Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.45K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 1-o'rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasini tantanali kutib olish va taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 1-o'rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasini tantanali kutib olish va taqdirlash marosimidan videorolik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi o‘quvchilari ortda qolgan musobaqa haqida fikr bildirdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Qashqadaryolik yoshlar “Zakovat”da yana tengsiz

Toshkent shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o'tkazilib, unda 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashdi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko'ra, his-hayajonlarga boy boʼlgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar gʼolib va sovrindor boʼldi:

🥇Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo viloyati);
🥈Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
🥉Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Mazkur jamoalarning har bir aʼzosi va murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovgʼa qilinib, endilikda ushbu jamoa aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy toʼlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir oʼquv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi toʼlab boriladi:
1-oʼrin: BHMning 5 baravari;
2-oʼrin: BHMning 4 baravari;
3-oʼrin: BHMning 3 baravari.

Shu boisdan, 1-o'rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi Qarshi temiryo'l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi.

Ma'lumot uchun, o'tgan yili o'tkazilgan Intellektual olimpiadada Qarshi davlat universiteti 1-o‘rinni egallagan edi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
#ona_tilim_faxrim

❗️DIQQAT, TANLOV!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi 3 ta yo'nalish asosida o'tkaziladi⤵️

1-shart - "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusida esse va o'zbek tilini sharaflovchi she'r, qasidalar yozish;
2-shart - O'zbek tili haqidagi o'z muallifligi yoki boshqa ijodkorlarning she'rlaridan audiotaqdimot tayyorlash;
3-shart - "Ona tilim - faxrim" mavzusida tasviriy san'at namunasi.

📅Tanlov joriy yilning 12-oktabridan 20-oktabr kuniga qadar o'tkaziladi.

🏆Tanlov g'oliblari 20-oktabr kuni ijod maktabida o'tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Gulsevar Ne'matova, Dilshoda Nafasovalar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Men nechun sevaman O'zbekistonni!" she'rini ingliz tiliga tarjima qilishdi.

Men nechun sevaman O’zbekistonni!

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!

Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?

Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!

✍️Abdulla Oripov

HOW I LOVE UZBEKISTAN!

Why do I love Uzbekistan,
The dirt turned into a parrot in my eyes.
Why the homeland, the earth, the sky,
I call it holy, I call it lonely.

What in the world is really lonely?
Doesn't cotton grow in other place?
Or is my sun the reason for my love?
After all, the whole of Asia is sunny.

Why do I love Uzbekistan,
I envy the gardens as a paradise.
Why do I cherish the soil,
Kiss you, your soil is priceless.

Motherland! In fact the fair nature of the soil,
The distribution is equal to the earth
Why is this soil, cried Furqat,
O land of Kashgar, are you poor?

Why do I love Uzbekistan?
Tell me the reason, they say.
Poetically, before beautiful words,
I bow to my mother people:
My nation, if the judgment of history befalls you,
If it led to the permafrost,
If you had a place of snow,
Wouldn't I love those icebergs?
Homeland, Homeland, may, flourish,
The garden is in the eternal ice, but,
My country, you are only for your riches
If you have a loving child, never forgive

✍️Translated by Ne'matova Gulsevar, Nafasova Dilshoda

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
bee and the pigeon.docx
14.1 KB
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari - Umarboyeva Charos, Husenova Mohitabonlarning "Asalari va kabutar" ertagini ingliz tilidan o'zbek tiliga o'girgan tarjimasi bilan
tanishing.

E'tiborlisi, yosh tarjimonlar ushbu ertakni ham ingliz, ham o'zbek tilida audio shaklda ham tayyorlashgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI
O'QUVCHILARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" TURNIRI⚡️