Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.67K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_hikmati

📚Haqiqat havoga o’xshaydi. Nafas olib turasizu o’zini ko’rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan.

✍️ O'tkir Hoshimov

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

Abdulla Oripov

OʻZBEKISTON BAYROGʻI


Har qanday lashkarning ham
Oʻz tugʻi, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qoʻrgʻonlar qatorida
Bir qoʻrgʻonsan ustuvor,
Vallamat tugʻdor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

Oʻylayman, ha, olamda
Nisbiy erur koʻp holat,
Zamona gʻalviridan
Har narsa oʻtaverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yoʻlchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanʼat yaratibdi,
Maqsadi – bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni koʻklarga
Koʻtarar butkul jahon.

Koʻzni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot moʻl
Oʻzbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arigʻida,
Har biri bitta xalqning
Gʻururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezgʻilar bu shum oʻtmish.
Moziyga oʻqtin-oʻqtin
Sochsak hamki gʻazablar,
Lekin ayting, oʻzbekning
Qoʻlidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Yaʼni Turdi Fargʻoniy ,
Boʻlak boʻlgan bu xalqqa,
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaverdi
Uning dardli soʻrogʻi,
Oʻsha-oʻsha zamin kar,
Oʻsha-oʻsha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda oʻzbekni.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё вилоятига келиб, буюк олим Ҳаким ат-Термизий мақбарасини зиёрат қилди. Қуръон оятлари тиловат этилиб, Аллоҳдан юртимизга тинчлик, халқимизга фаровонлик тилаб дуо ўқилди.

По прибытии в Сурхандарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей великого богослова Хакима ат-Термизи. Были прочитаны аяты из Корана, дуа с просьбой к Всевышнему ниспослать мир и благополучие нашему народу.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Lotin alifbosiga ko'ra imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan qatorni belgilang
Anonymous Quiz
54%
Kundan kunga
46%
Kundan-kunga
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
72%
Qorongʻulik
28%
Qorong'ilik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aktyorlik_mahorati

🔰
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi "Aktyorlik mahorati" to'garagi rahbari Aktam Boyto'rayev boshchiligida o'quvchilar tomonidan "Ona iztirobi" yangi spektaklining premyera oldi namoyishi bo'lib o'tdi.

🎭Shuni alohida e'tirof etish kerakki, spektaklda rollarni ijod maktabiga yangi qabul qilingan 7-sinf o'quvchilari ijro etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Teorema" va "Evrika" jamoalari bir xil 17 ball to'plab, 1-o‘rinni egallashgan bo'lsa, "Ideal" jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 14 ball to‘plagan "Power of light" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

💻 E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zosi Hamidov Abdulhakim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Mening faxrimsan, bayrog'im" mavzusidagi videorolikni taqdim etamiz.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.

✍️Robindranat Tagor

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

MILLAT


Bahor chogʻi, mehr bilan quyosh charaqlar.
Bulutlar ham momiqqina oʻrdakchalarday.
Birdaniga yomgʻir quyar. Naqadar rohat!

Siz bu holni birinchi bor koʻrgan emassiz,
Sira-sira bekor turmas samo dargohi.
Goh yomgʻirin yuborgaydir, goho qorlarin.

Ahyon-ahyon sayyoramiz tomorqasiga
Tushib qolar katta-kichik daydi toshlar ham.
Ular tubsiz koinotning yoʻlchilaridir.

Oʻyinqaroq shamollarning shiddati bilan
Qurbaqa-yu baliqlar ham shoʻngʻir osmondan.
Bular bari ilmu fanda jumboq emasdir.

Ishonayin mayli harxil moʻjizalarga,
Hatto chalpak yogʻishi ham mumkindir, biroq
Koʻkdan odam tushganini birov koʻrmagan.

Biz shu zamin farzandimiz, yerning zuryodi,
Yaralganmiz tuproq bilan obihayotdan.
Shu boisdan, barchamizga zamin onadir.

Inson nasli bir-biridan aslo farq qilmas,
Bir tandirdan uzilgandir, oqmi yo qora.
Juda uzoq davrlarga ketgaydir xayol.

Qaysi bir yil oʻzga yurtda safarda edim,
Yuragimni siqar edi musofirchilik.
Boz ustiga gung-soqovman, tilmoch boʻlmasa.

Sayyohlikning yoʻrigʻi shul: Uchrashib qoldim
Koreyalik bir nuroniy onaxon bilan.
U, albatta, bilmas edi oʻzbekligimni.

Bir zum qisiq koʻzlarini tikkancha kampir
Jilmaydiyu, shama qildi aftimga qarab:
- Oʻz tilingni unutibsan, yaxshimas, bolam.

Sergak tortdim “bolam” degan uning soʻzidan,
Ona boʻlmay kim u menga? Ona-ku, axir,
Oʻsha-oʻsha mushtiparu mehribon, mushfiq.

Million yillik tarixlarni kavlab yurguvchi
Qadimshunos emasman men yo folbin emas.
Inson zoti oʻz-oʻzini tanisa, netong?!

Biz qachondir bir qavmdan tarqab ketganmiz,
Soʻzlashgin, deb turfa til ham bergan Xudoyim,
Birlash, deya bayroq tutgan qoʻllarimizga.

Odamzotning poyoni yoʻq sarguzashti bor,
Insoniyat – ildizi bir yaxlit chinordir.
Yashnab turgan barglaridir ellar, millatlar.

Koinotda sayyoramiz charx urar ekan,
Koreyalik kampir meni duo qilganda,
Men ham uning halovatin tilab qolaman.
___________

АБДУЛЛА АРИПОВ,
Герой Узбекистана, Народный поэт

НАЦИЯ


Весенняя пора, с любовью светит солнца луч.
Похожи на утят пушистых в небе облака.
Начнется где внезапно дождь. Услада, просто кайф.

Не первый раз становитесь свидетелем того,
Как не стоит без дела управление небес.
То посылают дождь на землю, то ли белый снег.

Бывает на присадебный участок мира то,
Шальные камни падают большие, кроткие.
Бездонного что космоса путеводители.

С порывом озорных ветров бывает и порой,
Ныряют рыбы и лягушки с неба головой.
Все это не загадка ведь в науке, вовсе нет.

Пускай, поверю в разные земные чудеса,
И даже могут литься с неба вкусные блины.
Никто не видел, с неба как спустился человек.

Мы дети тверди этой, мы потомки все земли,
Все созданы из смеси древней почвы и воды.
Поэтому земля для всех столь дорога, как мать.

Потомки человека, нет, не отличаются,
Из одного тандыра сняты: черный, белый хлеб.
Во времена далекие уводят думы, мысль.

В чужом краю, в году каком-то был в поездке я,
Сжимали сердце на чужбине чувства странствия.
К тому же глух и нем я был без переводчика.

Удел ли это странника: Я встретился с одной,
Старушкой из Кореи доброй и отркытою.
Конечно, та не знала, что я пришлый здесь узбек.

Тот миг, прищурив узкие вдруг глазки матушка,
Вновь улыбнулась, намекнув все ж на мое лицо:
-Родную речь как позабыл, родной мой, о, сынок.

Меня сей клик насторожил: сказала же “сынок”,
Она же мать ведь для меня? Она, как все, есть мать,
Такая же беспомощная, ласковая мать.

Я не историк, что в глубинах роет прошлое,
Не ясновидец, не гадатель, и не ворожей.
О, человека в человеке счастье как узнать!

Когда-то мы ведь разошлись из рода одного,
Бог дал нам разных языков, чтоб разговаривать.
Вручил знамена в руки нам, сказав: “объединись!”.

У человечества есть приключений без конца,
С единым корнем есть чинар ведь Человечество.
Живые листья все народы, нации Земли.

Планета наша кружится покаместь в космосе,
Пока старушка из Кореи милует меня,
Пока я ей желаю и благополучия.

Перевел с узбекского Рахим КАРИМ.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

💻 E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zosi Abdusamadov Behruzxon tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Mening faxrimsan, bayrog'im" mavzusidagi videorolikni taqdim etamiz.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram