Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Iqtidorli_yoshlar_faxrimiz
#Taqdirlash_marosimi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "O'zbek ruhiyati me'mori" va "Mitti yulduz jilolari" ko'rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Tanlovda respublikamizdagi barcha ijod maktablari faol ishtirok etdilar. Bugun qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar g'olib jamoalarga yuborildi.

@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (postlarbot)
#Tonggi_saflanish
#Taqdirlash
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida odatdagidek, boshlanayotgan haftaning birinchi o‘qish kunida "Tonggi saflanish" o‘tkazildi.

🔈 "Tonggi saflanish" da o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, ijodiy ishlar targ‘ibotida faol bo‘lishlari haqida gapirib o‘tildi.

🏆 Shuningdek, mazkur saflanishda "OITS-millat kushandasi","Konstitutsiya mening nigohimda","Mening obod va go‘zalim maskanim" mavzularida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🎞 "Tonggi saflanish" yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish ettirildi. Barcha ishtirokchilar Davlat madhiyasini jonli ijro etib, bugungi "Tonggi saflanish"ga yakun yasashdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube