Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Hayotbaxsh_satrlar_tarannumi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida buyuk shoir, mutafakkir olim, so'z mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan "Hayotbaxsh satrlar tarannumi" mavzusidagi ma'rifiy tadbir Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi. Mazkur tadbirdan lavha.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Bobur_merosi_avlodlarga_ibrat
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boburxonlik kunlari bo'lib o'tmoqda. Shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbirlardan biri O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 10329-sonli harbiy qism hamkorligida tashkil etildi. Maktab foyesida o'quvchilarning ijodiy ishlari namoyishi o'tkazildi. Ma'rifiy tadbirda so'zga chiqqanlar shoh va shoir Z.M.Boburning ilmiy merosi, uning bugungi kundagi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida gapirib o'tishdi. O'quvchilar tomonidan shoir ijodi asosida tayyorlangan adabiy-badiiy kompozitsiya, ruboiylarining badiiy tarjimalari yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi. Tadbirb so'ngida Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida videofilm namoyish etildi.
Ushbu tadbir respublika "Yoshlar" kanalining "Vatanparvar" ko'rsatuvi uchun tasvirga olindi.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Barhayot_satrlar_tarannumi
Joriy yilning 9-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlarining Qarshi shahridagi 7256-sonli harbiy qismida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlab "Barhayot satrlar tarannumi" mavzusidagi ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tomonidan Navoiy ijodi bo'yicha she'riy kompozitsiya, sahna ko'rinishi, Qarshi shahar 43-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari tomonidan kuy va raqslar hamda harbiylar tomonidan Navoiy g'azallari taqdim etildi. Tadbir ko'tarinki shukuhda bo'lib o'tdi.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Bobur_merosi_avlodlarga_ibrat
#Challenge
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf ŏquvchilari tomonidan Z.M.Bobur tavalludiga bag'ishlangan videorolik.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Navoiyni_anglash_yŏlida
Joriy yilning 6-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Navoiyni anglash yo'lida" mavzusidagi Respublika ilmiy-metodik konferensiya materiallari kitob holida chop etildi. Mazkur maqolalar to'plamida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidan Yo.Jamolova, R.Xolov hamda D.Uralovalarning ham maqolalari joy olgan.
#Yashil_makon
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Ma'lumki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning noyabr oyi davomida ko‘chat ekish, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "dolzarb 40 kunlik" loyihasi barcha joylarda qizg‘in tus oldi.

❇️ Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham hashar ishlari boshlab yuborildi. Mazkur loyiha munosabati bilan bugun maktab jamoasi tomonidan maktabning orqa binosi hududi atrofiga 30 tup archa ko‘chati o‘tqazildi.

👉@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Porla_millat_bayroģi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🇺🇿 Joriy yilning 18-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Porla, millat bayrog‘i" mavzusida ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🥁 Ertalabdan bayramona shukuh barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.

👨‍👩‍👧‍👦 Maktab sardorlari tomonidan barcha ustozlarga bayrog‘imiz tasviri aks etgan bayram tasmalari ulashildi.

✔️ Maktabimizda bugungi bayram dasturlari davom etadi. Bizni kuzatib boring!

👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Yangi O'zbekiston yoshlari (Dilrabo Abduhakimovna)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Uch avlod birdamligi yoshlarimiz kelajagi uchun buyuk poydevor" mavzusida ma'rifiy tadbir òtkazildi
Ma'rifiy tadbir jarayoni viloyat televideniyesida tasvirga olindi.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Zakovat_intelektual_õyini
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Zakovat" intellektual o‘yinining 7-8-sinflar o‘rtasida maktab turniri bo‘lib o‘tdi.

🔉Mazkur o‘yinda 7-a sinfning "Everest" jamoasi, 7-b sinfning "Alfraganus" jamoasi, 8-a sinfning "Zukkolar" jamoasi, 8-b sinfning "Brilliant" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

⌛️ O‘yin davomida jamoalarga maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nafosat Azizova hamda tarix fani o‘qituvchisi Ravshan Xolovlarning savollari ham monitor orqali eshittirildi.

🏆 Ikki raunddan iborat bo‘lgan o‘yin yakunida g‘oliblik 8-b sinfning "Brilliant" jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoa diplom va esdalik sovg‘a sifatida badiiy kitob bilan taqdirlandi.

👉Bizni kuzatishda davom eting
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Qoraqalpoq_tili_bayrami
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi O'ralova Dilraboning 1-dekabr--Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning "Qoraqalpog'im" she'ri asosida tayyorlagan videoroligi.
Qoraqalpoq xalqi uchun uluğ kun hisoblanmish bugungi bayram bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining ahli jamoasini, bilimga, ijodga tashna barcha yoshlarini samimiy muborakbod etamiz!
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Inson_õzing_adabiy_badiiy_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tong nafasi ilhomlari" tanlovining so‘ngi bosqichi ham yakunlandi. Taqdirlash marosimida g‘olib o‘quvchilar e'lon qilindi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sherboyeva Shoxista "Erkin Vohidov ijodi bilimdoni" yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👉Bizni kuzatishda davom eting.
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (postlarbot)
#Tonggi_saflanish
#Taqdirlash
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida odatdagidek, boshlanayotgan haftaning birinchi o‘qish kunida "Tonggi saflanish" o‘tkazildi.

🔈 "Tonggi saflanish" da o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, ijodiy ishlar targ‘ibotida faol bo‘lishlari haqida gapirib o‘tildi.

🏆 Shuningdek, mazkur saflanishda "OITS-millat kushandasi","Konstitutsiya mening nigohimda","Mening obod va go‘zalim maskanim" mavzularida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🎞 "Tonggi saflanish" yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish ettirildi. Barcha ishtirokchilar Davlat madhiyasini jonli ijro etib, bugungi "Tonggi saflanish"ga yakun yasashdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Yoshlar_forumi_2021
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilayotgan "O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021" doirasida "Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod" forumi bo‘lib o‘tmoqda.

💥Forumda Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari: Sarvar Sa'dullayev hamda Azizbek Omonov ham ishtirok etishmoqda.

❗️Forumda ishtirok etayotgan o‘quvchilarimiz "Abdulla Oripov ijodini birga o‘rganamiz" mavzusida elektron dastur yaratishib, ko‘plab foydalanuvchilariga ega bo‘lmoqda.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (postlarbot)
#Sarhisob_2021
#Yangi_yil_ertagi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

❄️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 2021- yil 26-dekabr kuni "Sarhisob-2021" loyihasi doirasidagi taqdirlash marosimi hamda "Yangi yil ertagi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎇 Teatrlashtirilgan mazkur bayram tadbirida "O‘zga sayyoraliklar tashrifi", ertak qahramonlarining chiqishi, sinflar kesimida turli millatlar talqini, qiziqarli shartlar namoyish etildi.

☃️ Ayniqsa Qorbobo va Qorqizning chiqishi, o‘quvchilarga sovg‘alar ulashishi bayram shukuhini ko‘tarib, davradagilarga xushkayfiyat ulashdi.

🏆 Bayram yakunida "Sarhisob-2021" loyihasi doirasida yil davomida yutuqlarga erishgan, intellektual, salohiyatli, tashabbuskor ustozlar va o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Yil_yetakchisi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova "Yilning eng faol yoshlar yetakchisi"kòrik-tanlovida faol ishtiroki uchun diplom , statuetka va estalik sovģa bilan taqdirlandi

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi