Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.31K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
DUNYODA TURMOQ UCHUN DUNYOVIY FAN VA ILM LOZIM

   Boshqa millatlarga qaralsa, ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Maроқли_таътил
#Tògaraklar_faoliyati
#Raqamli_va_tasviriy_san'at

🎨Ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir nechta tògaraklar tashkil etilgan. To'garak a'zolari o'tkazilayotgan turli tanlovlarda ham faol.
O'quvchilarimizning ijodiy ishlaridan namunalar havola etamiz
👇
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🇺🇿 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.

🇬🇧10-sinfning 8 nafar o'quvchilari IELTS xalqaro sertifikatini qo'lga kiritishdi:

🔹 Eshmurotov Azamat 7.5 ball (Overall).

Listening - 9.0 ball🔥
Speaking - 7.5 ball🔥
Reading   - 7.0 ball🔥


🔹Axmatova Zubayda 7.5ball (Overall).

Listening - 9.0 ball🔥
Reading   - 8.0 ball🔥


🔹 Omonov Aziz 7.0 ball (Overall).

Listening - 8.5ball🔥
Reading   - 7.0ball🔥


🔹Davronova Zahro 6,5 ball (Overall)
Listening - 7,5 ball🔥


🔹Yashinxo'ja Shahrizoda 6,5 ball (Overall)
Listening - 7,0 ball🔥


🔹Nafasova Dilshoda 6,5 ball (Overall)
Listening - 7,0ball🔥


🔹Buriyeva Munisa 6,5 ball (Overall)
Listening - 7,5 ball🔥


🔹Husenova Mohitobon 6,5 ball (Overall)
Listening - 7,0ball🔥


🎉Oʻquvchilarimiz va Ustozlarining kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


O'quvchilarimizning imtihon topshirishlari davom etmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Xaloyiqqa ko'rma qilib benavo,
O'zingga ravo ko'rmaganni ko'rma ravo.

✍️Alisher Navoiy

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Марокли_таътил
#Ijodiy_tògarak

Navoiyga bag’ishlov

Qalbda nurafshonlik eshigin ochgan,
Nazmda g’azalning durlarin sochgan.
Mehnatsiz yuksalish yo’lidan qochgan,
Navoiy bobomni yodga oldim men.

So’zlarni sadafdek bir qator tizgan,
Ma’nolar qasrini she’rida tuzgan,
Allohga sevgisin qalamda chizgan,
Ko’ngil me’morini yodga oldim men.

Yuragim titrar har baytini o’qib,
Bobomdek men ham zar misralar to’qib.
Dilda tug’yonlarim bugun jo’sh urib,
Adabiyot ko’rkini yodga oldim men.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
Umrzoqova Gulsevar
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

QALQON

Osoyishtalik posbonlariga

Kimdir el tinchini buzsa nogahon
Yoki qo‘l ko‘tarsa qahrga to‘lib,
Siz — ozor chekkanga eng avval qalqon,
Himoya qilgaysiz birinchi bo‘lib,

Hayotda fojia uchrab turar goh,
Goh umr g‘unchasi qolgaydir so‘lib,
Bunga ham eng avval Sizdirsiz guvoh,
Siz ko‘z yosh to‘kkaysiz birinchi bo‘lib.

Abdulla Oripov
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

BAHORNI SOG‘INIB…
Kichkina bolakay ketmoqda,
Ortiga ukasin opichib.
Sovqotgan qo‘llarin yengiga,
Qari qiz-buldurug‘in yopishib.

Ukasin qo‘lida do‘ppisi,
Ichida qip-qizil, ko‘k yalpiz.
Go‘yoki, navbahor kelmoqda,
O‘lkamga taratib shirin is,

Yo‘lovchi, shoshmagin, bir nafas,
O‘pib qo‘y, bolani to‘xtatib.
Axir u hammadan ilgari,
Topibdi bahorni axtarib.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Mamatov Dilshod
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

...Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.  
(O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov sheʼrini o'qib...)

  Sheʼriyatga boʻlgandim shaydo,
  Bolaligim-kichik, yoshimda.
  Ajib tuygʻu boʻlgandi paydo,
  Murgʻak qalb-u, jajji boshimda.

  Sheʼriyatning sirli jilvasi
  Aks etgandi har qaroshimda.
  Tovlanardi kulgularim ham,
  Gʻamga choʼmsam tomchi yoshimda.
  
  
   Yozganlarim oʻqirdim burro,
   Munis onam turar qoshimda.
   Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
   Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi
Hamidova Munisa