Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти сайловчилари билан учрашувда хориждаги юртдошларимизни қўллаб-қувватлашга оид режалари ҳақида ҳам тўхталди

📍https://uza.uz/posts/495691

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#xatosiz_yozing
Final Results
63%
brefing
37%
brifeng
#xatosiz_yozing
Final Results
78%
Kovush
22%
Kavush
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
41%
Tarjimai hol
59%
Tarjimayi hol
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёевнинг Қашқадарёлик сайловчилар билан учрашуви
#23june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 24-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatosiz_yozing
Final Results
56%
Suverenitet
44%
Suvirenitet
#adabiyot_vaqti

Hikoya ichida hikoya talqinidagi asarlar

Asrga tatigulik kun – Nayman ona hikoyasi
Oq kema – Mo’min chol ertagi
Sabba’yi Sayyor – 7 iqlim sayyohlari hikoyasi
Zarbulmasal – Masal keltirish orqali hikoya
Ruhlar isyoni – Johillik haqida
Shaytanat – Nor tuya va Musallama kazzob haqida
Beozor qushning qarg’ishi – Qadriyaning hikoyasi
Miftoh ul-adl – Qozi haqida
Ot kishnagan oqshom – Rixsiyevning gaplari
Maymun yetaklagan odam – 27 yil amaldor bo’lgan odam to’g‘risida
Dunyoning ishlari – Ilhaq va Is’hoq haqida
Uch og’a-ini botirlar – To’ti hikoyati
Yetti zog’ora qissasi – Do’nan hikoyasi
Bolalik qissasi – Bolaning ko’ngli poshsho
Dahshat – Asqar ponsot haqida
Bahor qaytmaydi – Mutal gaplari
Chinor – Akbarali qissasi

Darsliklarda kelgan ijodkorlar haqidagi
❗️o‘xshatishlar, fikrlar va ta’riflar❗️

1.Didi va zavqi baland shoir
✏️Bobur
2. Hayot qozonida qaynagan adib
✏️O‘.Hoshimov
3. Keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadigan shaxs
✏️ M.Yusuf
4. Mag‘zi bo‘liq, mazmuni teran, jozibador she’rlar yozgan
✏️Asqad Muxtor
5. O‘qish-o‘rganishda suyagi qotgan shaxs
✏️Hans Kristian Andersen
6. O‘tkir nafasli jurnalist
✏️ O‘.Hoshimov
7. O‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko'rmaguncha ko'ngli joyiga tushmasdi
✏️ H.K.Andersen
8. Qalami o‘tkir ijodkor
✏️Musa Jalil
9. Qalami o‘tkir journalist
✏️ X.To‘xtaboyev
10. Quyma, mag‘zi to‘q satrlar bir o‘qishdayoq xotirada o‘rnashib qoladigan qofiyalar, hamohang tovushli she’rlar yozgan
✏️Mirtemir
11. Yangilikka o'ch,tinim bilmas millatparvar shoir
✏️Hamza Hakimzoda Niyoziy
12. O'z asarlarida o'zbek qizlarining tortinchoq,hayo to'la tabiatini,ayollarimizning andishaga o'ralgan qiyofasini,onalarning cheksiz mehri va uning o'ziga o'xshash ayollargagina xos bo'lgan matonatini,sadoqatini tarannum etgan ijodkor kim?
✏️ Saida Zunnunova
13. Har yili bahor bilan moviy qush-baxt qushini kutadigan adib kim?
✏️ Ernest Seton-Tompson
14. Dunyoga qayta kelganda boshqa o'g'il bo'lib kelishini aytgan ijodkor kim?
✏️ Mirtemir
15. Samimiy tuyg'ularni,nozik kechinmalarni sodda va tushunarli ifodalay oladigan ijodkor kim?
✏️ Mirtemir

Darsliklarda kelgan ijodkorlar haqidagi
❗️o‘xshatishlar, fikrlar va ta’riflar❗️

(davomi)

16. "Garchand frontda muntazam ijod etolmagan bo'lsam ham,qachonlardir bu sevimli hunarimga qaytish ishtiyoqi bir lahza ham xayolimdan ketgani yo'q" deya yozgan ijodkor kim?
✏️ Shuhrat
17. O'z sha'ni yo'lida sovuq yiltirayotgan xanjar tig'iga qarshi bora oladigan er yigitlari,go'zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg'ularini sevib kuylagan ijodkor kim?
✏️ Rasul Hamzatov
18. Davr voqeliklarini aks ettirishda,inson ko'ngli voqeliklarini tasvirlashda drama janriga murojaat qilgan adib kim?
✏️ Asqad Muxtor
19. Qisqa so'zda ko'p ma'no ifodalash mahoratiga ega bo'lgan adib kim?
✏️ Abdulla Qahhor
20. O'zbek she'riyatining yorqin yulduzi sifatida o'tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab,milliy she'riyat osmonida qayta porlagan ijodkor kim?
✏️ Cho'lpon
21. Inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur,ta'sirli va haqqoniy aks ettirardi.Asarlari yolg'iz haqqoniylikdan tashqari,go'zal ifoda uslubi bilan ham ajralib turardi.Ushbu ta'rif qaysi ijodkor haqida?
✏️ Abdulla Qodiriy
22. Turkman maqol, mattallarini,xalq tiliga xos unsurlarni adabiyotga olib kirishga katta xizmat qilgan,ayni paytda purma'no misralari millatning hikmatli so'zlari,aforizmlari qatoridan joy olgan ijodkor kim?
✏️ Maxtumquli
23. Dunyo miqyosida fikrlashga uringan adib kim?
✏️ Mirmuhsin
24.Tabiatan tirishqoq,ilmga tashna ijodkor?
✏️ Jonatan Svift
25. Ozodlik va istiqlol kuychisi....?
✏️ Abdulla Qodiriy
26. Erk va adolat kuychisi....?
✏️ Cho'lpon
27. Chaqmoqqa qiyoslangan ijodkorlar kimlar?
✏️ Usmon Nosir,Lermontov,A.To'qay
28. Rus adabiyotining quyoshi bo'lgan adib kim?
✏️ Pushkin
29. Barcha asarlari yozilishi bilanoq rus tiliga o'girilgan ijodkor...?
✏️ Rasul Hamzatov
30. Shoir she'riyatidagi qahramonlar-g'ururli,o'z qadrini biladigan,ayni vaqtda,o'zganing ham qa
driga yetadigan shaxslar.Ular fe'li keng,tanti,falsafiy mushohadalarga moyil,chapani va jo'mard kishilar sifatida tasvirlangan. Ushbu parcha qaysi ijodkor haqida?
✏️ O‘ljas Sulaymonov
30. Shoir she'riyatidagi qahramonlar-g'ururli,o'z qadrini biladigan,ayni vaqtda,o'zganing ham qadriga yetadigan shaxslar.Ular fe'li keng,tanti,falsafiy mushohadalarga moyil,chapani va jo'mard kishilar sifatida tasvirlangan. Ushbu parcha qaysi ijodkor haqida?
✏️ O'ljas Sulaymon
31. Qaysi ijodkor ijodida hamisha millatning dard-u armonlarini ifodalashga intilgan?
✏️ Shavkat Rahmon
32. O'zbek publististikasiga tamal toshini qo'ygan ijodkor kim?
✏️ Furqat
33. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she'rlarda..........peyzaj ustasi,o'tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo'ladi.Nuqtalar o'rnimi to'ldiring
✏️ Ogahiy
34. O'z g'azalida "kecha" so'zini qo'llash orqali tajnis,takrir,tazod kabi badiiy san'atlarni yuzaga keltirgan mumtoz adib kim?
✏️ Xoja
35. Urushni iblisning g'araziga o'xshatgan ijodkor kim?
✏️ G'afur G'ulom

📖O'zbek adabiyotida BIRINCHI BO'LIB...
(Bu ma'lumotlar yangi nashrdagi darsliklar asosida tayyorlandi)

. ALISHER NAVOIY
1.Turkiy tilda birinchi bo'lib „Xamsa“ yozgan.
2.Turkiy adabiyotda ilk bor chiston yaratgan.
3.Turkiy tilda birinchi bo'lib aruzga doir „Mezon ul - avzon“ asarining muallifi.
4.Turkiy tilda birinchi bo'lib tazkirachilikka oid „Majolis un - nafois“ asarini yozgan.

. ABDULLA QODIRIY
1. O'zbek romanchiligining asoschisi.
2.„Uloqda“ hikoyasi bilan o'zbek realistik hikoyachiligini boshlab bergan.
3.„ Felyetonlar qiroli “ nomini olgan.

. MAHMUD KOSHG'ARIY
1.Turkcha-arabcha lug'atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olim. „ Devoni lug'ot at - turk “.
2. Qo'shiq atamasini ilk marotaba qayd etgan.
3. Munozara janrining asoschisi.„Qish va Bahor “.

. NOSIRUDDIN RABG'UZIY
1.O'zbek nasrining ilk namunasini yozgan- „Qissasi Rabg'uziy“.
2.Bahor fasliga bag'ishlangan birinchi o'zbek g'azali muallifi.-
„Kun hamalga kirdi “.
3.Ilk marotaba dialoglar yozgan.
4.Ilk marotaba maqta'da taxallus qo'llagan.

. YUSUF XOS HOJIB
1.Turkiy tildagi dastlabki yirik yozma badiiy doston muallifi -„Qutag'du bilig“.

. CHO'LPON
1.Birinchi bo'lib roman-diologiya yozgan -- „Kecha va Kunduz“.

. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
1.Turkiy adabiyotdagi ilk memuar asar muallifi -- „Boburnoma“.

. ANBAR OTIN
1.Adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy - publistik yo'nalishda ijod qilgan -- „Risolayi falsafayi siyohdon“(Qarolar falsafasi risolasi).
#Har_satrida_buyuk_bir_hikmat

#BUYYK_EHTIROM
#Adabiyot_vaqti

Абдулла Орипов

Замин айланади, чиқади қуёш
Ҳаргиз кибр билан кўтармагин бош.
Оёқ остингдаги харсангни тепма,
Балки ҳайкал бўлар сенга ўша тош.

Abdulla Oripovning ushbu she'ri kibrlilarga qarata aytilgan. Hayot bir maromda ketadi. Zamin aylanadi, har doimgidek quyosh charaqlaydi. "Ammo, yangi kunni kibr bilan boshlama" deb xitob qiladi shoir. Maqtanchoqlik bilan nazarga ilmaslik qilib yo'lingdagi oddiy toshni ham tepma. Aslida shoir bu yerda ajoyib o'xshatma keltiradi, yo'ldagi tosh deb toshni emas balki, insonlar nazarga tutiladi. Biz bu "tosh"ni tepganimizda o'ylamaymizki, bu tosh kelgusida bizga haykal qo'yishga sabab bo'lishi mumkin. Haykal qo'yish deb esa, insonning yaxshiliklarini eslash, uni hurmat qilish nazarda tutiladi...
Bu she'r orqali shoirning yanada sermahsul shoir ekanligini tushunish mumkin!!!

Omonova Madina
Ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining Sejong shahri boshqarmasi vakillari va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

📍 Uchrashuv davomida tomonlar:

✔️ koreys tili o‘qituvchilar malakasini oshirish,
✔️ koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida joriy qilinishi rejalashtirilgan maktablar uchun koreys tili o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda darsliklar bilan ta’minlash,
✔️ o'quvchilar va o'qituvchilar almashinuv dasturi,
✔️ kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilarning Koreyada almashinuv dasturlarida ishtirok etishi,
✔️ maktab boshqaruvi bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish,
✔️ maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida turli loyihalarni amalga oshirish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

❗️ Uchrashuv doirasida Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man, direktor o'rinbosari Jang Hyeongki va markaz vakili Jung Jaewonga samarali hamkorlik uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 25-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha
video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Haq yoʻlinda kim sanga bir harf oʻqutmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram