Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (postlarbot)
#Qaror_ijrosi
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

❗️Davra suhbatida 10329-sonli harbiy qismdan kapitan Azamat Sayfiddinov, katta leytenant Nabi Sayfullayev, serjant Murodjon Boboyevlar ishtirokida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalar o‘qildi hamda gazetalar tarqatildi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Ona Vatan madhi tarannum etilgan she'riy kompozitsiya taqdim etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Konstitutsiya_baxtimiz_Qomusi
#Davra_suhbati

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Bosh
Qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

📚Tadbirda viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i Ilhom Usmonov, bo'lim prokurori Asliddin Po'latov, jurnalist Inobat Abdullayevalar ishtirok etdilar.

📖Davra suhbatida ijod maktabi o'qituvchisi R.Xolov hamda mehmonlar tomonidan "Huquq va burchingizni bilasizmi?" mavzusida viktorina savollari asosida suhbat tashkil etildi.

Tadbirning 2-badiiy qismida ijod maktabi o'quvchilari - musiqa to'garagi a'zolari tomonidan "Baxtim Qomusi - Konstitutsiyam" mavzusida adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etildi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Davra_suhbati

Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon qo'llaymiz? Nega deganda, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan so'ng Ona Vatanda unib o'sadi.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida DXX chegara qo'shinlari 9205-harbiy qism tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar, podpolkovnik Aybek Davletmuradov, mayor Nodirbek Normuradov, mayor Akmal Eshov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boshqarmasi leytenanti Abbos Nasriddinov hamda O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarilari ishtirokida o‘quvchilar bilan “Vatanni himoya qilish – sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda maktab tarbiyachilari ham qatnashishdi.

✔️Davra suhbatini ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

✔️Mazkur tadbir o'quvchi-yoshlarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini singdirish, ularda Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini, masʼuliyatini oshirishga hissa qo'shdi.

✔️Davra suhbati davomida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida g'olib bo'lgan o'quvchilar so'zga chiqib, bugungi tadbir haqidagi o'z taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |