Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_115_yilligi

🔰Shoir, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ilgan.

Uning “Koʻklam” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1929-yilda bosilib chiqdi. Soʻng “Olov sochlar” (1931), “Oʻlim yovga” (1932), “Poyga” (1932) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.

Shoir tarjimon sifatida u Pushkin, Tolstoy, Gorkiy, Mayakovskiy, Serafimovich, Shevchenko, Lermontov, Ostrovskiy, Korneychuk asarlarini tarjima qildi.

Hamid Olimjon “Daryo kechasi” (1936), “Oʻlka” (1939), “Baxt” (1940) toʻplamlari, “Ikki qizning hikoyasi” (1935—1937), “Oygul va Baxtiyor” (1937), “Semurgʻ” (1939) dostonlarini yaratgan.
#Hamid_Olimjon_tavalludining_115_yilligi

Abdulla Oripov

HAMID OLIMJON XOTIRASIGA


Oʻrik gullaganmish kechagi tunda,
Bahor mujdasi bu, yayragin, ey jon.
Yillar oʻtar ekan, bugungi kunda
Oltmishga kiribsiz, ustoz Olimjon.

Bir yonda Hulkar bu, bir yon Omon bu,
Bir yon shoiramiz — mashhuri olam.
Sizning tegrangizda ahli zamon bu,
Sizning tegrangizda doʻstlar boʻlmish jam.

Barhayot Oybek bu — qutlaydi mamnun,
Qutlar Gʻafur Gʻulom — dongdor zamondosh.
Sizni qutlayotir doʻst-yorlar bukun,
Qutlar Oʻzbekiston — magʻrur egib bosh.

Yetimtov bagʻridan chiqqan navqiron,
Siz bu — sheʼrimizning eng jarang sasi.
Sizning satringizda qurmish oshyon
Uchirma qush kabi sheʼr ilohasi.

Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo
Shabnamday maʼsumu koʻklam kabi yosh.
Axir qancha qadim boʻlmasin dunyo
Bagʻrida nur borki. qarimas quyosh.

Hayot boʻlsaydingiz turardingiz shod
Ulkan shu davraning eng oʻrtasida,
Tiriklik shaʼnini ulugʻlab kushod
Doston insho etib, bitib qasida.

Hayot boʻlsaydingiz har salqich sahar
Oshko buloqlarga quyardingiz lab.
Yurardingiz elda aziz, moʻtabar,
Sonsiz shogirdlarning manglayin silab.

Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat,
Samandar misoli oʻlim bilmas jon.
Minnatdor yurt sizni qutlaydi faqat,
Kutlugʻ bu ayyomda, ustoz Olimjon.

Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xoʻp ishvakordir,
Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.

Tole yulduzining qutlugʻ ziyosi
Saodat burjida balqqay, zamon bu.
Qadim bir diyor bu — yoʻqdir qiyosi,
Ajib bir boʻston bu — Oʻzbekiston bu.

Ustoz, sozga solay boqiy hayotni,
Boqiy sheʼr qoshida bosh egay bir on.
Shodlik va baxtini kuylagan zotni
Shodlik bilan eslar odatda zamon.

1970.
#Ijodiy_tògarak

G'azal

Hamid Olimjon she'riga nazira
 
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.

Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.

Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.

Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.

Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.

Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Reportaj" Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbir xususida.

#11dec #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar #Togaraklar_faoliyati

✔️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audionamunalar yaratilmoqda.

O'tkir Hoshimov
"Ikki eshik orasi"
romanidan.

Fan to'garagi rahbari: N.Rahimova

"Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari: Sh.Rajabov       

Matnni 7- sinf o'quvchisi Amirqulova Marjona o'qidi.

🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 ming 200 nafar bolaga bog‘cha ta’limi berildi.

Viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova 2025-yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Fargʻona

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yosh_kitobxon
#14_19_yosh

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Axmedov Abror "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

🏆O'quvchimizming keyingi bosqichlaridagi ishtirokiga omad va zafarlar tilaymiz! 🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yosh_kitobxon
#14_19_yosh

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Toshpo'latova Madina "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

🏆O'quvchimizming keyingi bosqichlaridagi ishtirokiga  omad va zafarlar tilaymiz!  

🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram