Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.

Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.

Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM