Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Uchrashuvlar davomida ijod maktabida amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangi o'quv xonalari, maktab binosi maydonida barpo etilgan ijod maskani va rekonstruksiya qilingan O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyi bilan tanishdi.

🔸O'z faoliyatini boshlagan dramaturgiya, web-dizayn, musiqa, ijodkorlik, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to'garaklari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan mediya markaz faoliyatini kòzdan kechirdi va o'z tavsiyalarini berdi.

✔️Shuningdek, Agentlik rahbari shu kuni Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo’lib, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.
#Hamkorlikdagi_tadbir

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi bilan hamkorlikda tadbir òtkazildi.

❇️ "Abdulla Oripov merosi - bebaho xazina" mavzusidagi ma'rifiy tadbirda ijod maktabining o'quvchilari, harbiy xodimlar, ota-onalar ishtirok etdilar.

✳️Tadbir ishtirokchilari Abdulla Oripov muzeyiga tashrif buyurib, shoir hayoti va faolyatiga doir qimmatli ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔰Ijod maktabi òquvchilari tomonidan Abdulla Oripovning vatan, ona, tabiat, umuminsoniy ģoyalar uluģlangan she'rlaridan namunalar òqildi.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
🔊 Diqqat e'lon!

❗️Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

🌲 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham mazkur tashabbus doirasida "Ekologik media loyihalari" tanlovi yuzasidan samarali ishlar tashkil etilmoqda.

🌳 Aziz o‘quvchilar! Shu munosabat bilan atrof-muhitni asrab-avaylash, Ona tabiatni sevish, ko‘kalamzorlashtirishni targ‘ib etish maqsadida, "Ekologik media loyihalari" kesimida "Mening obod va go‘zal maskanim" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilinadi.

🖥 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1) Eng yaxshi rasm yo‘nalishi,
2) Eng yaxshi videorolik yo‘nalishi,
3) Eng yaxshi devoriy gazeta.

Tanlov 2021 yilning 29 noyabrdan 9 dekabrgacha tashkil etilib, barcha yo‘nalish bo‘yicha ijodiy ishlar joriy yilning 10 dekabr kuni soat 11:00 ga qadar qabul qilinadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👉 @abdullaoripov_ijodmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Mening obod va obod maskanim" tanlovi davom etmoqda

❇️ Ijod maktabining 8-Asinf o'quvchisi Badalova Shaxnoza "Yashil makon" loyihasi doirasida "Ekologik media loyihalari" tanlovida videorolik taqdim etdi.

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mitti_yulduz_jilolari
#Olis_safar_ilhomlari

Olis safar! Ezgulikni niyat qildim.
Uzoq yo‘lda vujud ichra toliqdi jon.
Ne-ne baland dovonlardan oshib keldim,
Quchog'ingni kattaroq och ey Marg'ilon!

Bobom yurti jannatmakon Qashqadaryo,
Azim voham alangalik salom yo‘llar.
Kumushdayin, nomi doston shu el aro,
Quchog'ingda kamol topgan pariro'ylar.

Qodiriylar ko'z o‘ngimdan o'tar elas,
Keladirman yuragimga olov qalab.
Bu kun sendan izlaganim dunyo emas,
Shunchaki bir she'r zavqini keldim izlab.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Sa'dullayev Bobomurod
📣ДИҚҚАТ ТАНЛОВ📣

Халқ таълими вазирлиги Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси ижроия қўмитаси билан ҳамкорликда умумтаълим мактабларининг 10-11-синф ўқувчилари ўртасида “Менинг Президентим” мавзусидаги танловни эълон қилади!

Танлов жорий йилнинг 20 ноябридан – 20 декабрига қадар тўрт босқичда (мактаб, туман(шаҳар), вилоят ва республика) амалга оширилади.

Танловни ўтказиш тартиби:

мактаб босқичида “Янги Ўзбекистон мени нигоҳимда” мавзусида эссе ёзиш;

туман (шаҳар) босқичида “Янги Ўзбекистон – янги имкониятлар” мавзусида иншо ёзиш;

вилоят ва республика босқичларида “Менинг Президентим” мавзусида тақдимот тайёрлаш ва уни 15 дақиқа давомида ҳакамлар ҳайъатига тақдим этиш.

Танловнинг республика босқичи 21-25 декабрь кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.

Танловнинг республика босқичида ғолибликни қўлга киритган ўқувчиларга 2022-2023 ёки 2023-2024-ўқув йилида республикадаги ОТМларига кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўлов-шартнома асосида талабаликка қабул қилинган тақдирда, уларнинг мос равишда:

1-ўрин соҳибига 3 йиллик, 2-ўрин соҳибига 2 йиллик, 3-ўрин соҳибига 1 йиллик тўлов-шартнома пулларини тўлаб бериш ёки грант асосида талабаликка қабул қилинса мазкур маблағлар миқдорида мукофот пулларига эга бўладилар

Танловнинг республика босқичида 1-,2-,3-ўринни эгаллаган ғолиб ўқувчиларнинг устозлари мос равишда 30 млн., 20 млн., ва 10 млн. сўм пул маблағлари билан мукофотланадилар.

Шунингдек, танловнинг республика босқичи ғолиблари (1-, 2-, 3-ўрин) таълим олаётган мактаблари директорларига биттадан ноутбук топширилади.

Танлов низоми билан шу манзилда танишингиз мумкин: 👉https://bit.ly/3CzgOUH

🌍 web-site | facebook | telegram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Qoraqalpoq_tili_bayrami
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi O'ralova Dilraboning 1-dekabr--Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning "Qoraqalpog'im" she'ri asosida tayyorlagan videoroligi.
Qoraqalpoq xalqi uchun uluğ kun hisoblanmish bugungi bayram bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining ahli jamoasini, bilimga, ijodga tashna barcha yoshlarini samimiy muborakbod etamiz!
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🌨 1-dekabr. Qishning ilk kuni bo‘lishiga qaramasdan tabiat bahoriy kayfiyat baxsh etmoqda.

🕌 Ko‘hna Marg‘ilon. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bugungi bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Buyuk shoir, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Tong nafasi ilhomlari" ijodiy tanloviga tayyorgarlik jarayonlari jadal tus oldi.

🕝 Soat 15:30. Uzoq kutilgan onlar! Nihoyat "Tong nafasi ilhomlari" tanlovining barcha yo‘nalishlarining birinchi bosqichiga:

-Nazm yo‘nalishi,
-Nasr yo‘nalishi,
-Badiiy tarjima,
-Erkin Vohidov asarlari bilimdoni
start berildi.

❗️Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, belgilangan xonalarga kirishdi. Ustozlar esa maktabning faollar zalida tanlov jarayonlarini onlayn tarzda katta monitorda kuzatib turishibdi.

👏 Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👉 Bizni kuzatishda davom eting.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

"Tong nafasi ilhomlari" tanlovining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi bosqichi yakunlandi.
Xozir davrada nazm yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘quvchimiz Omonova Sevinch tanlov jarayonida yozgan she'rini o‘qimoqda.

@abdullaoripov_ijodmaktabi