#Yoshlar_ovozi
#Bizning_ijod
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Hamrayeva Sevinchning she'rlari "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida chop etildi.
@abdullaoripovmaktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Dilxushning she'ri "Tong yulduzi" gazetasida chop etildi.

#bizning_ijod
(Abdulla Oripovga)
Moziydan keladi hayotbaxsh navo,
Tinglagan ko‘ngilga beradi davo.
So‘zlari sehridan bo‘laman shaydo,
Bebaho merosdir shoir ijodi.
Hayotning shodligi yiroqlashsa gar,
Qalbimni chorlasa she’riyat agar.
Umrim yo‘llariga tashlasam nazar,
Qayta umid berar ajdodlar yodi,
Obihayot erur shoir ijodi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" ko'rik-tanlovi g‘olibi, Lochinbek Ismatullayev

Ona zamin
Beshigimga baxtni belab
Tovonimdan o‘pgan zamin.
Tog‘lar kabi tole tilab,
Tandirda non yopgan zamin.
Meni deya istiqbolni,
istiqlolni tutgan zamin.
Boshim uzra nurlar elab
Poyimga dur sepgan zamin
Har zarrangni, har gardingni
Tomirimda qon bilaman.
Ellar ichra, yurtlar ichra
Nomingni doston qilaman.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi, "O'zbek ruhiyati me'mori" Respublika ko'rik-tanlovi g‘olibi
Azizbek Rajabov

Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Bizning_ijod
#Mitti_yulduz_jilolari
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari respublika nashrlarida chop etilib borilmoqda.
📖 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari Bobomurod Sa'dullayev, Sevinch Omonova, Sevinch Keldiyorova hamda 7-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovalarning she'rlari O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy jurnali hisoblanmish "Yoshlik" jurnalida nashr etildi.
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
telegram| web sayt| facebook| youtube

Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Bizning_ijod
✅Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shodmonova Dildora ijodidan namunalar
BAHOR QAYTMOQDA
Tog‘ning oppoq ko‘rpasi,
Asta erib ketmoqda.
Soylarda suvlar tos6har,
Yana bahor qaytmoqda.
Mayin shamollar esib,
Sokin tonglar otmoqda.
Qalblarga orzu solib,
Yana bahor qaytmoqda.
Onda-sonda jimirlab,
Yomg’ir quyib o’tmoqda.
Do’stlar, qarang olamga,
Yana bahor qaytmoqda.
O’lkamga qushlar qaytib,
Tinchlik kuyin aytmoqda.
Olamni ko’kka burkab ,
Yana bahor qaytmoqda.
Shaharlar go’zallashib,
Uylar qad ko’tarmoqda.
Qalbga orzu ulashib,
Yana bahor qaytmoqda.
Bobo dehqonim shoshib,
Dalaga rizq sochmoqda.
Uzoq dovonlar oshib,