#Qadring_baland_bo‘lsin_Ona_tilim_
Bugun 2020 - yil 19-avgust kuni Abdulla Oripov nomli Ijod maktabida Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!"mavzusida ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova , filologiya fanlari doktori , professor Nafas Shodmonov , viloyatimizdagi barcha tuman(shahar) hokimining maslahatchilari , A.Oripov nomli Ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari , viloyat maqom ansambli jamoasi , voha ijodkorlari ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar ona tili , uning bugungi mavqei va xalqaro nufuzi haqida o‘z fikr -mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek , o‘zbek tilining ilmiy ahamiyati , tilimizning sofligi uchun kurashish bugungi dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta‘kidlab o‘tildi.
Barcha tuman vakillari hamda A.Oripov nomli Ijod maktabi o‘quvchilariga 5 tomlik "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" kitobining yangi nashri taqdim etildi.
Ona tilini sharaflovchi adabiy-badiiy dastur hamda o‘zbek mumtoz qo‘shiqlari , kuy va navolar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

#Ona_tilim_iftixorim
#Qadring_ baland _bo'lsin_Ona_tilim_
Abdulla Oripov nomli ona tili va adabiyot fani chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi Omonova Sevinch "Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!"Respublika tanlovi ishtirokchisi!
Omad yor bo'lsin!
Zolimlar bog'lashib qo'l-u oyog'ing,
Seni mashaqqatning g'origa otdi.
Qalbda so'nganida bardosh chirog'ing,
Millat umid nurin sen tomon tutdi.
Navoiy baytida naralar tortib,
Ona xalq boshiga oltin toj bo'lding.
Millatning orzusin yelkaga ortib,
Yillar dovonida dardlarga to'lding.
Qancha buyuklarning g'ururin chertib,
O'tmish sharpalari kezdi darbadar.
Ko'ngilga sabrning malhamin surtib ,
Bobolarim seni sevdi shu qadar.
Dushman quzg'unlari yanchsa nonlarin,
Matonat belbog'in bog'ladi elim.
Necha ming adiblar shahid jonlarin,
Sening vujudingga jo etdi tilim.
Azoblar bo'ronin tinishin kutib ,
Sinov kemasida suzding mardona.
G'amxo'rlik bayrog'in qo'lingda tutib,
O'zbekka bo'lding sen haqiqiy ona.
Nafis tuyg'ularning saharlarida,
Muhabbat shudringgin ulashding, tilim.
Zulfiya qalbining bahorlarida,
Vafo kamoniga o'q bo'lding, tilim.
Ilm kalitlari eshik ochganda,
Har bitta ko'ngilga bo'lding g'urur , shon.
Bugun o'zlik nuri ziyo sochganda,
Onam allasida porlading shu on.
Baxtning shafaqlarin maktubin yo'llab,
Quvonchlar qoshingda olmadi tinim.
Hurlik g'unchalari birma -bir gullab,
Qadring ko'kni o'pdi ey, ona tilim.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadring_baland_bo'lsin_Ona_tilim_
#Ona_tilim_faxrim
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tayyorlangan chellenj.
@abdullaoripovmaktabi