Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.54K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Evrika" jamoasi 16 ball to'plab, 1-o‘rinni egallagan bo'lsa, "Power of ledi" jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 14 ball to‘plagan "Teorema" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#kitob_mutolaasi

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” loyihasi davom etadi

Oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berib bormoqda.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tavsiyasi
Аkademik Naim Karimov tavsiyasi
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov tavsiyasi
O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Joʻrayev tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova tavsiyasi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasi
Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiyasi
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tavsiyasi
Kinorejissor Shokir Xoliqov tavsiyasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Asila Safaraliyeva va Shahzoda Murodovalar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Ona tilim" she'rini ingliz tiliga tarjima qildi.

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi,
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman!

✍️ ABDULLA ORIPOV

MY MOTHER TONGUE

For a thousand years, the nightingale's melody,
It never changes, always pure.
But the poor parrot’s state
Is forever imitated by others.

My mother tongue you are alive forever,
I'll sing the nightingale's song
If you were died
I would be as parrot.

Translated by Safaraliyeva Asila,
Murodova Shahzoda

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
****

Бир қутлуғ насиба – буғдой сўзларим,
Кўксингни кўтаргай туғдай сўзларим.
Она тилин писанд этмаганларнинг,
Қалбига санчилсин тиғдай сўзларим.

Ғайрат Мажид

•┈┈• ❀ 🇺🇿📚🇺🇿 ❀ •┈┈•
Kanalimizga a'zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing. ⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/gayratmajidijodiykanali
•┈┈• ❀ 🇺🇿📚🇺🇿 ❀ •┈┈•
#Tanlovga

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

Hech ko'chaga chiqmagan
Nuroniy chol bor edi.
Rosa ko'p she'r o'qigan
O'zi ham yozar edi.
Bir kun aylanib yurib
Bolalarni ko'rdi u
Biroz so'zin eshitib
Rosa o'yga toldi-ku.
So'zga qo'shar ruschani,
Ingiliz,koreyschani
Buzib aytar gaplarni.
Qisqartirar so'zlarni,
Chol bundan ho'p ranjidi.
Quyi soldi boshini,
Uyi tomon yo'l oldi.
Chimirib ko'z,qoshini,
Yaqinlashib joyiga
Oldi qo'liga qalam
Uning yuragin ezar
O'sha bugungi alam
Ona tilim , qadringga
Yetgan bor,yetmagan bor.
Sening ulug' nomingni
Sharaf-la oqlagan bor!

Ramazonova Dilnura
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlovga

Ona tilim
Necha zamin tegrasida azob chekding, oh urding,
Nokaslar tovonida tuproqdayin topdalding.
Bobolarim etagin tutib xuddi boladek,
Õz baxting,xalqing uchun gõyo qayta tuğilding.

Seni shonli tarixin sõzlash har kas osonmas,
Ona tilim chõldagi tikonli bir xazonmas.
Yuksaladi toğdayin, jilvasi kõzni olar,
Qalbimdagi bitiklar bir sen uchun bitilar.

Yengding qancha sinovni ,barisi qoldi ortda
Endi shohsan mustaqil,porla yetti iqlimda.
Parvoz ayla,yoy quloch kõzlarda marjon lim-lim,
Meni bugun-u,ertam õzingsan Ona tilim!

✍️Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Narsillayeva Maftuna
#Tanlovga

Ona tilim—mening faxrimdir

O'tmishingga tashlasam nazar,
Xayollarim shamoldan o'zar.
Yangi asr avlodi yozar:
Ona tilim—mening faxrimdir.

Tarix bo'sag'asidan o'tding,
Qancha og'ir dardlarni yutding.
Garchand ulug' boshing tik tutding,
Ona tilim—mening faxrimdir.

Buguningga yuzlansam asta,
Yuksalganing ko'rdim birpastda.
Dushmanlarning o'zlari pastda,
Ona tilim—mening faxrimdir.

G'urur ila tilga olarman,
Har bir so'zing dilga solarman,
Butun umr senda qolarman.
Ona tilim—mening faxrimdir!

✍️Ijod maktabining 10 "B"-sinf o'quvchisi Raimova Durdona
#Tanlovga

ONA TILIMGA
Zabonlar aytsa gar so'zning qadrini,
Navoiy so'z ichra tanladi gulin.
Qatra yoshlar bo'lib Cho'lpon ko'zida,
Tirildi o'zbekning o'z ona tili.

Hali bashariyat yengil uyquda,
Bilmasdi neligin harf-u imloni.
Sen ustodi bo'lib uning qo'liga,
Tutding Nodiraning o'tli qalamin.

"Kechir"- deya Muhammadlaring
Bulbul bo'ldi Abdulla Orif
Tunlar senga xatlarin bitib,
Muhabbat qarida qoldi Majnuning.

Onam bedor senda  aytdi allasin,
Durdek terib orzularin shodasin.
O'z tili bor mag'rur o'zbek bolasi,
Ona tilim,sen yurtim madhiyasi.
    
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabining 10"B"-sinf  o'quvchisi Umirzoqova Gulsevar
#Nazm

OʻZBEK TILIM

Koʻp qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,
Ona tuya nomi esa arvona ekan.

Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qoʻltigʻida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,
Bilsam, oʻsha oq otimni derkanlar — boʻz ot.

Yuksak Hisor togʻlarining bagʻrida qat-qat
Toshni yorib oʻsib yotgan naʼmatak edi.
Ustoz Oybek sheʼrin eslab shoir Xolmamat,
— Bizning joyda uning nomi “Hululu”, dedi.

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bogʻda bulbulim,
— Sandulochim! — degan edim sayrab yubordi.

Inson degan qutlugʻ soʻzning tengi yoʻq hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi oʻsmir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.

✍️Abdulla Oripov,
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
#Arxivdan

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirlar doirasida tayyorlangan videolavha.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Azizbek Norov
#Yashil_makon

"YASHIL MAKON" LOYIHASI ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA!

🌳 Yaxshi niyat insonni hamisha ezgu ishlarga undaydi. Xalqimiz ertasini oʻylab uy quradi, yerga urugʻ sochadi, koʻchat ekadi. Mana shunday yorugʻ niyat bilan hayot kechirish, yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash xalqimiz turmush tarzi, azaliy qadriyatlarining asl oʻzagini tashkil etadi.

☘️ Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab boshlangan va tobora keng quloch yozayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati elimizning shu ezgu qadriyatlari yangi va zamonaviy ruhda qayta koʻz ochishida, Oʻzbekistonning har qarich yerini chinakamiga yashillikka burkash, toza va musaffo havoga boy, sogʻlom va qadri baland insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirishda ulkan qadam boʻlmoqda.

✔️O'z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham "Yashil makon" doirasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, maktabning yer maydoni har bir sinfga biriktirib berilgan. Shunga ko'ra, o'quvchilar sinf rahbarlari va tarbiyachilar vositaligida haftaning ma'lum kunlarida o'zlariga ajratilgan hududlarda gul ko'chatlari ekish, o'simlik va daraxtlarni parvarishlash bilan shug'ullanishadi. Ayniqsa, ularning bu boradagi tashabbuslari doimo maktab rahbariyati tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

🌺 Shu ma'noda, joriy yilning 19-oktabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ijod maktabining "Ekoloyiha" a'zolari - 7-8-sinf o'quvchilari tomonidan loyiha rahbari, biologiya fani o'qituvchisi Iroda Eshniyozova rahbarligida, shuningdek, maktab ishchi-xodimlari ishtirokida maktab binosi old tomoni yo'laklari va ichki bog' hududida 500 tupga yaqin gul ko'chatlari ko'paytirildi.

⚡️Ijod maktabida "Yashil makon" loyihasi davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🌺 Joriy yilning 19-oktabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ijod maktabining "Ekoloyiha" a'zolari - 7-8-sinf o'quvchilari tomonidan ekilgan gul ko'chatlari jarayonidan fotolavhalar.