Forwarded from Nurboy Jabborov saboqlari
SHARAF SOHIBLARI SULTONI
"Shayx Abu Mansur Moturidiy – o‘z zamonining a’lam ulamosidin ermish. Ul vaqt ulamosi alarni sulton ul-mu’izzin der ermishlar. Zohir va botin ulumi bila orosta". Bu ta’rif hazrat Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" ("Muhabbat shabadalari") asaridan olindi. "Sulton ul-mu’izzin" – azizlarning, sharaf sohiblarining sultoni, demakdir. Ushbu ta’rifning o‘ziyoq Abu Mansur Moturidiyning ilmdagi martabasi nechog‘liq yuksak ekani dalilidir. Zohiriy va botiniy ilmlarni mukammal egallagan bu ulug‘ alloma kalom ilmida o‘ziga xos maktab yaratdi.
Kalom ilmi, bir so‘z bilan aytganda, e’tiqod ilmi demakdir. Bu ilm e’tiqod asoslari xususida bahs yuritadi. Kalom ilmi bilan shug‘ullangan olimlar mutakallimlar, deyiladi. Ahli sunna val-jamoa e’tiqodida e’tirof etilgan ikki aqidaviy yo‘nalish mavjud. Bular – moturidiya va ash’ariya. Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy moturidiya yo‘nalishi asoschisidir.
Shayx Abu Mansur Moturidiy VIII asr oxiri – IX asr boshlarida yashab, ilmda katta shuhrat qozondi. U ko‘plab ilmiy asarlar yozgan bo‘lib, eng mashhurlari "Kitob at-tavhid" ("Allohning yakka-yu yagonaligi haqidagi kitob") va "Ta’vilotu ahlu-s-sunna" (“Qur’oni karimga ahli sunna tafsiri”) deb nomlangan asarlardir. Ikkinchi asar "Ta’vilot al-Qur’on" deb ham yuritiladi.
Allomaning "Ta’vilotu ahlu-s-sunna" asari Qur’oni karim oyatlarini ta’vil, ya’ni tafsir etish bo‘yicha o‘z zamonasida va undan keyingi davrlarda ham eng e’tiborli asarlardan hisoblangan. "Bu shunday ulug‘ bir kitobdirki, ta’vilot fanida yozilgan asarlarning birortasi bu kitobga barobar kela olmaydi". Qodiriya tariqatining asoschisi, G‘avs ul-a’zam deya ulug‘langan buyuk alloma Abdulqodir G‘iyloniydek mo‘tabar zotning ushbu ta’rifiyoq bu asarning qimmati naqadar yuksak ekanini ko‘rsatadi.
Shayx Abu Mansur Moturidiy yashagan davrda mu’taziliylar, jahmiylar, qaromitlar, rofiziylar, murji’lar, karromiylar singari firqalar Qur’oni karim oyatlarini o‘zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqib ta’vil etishga va mo‘min-musulmonlar ongiga o‘z aqidalarini singdirishga uringan. Bizning zamonamizda ham muqaddas dinimizni o‘z manfaatlari, hoyu-havaslari vositasiga aylantirishga harakat qilayotgan turli firqalar paydo bo‘lgani, ular ham o‘z zararli qarashlarini yoyishga intilayotgani nazarga olinsa, Imom Moturidiy yashagan davr va bugungi kun o‘rtasida muayyan o‘xshashlik borligi kuzatiladi. Alloma o‘z davrida buzg‘unchi oqimlar qarashlarini rad etishda qanchalik jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun uning asarlari xuddi shu jihatdan yuksak ahamiyat kasb etmoqda.
Abu Mansur Moturidiy barcha ilmlarda chinakam kamolot sohibi edi. Abu Muin Nasafiyning quyidagi mulohazalari ham ushbu fikrni quvvatlaydi: "Abu Mansur Moturidiy nafaslari miqdoridagi ilmlarni o‘zida jam etgan, bor kuchlarini shu ilmlarni tarqatish va o‘rgatishga sarflagan, shuning uchun yozgan asarlari maqtovlarga sazovor bo‘lgan va o‘z umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotdir".
Zamondoshlari va buyuk allomalar e’tirofidan ham ayonki, bu ulug‘ zot hayoti va merosi har jihatdan avlodlarga ibrat va namuna bo‘la oladi. Allomaga bugungi avlodlar ehtiromining bosh sababi ham shunda.
Millatning sha’ni-sharafini, jahon hamjamiyatidagi nufuzini yuksaltirishda Imom Abu Mansur Moturidiydek allomalar merosi asos, mezon vazifasini o‘taydi. Qadimiy maqbarasi o‘rnida zamonaviy arxitektura talablari darajasidagi yodgorlik-majmua bunyod etilgani, asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, oliy diniy ta’limda o‘qitilayotgani buyuk mutafakkir merosining bugungi davr uchun ham ahamiyatli ekanidan dalolat beradi.
Nurboy Jabborov

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.
Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Milliy kutubxona | Rasmiy

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Kitob o‘qing, elektromobil yuting!
📚 9 452 ta mahalladan eng bilimdon va zukko kitobxonlarni aniqlash uchun maydon yaratgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ushbu mavsumning mahalla bosqichi sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
📎 Tanlov Nizomi bilan tanishing!
📝 Shoshiling @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
📑 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yillar armoni [Rayhon.me]
Shuhrat Daryo
Абдулла Орипов шеъри
Шуҳрат Дарё ижросида
"Йиллар армони"
Шуҳрат Дарё ижросида
"Йиллар армони"
Forwarded from Milliy kutubxona | Rasmiy
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk
📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website

Forwarded from Otabek Hasanov
‼️O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi
O‘zA uchun robot-muxbir moduli real inson prototipini o‘zlashtirgan.
Ushbu muxbir 9 ta tilda — o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu muxbirga Sobira Xoldorova deb nom berilibdi. Chunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional jadid ayol jurnalisti va qatag‘on qurboni bo‘lgan ushbu yurtdoshimizning yorqin xotirasini tiklash maqsad qilingan ekan.
Ha, zamon shiddati tez. Sun`iy intellekt har sohaga kirib bormoqda. Xabaringiz bor biz ham bu zamon mo‘jizasidan foydalanib, buyuk sarkardalar va tariximizga oid loyihalar qilmoqdamiz va yana kitobxonlik targ‘ibotida ham sun`iy intellekt imkoniyatidan foydalanishni niyat qilganmiz.
https://t.iss.one/otabek_khasanov