Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.31K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#befarqemasman

🎙- Ertangi hayotimiz, oila va yaqinlarimiz taqdiri Vatanimizda kechadigan siyosiy-huquqiy jarayonlar bilan chambarchas bog'liq. O'zimiz xohlagan kelajakni yaratish, avvalo, sizu bizga daxldor muhim masaladir. Shunday ekan, men Vatanim va farzandlarim kelajagiga befarq emasman. Yangilanayotgan Konstitutsiya esa ularning kelajagi, farovonligi va sifatli ta'lim olishi kafolatidir.

❗️Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni konstitutsiyaviy islohotlarda faol ishtirok etishga chorlayman. Farzandlarimiz umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz asosida shakllanishi, yetuk va malakali kadr bo'lib barkamol topishini istayman.

❗️Men befarq emasman. Siz ham befarq bo'lmang.

✍️A.Norov, Abdulla Oripov nomidagi jod maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#befarqemasman

🎙- Hammamizga ma'lumki, yaqin o'tmishimizni ta'lim sohasidagi o'zgarishlariga nazar solsak, "yer bilan osmoncha" farq borligini ko'ramiz. Shu bilan birga, bugungi kunda ham sohada o'zgarishlar to'xtab qolgani yo'q. Bir so'z bilan aytganda, ta'lim sohasi vakillari keng ko'lamli islohotlardan ilhomlangan holda faoliyatlariga yangicha tus berishmoqda.

❗️Joriy yilning 30-aprel sanasida o'tkaziladigan referendumda men va yaqinlarim befarqemasmiz. Siz ham befarq bol'lmang!

✍️Ravshan Xolov, Abdulla Oripov nomidagi jod maktabining tarix fani o'qituvchisi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#befarqemasman

🎙- Bugun men baxtli o'qituvchi sifatida shuni ayta olamanki, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar islohotlar uchun emas, inson uchun ekanligi, insonlar manfaatiga xizmat qilib kelayotganini faoliyatim davomida guvoh bo'lib kelyapman.

✔️Asosiy qomusimiz 51-moddasining har bir bandi o'qituvchiga bag'ishlangan. O'qituvchi maqomi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. O'qituvchiga bo'lgan hurmat ehtirom, oylik-maoshlarining ko'tarilishi, bir qancha imtiyoz va imkoniyatlarining yaratilishi, ayniqsa, majburiy mehnatlardan - paxta terish, ko'cha supirish, ko'p qavatli uylar atrofini tozalash kabi ishlardan ozod etilgani hammani quvontiradi. Bugun o'qituvchi o'z ustida ishlashi uchun keng imkoniyatlar berilyapdi.

❗️ Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga befarq emasman, siz ham befarq bo'lmang!

✍️ Nafosat Azizova, Abdulla Oripov nomidagi jod maktabining ona tili fani o'qituvchisi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#befarqemasman

🎙- Ilgarilari qanday sharoitda ishlardik, o‘quvchilar qanaqa sharoitda o‘qirdi, maktablar qay ahvolda edi... Qanaqa tashkiliy ish bo‘lsin, o‘qituvchi bajarar edi, hatto kommunal to‘lovlarni yig‘ishgacha...
Endi-chi, biz  muallimlar dala ishlaridan, ko‘cha ishlaridan, qog‘ozbozlikdan ozod bo'ldik , oyliklarimiz oshib iqtisodimiz yaxshilandi. Oylik oshishi sabab erkak o‘qituvchilar ham maktabga qaytdi. Ishlashimiz uchun qulay va imkoniyati keng zamonaviy maktablar qurib berildi. Endi o‘qituvchi uchun bitta talab, u ham bo‘lsa, o’z vazifasini vijdonan, halol, mas'uliyat bilan bajarish qoldi, xolos.

❗️Joriy yilning 30-aprel sanasida o'tkaziladigan referendumda men va yaqinlarim befarq emasmiz. Siz ham befarq bo'lmang!

✍️Muqaddas Abdujabborova, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram