Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.61K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Millat_fidoiylari
#Ajdodlar_jasorati
#Tarixiy_adolatning_tiklanishi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o'quvchilari tarix o'qituvchisi R. Xolov hamda tarbiyachi-pedagog M. Samadova rahbarligida viloyatimizdagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar. 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan tanishdilar.

@abdullaoripovmaktabi
#Respublika_tanlovi_

Joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent shahridagi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida o‘tkazilgan "Abdulla Oripov izdoshlari" hamda "O'tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari ham ishtirok etib, 10-sinf o'quvchisi Sobirova Dilnavo "O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, so‘ngi rusumdagi telefon hamda 8-sinf o‘quvchisi Xaitova Farangiz "Abdulla Oripov izdoshlari" tanlovida faol ishtiroki uchun e'tirofga sazovor bo‘lib Sertifikat va qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlandi.

@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍏16 oktabr - Butunjahon oziq-ovqat kuni.

Nima uchun bu kunni nishonlash butun sayyora uchun juda muhim? Chunki oziq-ovqat mahsulotlarini qanday ishlab chiqarishimiz, iste'mol qilishimiz va afsuski, tashlab yuborishimiz atrof-muhit va iqlimga katta zarar keltiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'p hollarda tabiiy yashash muhitining degradatsiyasi yoki yo'q qilinishiga va biologik turlarning yo'q bo'lib ketishiga olib keladi.

Butunjahon oziq-ovqat kunini qo'llab-quvvatlash maqsadida shu kunlarda butun O'zbekiston bo'ylab "Zamin" fondi FAO, Xalq ta'limi vazirligi va Prezident muassasalari agentligi bilan hamkorlikda to'g'ri ovqatlanish va yerdan oqilona foydalanish bo'yicha ochiq darslar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari tashkil etadilar.

🌱Esingizda bo'lsin: bizning kelajagimiz o'z qo'limizdadir!

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik #Hindiston

Bugun, 15-oktabr kuni Hindistonning Binaryflux kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma, ijrochi direktor Gautam Dawar va Bosh maslahatchi Suyash Thirpati Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi va o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Ularga Tashqi ishlar vazirligi vakili hamrohlik qildi.

🔸Uchrashuv davomida tomonlar IT sohasidagi hamkorlik aloqalarini, shuningdek data-analiz sohasidagi qo'shma loyihalar, Agentlik va Agentlik tizimidagi maktablardagi axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun maxsus treninglar tashkil etish hamda Agentlik mutaxassislari ishtirokida qo'shma dastur va loyihalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar.

📌Ma'lumot o'rnida, Binaryflux bu dunyoga mashhur IT kompaniyasi bo'lib, u ma'lumotlarni tahlil qiladigan hamda tashqi hujumlardan himoyalangan xavfsiz onlayn platformalar yaratish bilan shug'ullanadi.
Forwarded from Maktabuchunpostbot
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati, yutuqlari, maktabdagi bo’layotgan o’zgarishlar bo’sh ish va o’quv joylari haqidagi yangiliklardan habardor bo’lib boring. Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling.👇👇👇
Telegram: 👉👉👉 https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Web sayt: 👉👉👉 https://abdullaoripov-maktab.uz/
Facebook: 👉👉👉 https://facebook.com/abdullaoripov.ijodmaktabi.5
Youtube: 👉👉👉 https://www.youtube.com/channel/UCfvjWXesvZcNUgECU35lydA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_project
#New_Uzbekistan_University

"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETI O'ZBEKISTONDA VA BUTUN MARKAZIY OSIYODAGI TADQIQOTLAR MARKAZIGA AYLANADI"

"Yangi O'zbekiston" universitiga taklif etilgan xorijiy o'qituvchilar bilan suhbatlashishda davom etamiz. Bizning navbatdagi mehmonimiz - professor Clemens Woywod.

Clemens Woywod - Germaniyalik kimyogar, olim va tadqiqotchi. U "Yangi O'zbekiston" universitetining Kimyo muhandisligi fakultetiga taklif etilgan.

- Mening faoliyatim tadqiqotlar bilan bog'langan, "Yangi O'zbekiston" universiteti esa men uchun bu boradagi yangi imkoniyat bo'ldi. O'ylaymanki, mazkur oliygoh O'zbekistonda va butun Markaziy Osiyodagi tadqiqotlarning o'ziga xos markaziga aylanadi.
__________

🔵We continue our interviews with foreign teachers. Our today's guest is professor Clemens Woywod.

🔸Clemens Woywod is famous scientist who worked on theoretical chemistry and cyber security. He was invited to New Uzbekistan University in the faculty of chemical engineering.
#Abdulla_Qodiriy_milliy_adabiyotimiz_xazinasidan
#Ochiq_dars

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Abdulla Qodiriy - O'zbek adabiyoti xazinasidan " mavzusida ma'naviy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ijod maktabining ona tili va adabiyot o'qituvchilari D. Shodmonova, M. Olimjonova tomonidan ochiq to'garak soati o'tkazildi. Unda o'quvchilar Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatiga doir to'liq ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝Ma'lumki Prezidentimiz tomonidan shu yilning 8-oktyabr kuni “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi farmoyish imzolandi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga ulug’ yozuvchi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
🎞Mazkur filmda Abdulla Qodiriyning hayoti, benazir ijodi, buyuk asarlari shu bilan birga umrining so’ngi lahzalari borasida so’z ketadi.
Film ijodkorlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchi Dilrabo Uralovaning "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" mavzusida tashkil etilgan chellenj uchun tayyorlagan videoroligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi chellenj

Gayrat Majid
"Ona tilim" she'ri.

@abdullaoripovmaktabi