Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.27K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o'quvchilari "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida sayohat qilishdi (1-qism).
📸 "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o'quvchilari "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida sayohat qilishdi (2-qism).
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

🔰"Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o'quvchilari Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga ham sayohat uyushtirishdi.


“Vatanparvarlik bogʻi”dagi amfiteatr, harbiy xandaq, tir va lukodrom, harbiy kichik muzey, parashyutdan sakrash minorasi ham o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

✔️Bularning barchasi yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan gʻururlanish tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🏛Shuningdek, mehmonlar uchun avtobusda Qarshi shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab sayohat uyushtirilib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko'zdan kechirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

IBODAT

Dunyodan roziman dema hech qachon,
Desang ham, soʻylagil sahroga, toqqa.
Chunki seni tinglab, kimdir oʻsha on,
Nega rozisan, deb tutgay soʻroqqa.

Dunyodan norizo boʻlsang ham agar,
Soʻz dema, bardosh qil azob, firoqqa.
Chunki seni tinglab, kimlardir battar,
Nega, deb albatta, tutgay soʻroqqa.

Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol koʻhna bu korga.
Olis kechalari yolgʻiz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga.

Abdulla Oripov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.

🏛 Ushbu dastur doirasida farg'onalik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tarbiyachilar Po'latova Shahnoza, Berdiyev Bahodir hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi va "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat uyushtirishdi.

🎥 Ushbu videorolikda o'quvchilarning sayohatlaridan lavhalar aks etgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
68%
Yanoq
32%
Yonoq
#aforizm

🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook