#Zulfiya_tavalludining_107_yilligi
#Adabiy_badiiy_tadbir
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida Òzbekiston xalq shoiri, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 107 yilligiga bag'ishlab adabiy-badiiy, musiqiy tadbir o'tkazildi.
❇️Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M.Olimjonova hamda musiqa to'garagi rahbari Z.Boboxo'jayev tomonidan tayyorlangan "Seni kuylayman, hayot!" deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbirda òquvchilarning shoira ijodidan tayyorlagan she'riy kompozitsiyalari , tarjimalaridan namunalar, buyuklarning shoira haqidagi fikrlari, shuningdek , Zulfiya va Hamid Olimjon siymolarining gavdalanishi katta qiziqish bilan tinglandi.
❇️Tadbirda òquvchilarning musiqiy chiqishlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.
❇️Tadbir viloyat va respublika televideniyesida tasvirga olindi
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
telegram| web sayt| facebook| youtube
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi

✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova va 7-sinf òquvchilari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda òtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdilar
❇️ "Salqin saharlarda, bodom gulida..."deb nomlangan tadbir Òzbekiston xalq shoiri, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 107 yilligiga bag'ishlandi.
🔰Tadbirda Qarshi DU professor-òqituvchilari, Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi mutaxassislari shoira ijodining yorqin lavhalarini òz chiqishlarida talqin etdilar. Ijod maktabining òquvchilari tomonidan "Buyuk mushoira etadi davom..."deb nomlangan she'riy kompozitsiya havola etildi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_tavalludining_107_yilligi
✅Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òtkazilgan bahor ayyomining kirib kelishi hamda Òzbekiston xalq shoiri, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 107 yilligiga bag'ishlab òtkazilgan "Seni kuylayman, hayot!"adabiy-badiiy tadbiridan lavhalar
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
✅Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òtkazilgan bahor ayyomining kirib kelishi hamda Òzbekiston xalq shoiri, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 107 yilligiga bag'ishlab òtkazilgan "Seni kuylayman, hayot!"adabiy-badiiy tadbiridan lavhalar
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
Zulfiyaxonimni o'qigim kelar
Salqin saharlarda esganda shamol,
Bodom gullarini olganda xayol.
O'rik kurtak yozib bo'lganda nihol,
Zulfiyaxonimni o'qigim kelar.
Derazamdan kirib tutganda labin.
Oppoq gullaganda o'rik gullari,
Hamid Olimjonni eslarman gapin,
Zulfiyaxonimni o'qigim kelar.
Goh dunyo tashvishin ko'tarolmasam,
Qalbimda iymonni yashirolmasam.
Nimadir izlab topa olmasam,
Zulfiyaxonimni o'qigim kelar.
Go'zal hislarini shaydosi, o'zim,
Har misra, baytiga havasim kelar.
Har bahor, har nahor shu aytar so'zim,
Zulfiyaxonimni o'qigim kelar.
Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Yusupova Shodiya

Siz sevgini kuylab o‘tgansiz
Sog‘inch kuyi tirnab tanangiz,
Sadoqatdan she'rlar bitgansiz,
Qog‘oz, qalam aziz xonangiz,
Orom olmay oy yog‘dusida,
Siz sevgini kuylab o‘tgansiz!
Tillolarga bezamay o‘zni,
Sadoqatdan boshlab har so‘zni,
Eritadi qalbdagi muzni,
Hech tin olmay oy yog‘dusida,
Siz sevgini kuylab o‘tgansiz.
Yashab, yashnab orzu bog‘ingiz,
Qalam mavjlantirdi nomingiz.
To‘lqinlanib qalb tug'yoningiz,
Hech to‘xtamay tongday musaffo,
Muhabbatni kuylab o‘tgansiz!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Yusupova Shodiya

Zulfiyaxonimni xotirlab
Mana bahor keldi sizni so'roqlab,
Vafo va sadoqat timsolidirsiz.
Sizlar e'zozlagan chechaklar kulib,
Bir lahza bosh egib sizni eslaymiz.
Bog'im to'ridagi qantak o'rikning,
Shoxlari egilib oppoq gulladi.
Poklikni sevguvchi Zulfiyaxonim,
Qalbingiz oqligi balki shundandir.
Siz qoldirgan meros avlodlar osha,
She'rlarimiz ichra mangu yashaysiz.
Sadoqat timsoli Zulfiyaxonim,
Oq ro'molli farishtaga o'xshaysiz.
Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Axmatova Zubayda

Va'da
Bugun tilayotir bag'rimni hijron,
Sog'inching qalbimni titratayotir.
Ko'zlarim yig'ladi, yig'ladi osmon,
Sen hayot bo'lmasang, ruhing hayotdir.
Kechalar she'rlaring bag'rimga bosib,
Entikib yig'layman, yig'layman zor-zor.
Shunda ikki bolam suyab yupatib,
Onajon, yig'lamang,- deydi qayta bor.
Yo'q, yig'lamayapman, ko'zimda yo'q yosh,
Yillarning sabog'i qotirdi diydam.
Qo'li qadoq xalqim bo'ldi yelkadosh,
Boshiga balolar yog'ib tursa ham.
Erta tong chog'lari ma'yus tursa ham,
Qalbimda bor edi sen ekkan nihol.
Qahraton sovug'i urib tursa ham,
Uning yaprog'larin to'kilmas, alhol.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Abdiyeva Sevinch

Zulfiyaxonimga qilaman havas
Hayotimga qalam bo‘lib ovunchoq,
Men ham she'riyatga oshno qizaloq.
Bormikin dunyoda sizdek ko‘ngli oq,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Salqin saharlarda bodom gulida",
Tinglayman satringiz gullar avjida.
Yozgan she'rlaringiz xalqim dilida,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim",
Yozgan satrlarni o‘qib bo‘sh paytim.
Har bitta she'ringiz baralla aytgum,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayot kitobimni bexos varaqlab",
Ekansiz yulduzlar oldi charaqlab.
Har bahor eslaymiz biz sizni yo‘qlab,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayotdan shoira, hayhot yumdi ko‘z",
Xayolimdan ketmas siz aytgan bu so‘z.
Osmonda ham so‘ndi chaqnagan yulduz,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yillar o‘tgan bo‘lsa undan nariga",
Deb chidab keldingiz hijron, bariga.
Sadoqatli bo‘lsin har kim yoriga,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim",
Aytgan satringizni chin dildan tuydim.
Men ham she'riyatni siz kabi suydim,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon",
Deya aytgan so‘zingiz qalblarda har on.
Sizdan qolgan bog‘lar gullaydi hamon,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men siz haqingizda tebratsam qalam",
Eng oldi qatorda tashlab siz qadam.
Qalblarda so‘nmagay ijodingiz ham,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"E'zozlar, ardoqlar uchun tashakkur",
Bu go‘zal satrdan dil topdi huzur.
Zulfiyasi bor xalq, bugun-ku mashhur,
Zulfiyaxonimga qilaman havas,
Xudo xohlasa, men bo‘laman izdosh!
Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi10-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza

Audio
MUALLIF: Zulfiya
Bu oqshom
O'qidi: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Xaitova Farangiz
Bu oqshom
O'qidi: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Xaitova Farangiz
#Bizning_ijod
✅Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shodmonova Dildora ijodidan namunalar
BAHOR QAYTMOQDA
Tog‘ning oppoq ko‘rpasi,
Asta erib ketmoqda.
Soylarda suvlar tos6har,
Yana bahor qaytmoqda.
Mayin shamollar esib,
Sokin tonglar otmoqda.
Qalblarga orzu solib,
Yana bahor qaytmoqda.
Onda-sonda jimirlab,
Yomg’ir quyib o’tmoqda.
Do’stlar, qarang olamga,
Yana bahor qaytmoqda.
O’lkamga qushlar qaytib,
Tinchlik kuyin aytmoqda.
Olamni ko’kka burkab ,
Yana bahor qaytmoqda.
Shaharlar go’zallashib,
Uylar qad ko’tarmoqda.
Qalbga orzu ulashib,
Yana bahor qaytmoqda.
Bobo dehqonim shoshib,
Dalaga rizq sochmoqda.
Uzoq dovonlar oshib,

MANGU MUHR
(Zulfiya xotirasiga)
Inson umri turfa xil, qarang
O‘tib borar goh g‘amgin, goh shod.
Hislarimdan qalb tortib tarang,
Ko’z oldimga keladi bir zot.
Matonatdan edi tanasi,
Xalqim deya kuylar xalqona.
Oilada deganlar uni,
Vafoli yor, mehribon ona.
Yoridan ayrildi, lekin umrbod
Sadoqat otiga bo‘ldi jilovdor.
Vafo shevasiga tushmadi isnod,
Balki yorin ruhi edi madadkor.
U go‘zal hayot osmonida,
Yorqin yulduz bo‘lib charaqlar.
Xalqim esa aziz nomini,
Mangu qalbin tubida saqlar.
Bugun oramizda yo‘qdir ul inson,
Ammo biyron tillar she’rin aytadi.
Olis safarlarda bo‘lsa-da, ruhi
Zulfiya qizlari bo‘lib qaytadi.
Dildora Shodmonova
Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

RIVOYAT
Shayx bir kun borardi yo‘lda ko‘p ildam,
Yonida yaqin-u muridlar bilan.
Ko‘rdilar nogahon bir kesilgan bosh,
Tuproqda yotardi, go‘yoki bir tosh.
Dedilar baravar: “Astag‘furulloh,
Gunohi ne edi buni, ey Alloh”.
Bu holdan shayx sergak tortib oladi,
Basirat nigohi ila qaradi.
Manglayda bir bitik bo‘ldi namoyon,
Yozuvdan barchasi bo‘ldilar hayron.
Peshonada shunday yozuv ko‘radi:
”Bul ikki dunyosin ham boy beradi”.
Shunda shayx kesilgan kallani darhol,
Ajib bir mehr-la qo‘lga olibdi.
Ko‘zda yosh, labda nim tabassum bilan,
Uning peshonasin o‘pib qo‘yibdi.
Bu holdan barchasi bo‘ldilar hayron,
Shayxdan so‘radilar sababin shu on:
“Bu kimning boshidir, nechun bunchalik
Mehr va ehtirom ila o‘ptingiz?”
Savolga shayx shunday beradi javob:
“Bu boshni ko‘rmoqning o‘zi bir savob.
Chunki u Haq uchun bir joni emas,
Ikki dunyodin ham kechgan darveshdir.
Bunday aziz boshni hech topib bo‘lmas,
Uning joyi esa taxti behishtdir”.
Shodmonova Dildora