Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.4K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

📍Farg’ona shahridagi "Al Farg’oniy" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Farg’ona viloyatida joylashgan 21 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 420 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Togaraklar_faoliyati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator tògaraklar tashkil etilgan.Shu bilan bir qatorda to'garaklar davomida o'quvchilar ko'rsatgan bilimlari uchun sertifikatlar bilan taqdirlanishmoqda.

       🏆 Xususan,  "Kompyuter grafikasi" va  "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi a' zolari Xoshimova Munavvar, Abdusamatov Behruzxon, Rustamov Sanjar, Holiqov Sardor, Sadullayev Sarvar kabi òquvchilar o'z bilim va mahoratlarini ko'rsatib xalqaro sertifikatga ega bo'ldilar.
#iqtibos

Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir.

✍️ Is‘hoqxon Ibrat

@otabek_khasanov
#Futbol_musobaqasi
#5_tashabbus_ijrosi


O'quvchilarni sportga qiziqtirish, ularni jismonan sog'lom bo'lishida sportning ahamiyatini ko'proq singdirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi hamda Qarshi Prezident maktabi o'quvchilari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

❇️Kuni kecha o'tkazilgan futbol musobaqasida har ikkala maktabning 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoalari o'zaro bellashdilar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
UZB-34289 BOLALAR UCHUN 06.10.24 16-20
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari Ruxshona Xoliqulova hamda Afsona Zulqaynarovaning O'zbekiston radiosidagi intervyulari.

🎤9:16 - 10:51 daqiqalarda tinglasingiz mumkin.
Audio
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining Musiqa to'garagi a'zolari O'zbekiston radiosidagi musiqiy chiqishlari.

🇺🇿 Shu aziz Vatan barchamizniki

🎤1:32 - 6:46 daqiqalarda tinglasingiz mumkin.
Audio
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchilarining O'zbekiston radiosidagi intervyulari.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-147-son qarori hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 31-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi bo'linmasi tashkil etilgan.

 Bugun ushbu kafedraning dotsenti, f.f.falsafa doktori Nilufar Jumaeva bilan ijod maktabining ingliz tili o'qituvchilari hamda "Yosh tarjimon" to'garagi a'zolari bilan uchrashuv va Tarjimonlik nazariyasi bo'yicha amaliy mashgʻulot o'tkazildi

Uchrashuv doirasida "Ustoz-shogird" an'analarini davom ettirish, shuningdek, turli yo'nalishdagi Xalqaro konferensiyalar, tanlovlar hamda nufuzli ko'rgazmalarda ishtirok etish masalalari bo'yisha ishlar rejalashtirildi.
                                                                

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram