Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tavallud

📅 Bugun – 26 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlangan. Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998), “Ulug‘imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo‘l elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan. 1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Сафимизда_бўлинг

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI PEDAGOG-KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

❗️Agar siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Arizalar 20-maygacha job.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✔️Call-markaz:
+99871 207 20 17 (ichki raqam 605)

Biz bilan yangi marralarni zabt eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022-2023-o‘quv yili uchun o‘qituvchilarning onlayn ariza qabuliga 25-aprel sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni

Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib
bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Dastur_ijrosi_amalda

🔰 25-aprel kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “O'quvchilar almashish dasturi” ijrosi doirasida tashrif buyurgan Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari ustozi M.Matyaqubova hamrohligida Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog'i”, “Qatag'on qurbonlari” muzeyi hamda “Oila” majmuasiga sayohat uyushtirishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari

PREZIDENT VA IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda bitiruvchi sinflar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

✔️Agentlik rahbari o'quvchilarning kelajakdagi rejalariga quloq tutdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shundan so'ng, Agentlik direktori Muhammadrizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lib, bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan davra suhbatida ishtirok etdi.

❗️Uchrashuvlar davomida, shuningdek "Yangi O'zbekiston" universiteti vakillarining Agentlik tizimidagi Prezident va ijod maktabi, shuningdek Xalq ta'limi tasarrufidagi maktab bitiruvchilari uchun taqdimoti bo'lib o'tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент сифатли транспорт-логистика хизматлари йўлга қўйилмаса, туризмни ривожлантириб бўлмаслигини таъкидлади.

Транспорт харажатларининг юқорилиги хорижий туристларни жалб қилишда асосий тўсиқлардан бири бўлиб қолмоқда.

Ҳалигача халқаро ва маҳаллий йўналишларда лоукостерлар фаолияти самарали йўлга қўйилмагани, замонавий “Афросиёб” поездига чипта олиш учун бир неча ҳафта олдин мурожаат қилиш зарурлиги танқид қилинди.

Шу боис Транспорт вазирлигига бир ой муддатда:

- Фарғона-Бухоро-Фарғона, Фарғона-Урганч-Фарғона йўналишида авиақатновларни;

- Бухоро-Самарқанд, Бухоро-Хива, Бухоро-Термиз йўналишлари бўйича замонавий автобус ва микроавтобуслар қатновини йўлга қўйиш топширилди.

“Ўзбекистон темир йўллари” бир ой муддатда “Афросиёб” тез юрар поездини Шаҳрисабзгача ҳаракатини қайта тиклайдиган бўлди.

Мутасаддиларга 1 сентябрга қадар ҳар куни 2 мингдан зиёд сайёҳларга тарихий масканларни айланиб чиқиш имконини берадиган 2 қаватли мунтазам туристик автобуслар қатновини йўлга қўйишга топшириқ берилди.
#Сўраган_эдингиз
#Call_center

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilishda davom etamiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish uchun job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tayotgan edik. Unda QR kodli diplomlarni ham yuklasak bo'ladimi?

Ha, QR kodli diplomlarni ham tizimga yuklash mumkin.

Men job.piima.uz sayti orqali ishga kirish uchun ariza topshirdim. Keyingi bosqichga o'tganim va test kuni haqida qanday bilsam bo'ladi?

Nomzodga 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgani hamda test jarayonlari haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.

📞Call-markaz raqami: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube