое.

OTA
Ushbu hikmat bilan oboddir dunyo,
Otani bilmishlar pir deb doimo.
Ota rizoligin olib yur mudom
Ota qarg‘ishidan asrasin xudo.

OTE Ц
Эти слова украшают весь мир,
Мудрецом всегда считают отца.
Всегда действуй с согласия его,
Храни бог от проклятий отца.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Davronova Gulibonu

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Tògaraklar_faoliyati
#Yosh_tarjimon

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning "Qushcha" she'rining inglizcha tarjimasi.

Bird
It sometimes lands to bush, sometimes to flower,
Song-bird doesn't know calm.
Why does spring fascinate you
Where were you until the spring came.

Come and always live together,
The spring and flowers are here now.
You know, I also this motherland's
Playful, merry and joyful son.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Sherboyeva Shohista

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Tògaraklar_faoliyati
#Yosh_tarjimon

Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov she'ri
***
Keksa qarag‘ayning ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi ungan yeridan

Nihoyat, gur etib yerga quladi.
Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar,
Biroq u o‘z panjasida olib jo‘nadi
Yashagan yerida bir siqim tuproq.
***
The old pine tree uncover the root
They pulled a double rope around
But it he prickled his paw in the ground
It did not move at all

Finally it fell to the ground
Then carried away
But it took it in his paw
A handful of soil from the place.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Badalova Shaxnoza.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Hikmat

✍️ Ҳаёт сенга терс бўлиб тиконларини кўрсатаётган бўлса, ҳеч ҳам хафа бўлма, аксинча хурсанд бўлгин. Чунки яқинда гулнинг ўзини ҳам кўрсатади.

✍️ Айтмоқчи бўлган сўзларингга эътиборли бўл. Битта сўз билан вайрон қилган қалбни минглаб сўзлар билан ҳам тузата олмайсан!

✍️ Севгида қуёш каби бўл.
Дўстлик ва қардошликда оқар сув каби бўл.
Бировларнинг хатоларини ёпишда кеча каби бўл.
Тавозеда тупроқ каби бўл.
Ғазаб онида ўлик каби бўл.
Ҳар не бўлсанг бўл - ё аслинг каби кўрин, ё кўринганинг каби бўл.

✍️ Сизга узатилган ҳамма қўлни тутаверманг, чунки инсон ниқобидаги неча шайтонлар бордир.

✍️ Ҳаёт уйқудир, ўлимла уйғонур инсон. Сен шошил, ўлмасдан аввал уйғон.

✍️ Овозингни кўтарма, сўзингни юксалтир - япроқларни ёмғирлар ўстиради, гумбурлаган момоқалдироқлар эмас.

Жалолиддин Румий
Мирзо Бобур ва Темурийлар даврига оид мингдан ортиқ экспонат жамланган музей

Шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур туғилиб, ўсган қадим Ахси шаҳри бугунги кунда гавжум сайёҳлик марказига айланган.
Ҳар қарич еридан тарихий топилма топиладиган бу масканда улуғ бобокалонимиз мероси чуқур ўрганилмоқда, тадқиқ этилмоқда.
Ҳозирги кунда Тўрақўрғон туманининг Яккатом маҳалласида фаолият кўрсатаётган Ахси саййидлари илмий-маърифий, меъморий мажмуаси таркибидаги Ахси осори-атиқалар музейида Мирзо Бобур ва Темурийлар даврига оид мингдан ортиқ экспонат тўпланган. Аҳамиятлиси, уларнинг бари шу қишлоқдаги қазишма ишлари давомида қўлга киритилган ноёб топилмалардир.
– Бобур Мирзо ҳазратлари моҳир саркарда, нозиктаъб шоир бўлиш билан бирга фақиҳ олим ҳам бўлганлар, - дейди Ахси осори-атиқалар музейи раҳбари Билолхон Баҳодирхон ўғли. – Буни музейимизда сақланаётган нодир қўлёзмалардан ҳам билиш мумкин. Ёш авлодга Бобур шахсиятини янада чуқур танитиш, меросини ўрганишга бўлган қизиқишни орттириш мақсадида буюк бобокалонимизга тегишли бўлган ашёлар, суратларини нусхаларини шу ерда жамлаганмиз.
Айни пайтда музей учун янги жой ҳозирланмоқда. Мажмуа таркибидаги Ҳунармандчилик маркази, илмий-қўлёзмалар мактаби ҳам жорий йилда фойдаланишга топширилади.

Ҳотам МАМАДАЛИЕВ (сурат), ЎзА
#КунТарихи: 21 февраль – Халқаро она тили куни

– 1999 йил ноябрда ЮНЕСКОнинг қарори билан ҳар йилнинг 21 февраль санаси "Халқаро она тили куни" сифатида нишонланади;
– 1952 йили 21 февраль куни Бангладешда она тили учун ўтказилган намойишнинг қонга ботирилгани бундай қарорга замин ҳозирлаган;
– Худди шу куни Даккада она тили – бенгал тилига расмий мақом берилиши, мамлакатнинг давлат тили сифатида белгиланишини талаб қилган бир қанча талабалар полиция ўқидан ҳалок бўлган;
– Бутун дунё 2000 йилдан бери халқларнинг она тилисини ҳурмат қилиш кунини байрамдек нишонлайди;
"Тил воситаи робитаи оламиён"лиги янги гап эмас. Муайян миллат, халқ она тилиси билан тирик. Авлодлар онаси ўргатган тил билан ўзлигини танийди ва одамнинг энг оғриқли узви ҳам шу, асли. Келинг, бу кунни февраль ёки октябрда, умуман, маълум санада ваъзхонлик, ичи бўш, амалда фойдасиз гаплар билан ўтказмайлик. Ҳар ким қўлидан келганича, ҳар куни она тилисининг бардавом бўлиши, такомили учун ҳиссасини қўшсин... қолганини вақт кўрсатади!

https://t.iss.one/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan


JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!

«Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.

Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilimu - omad.

Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
Safimizga qo'shil birodar sen ham,
Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
Shunda kelajaging, porloqdir har dam!»

YAXSHI NOM

Boylik
deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.

Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.

Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.

Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!

Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?

Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?

Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…

Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan

Sog‘inch
Nigohlar taftida hijron tunlari,
Sogʻinch hislarida izlayman bahor.
Shafaqdan nur olgan oyning yuzlari,
Yozgi saratonda izlayman bahor.

Hayolimdan ketmas bahor havosi,
Yozgi saharlarda oqadi anhor.
Tushlarimga kirar mayin navosi,
Kuzning xazonida oʻylayman bahor.

Sening goʻzalliging sokin ohangda,
Insonlar yulduz dek porlagini bor.
Oppoq taftlar ila bulut boqqanda,
Sening iforlaring sogʻindim bahor.

Daminova Sevara

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi