Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.39K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
🔰Joriy yilning 13-noyabr kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng "Noyabr - psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz" oyligi doirasida Qarshi shahridagi "Tabassum" MFY profilaktika inspektori Dilshod Kenjayev o'quvchilar bilan suhbat o'tkazdi.

✔️Shuningdek, tadbirda ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova va tarbiyachilar ham ishtirok etishdi.


Tadbir davomida Dilshod Kenjayev psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va boshqa ko'plab masalalar yuzasidan o'quvchilarga foydali ma'lumotlar taqdim etdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
#Kun_hikmati

📚Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan koʻra mahobatliroqdir.

✍️ Mahmud az-Zamaxshariy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_baholash_tizimi

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM