Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Iqtidorli_yoshlar_faxrimiz
#Taqdirlash_marosimi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "O'zbek ruhiyati me'mori" va "Mitti yulduz jilolari" ko'rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Tanlovda respublikamizdagi barcha ijod maktablari faol ishtirok etdilar. Bugun qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar g'olib jamoalarga yuborildi.

@abdullaoripovmaktabi
#Tonggi_saflanish
#Taqdirlash
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida odatdagidek, boshlanayotgan haftaning birinchi o‘qish kunida "Tonggi saflanish" o‘tkazildi.

🔈 "Tonggi saflanish" da o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, ijodiy ishlar targ‘ibotida faol bo‘lishlari haqida gapirib o‘tildi.

🏆 Shuningdek, mazkur saflanishda "OITS-millat kushandasi","Konstitutsiya mening nigohimda","Mening obod va go‘zalim maskanim" mavzularida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🎞 "Tonggi saflanish" yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish ettirildi. Barcha ishtirokchilar Davlat madhiyasini jonli ijro etib, bugungi "Tonggi saflanish"ga yakun yasashdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
#Taqdirlash_marosimi
#Ўқитувчилар_олимпиадаси

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova ham ishtirok etdi.

Tadbirdan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Muloqotda, jumladan:

✔️sinflar kesimida fanlarning murakkabligiga ko’ra dars soatlarini belgilash,
✔️fizika fanidan dars soatlarini ko’paytirish hamda
✔️bu kabi olimpiadalarni muntazam o’tkazib borish kabi takliflar berildi.

❗️Tadbir so’ngida Xilola Umarova har bir viloyat kesimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari bilan seminar-treninglar tashkil etish haqida topshiriq berdi.

Ushbu treninglar o’quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratiladi.

Pedagoglar jamoasi tomonidan mazkur tashabbus qizg’in qarshi olindi.

📍Ma’lumot o’rnida, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.
#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.

Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.

Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube