Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.39K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "
Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda.

✳️
Bugun Qarshi shahridagi 34-maktabning o'quvchilari, sinf rahbarlari - Muhayyo Rahimova hamda Dilbar Xurramova, Qarshi tumanidagi 68-maktab o'quvchilari, o'qituvchilari 6-sinf rahbarlari - Gulbahor Ismatova, Yulduz Mahmadiyorova hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

💥Ijod maktabining faollar zalida maktab rahbariyati tomonidan ijod maktabi faoliyati, erishilgan yutuqlar, to'garaklar faoliyati, o'quvchilarning kun tartibi, yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonlari, maktabdan va sinfdan tashqari olib borilayotgan ishlar va albatta qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Ochiq eshiklar kuni davomida o'quvchilar darsdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotlar xonalari bilan tanishishdi, bu xonalar nima maqsadda tashkil etilgani haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Matbuot_anjumani

📣Hurmatli ota-onalar, qadrli yoshlar, jurnalist va blogerlar❗️

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizlarni "
Ochiq eshiklar kuni" va matbuot anjumaniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktab haqida taqdimot;
Qabul jarayonlari haqida savol-javob;
Qiziqarli mashg'ulotlar;
Maktab binosi bo'ylab sayohat kutmoqda.

📆 2023-YILNING 22-23-MAY KUNLARI
Soat: 14:00
📍Manzil:
Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Matbuot_anjumani

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ota-onalar, o'quvchilar, ularning ustozlari va jurnalist-blogerlar uchun "
Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi. Unda Qarshi tumanidagi 13-, 26-, 45-, 66-, 68- va 69-maktablar, Koson tumanidagi 8- va Muborak tumanidagi 12-maktablarning o'quvchilari ustozlari va ota-onalari bilan ishtirok etishdi, shuningdek, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimova, blogerlar - Umid Karimov va Javohir Rustamovlar ham qatnashib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

💥"Ochiq ehiklar kuni" ishtirokchilari "Musiqa" to'garagi a'zolarining badiiy chiqishlari bilan kutib olindi.

❇️ Mehmonlar darsdan tashqari o'tkaziladigan to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan ular "Ingliz tili", "Audoivizual asarlarni yaratish va qayta ishlash", "Kompyuter grafikasi", "Raqamli va tasviriy san'at", "Musiqa", "Aktyorlik mahorati", "Tarjimonlik" to'garaklarida bo'lishdi. Ayniqsa, "Ingliz tili" to'garagi a'zolari to'garak jarayonlarini ham o'zbek, ham ingliz tilida so'zlab berishgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

🎙- Taassurotlarimiz juda a'lo, - deydi Muborak tumanidan farzandini olib kelgan Roziya Ravshanova. - Maktab direktori Yoqutoy Djamalova iqtidorli o'quvchilar tomonidan bizlarga maktab, dars jarayonlari haqida taqdimot o'tkazildi. Maktab bilan ham tanishdik. Zamonaviy oshxona va yotoqxona, faollar zalini ko'rdik. Nasib etsa, yaqin kelajakda farzandim ham shu ta'lim dargohida tahsil olishini juda istardim.

🎭 Ayniqsa, "Aktyorlik mahorati" to'garagida mehmonlar uchin qiziqarli mashg'ulot tashkil etildi. To'garak rahbari, viloyat musiqali drama teatri rejissiyori Aktam Boyto'rayev
o'quvchilarning so'zga bo'lgan e'tibori, omma oldida so'zlashish qoidalari, nutq odobi bo'yicha ota-onalar va ularning farzandlari bilan o'ziga xos trening o'tkazdi
.

🎤- Mazkur ijod maktabi viloyatimizdagi nufuzli ta'lim maskanlaridan biri hisoblanadi, - deydi Qarshi tumanidagi 45-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Tabassum Amirqulova. - shu bois bir guruh o'quvchilarimizni ushbu maktabga sayohatga olib keldik. Ular kirish imtihonlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ish bilan bir qatorda, maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Natijada ularning maqsadlari qat'iylashdi, intilish va harakatlari yanada ortdi. Umiq qilamanki, ko'plab o'quvchilarimiz kirish imtihonlaridan muvafaqqiyatli o'tib, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi bo'lishadi.

🖥 Ijod maktabi o'quvchilari - Omonov Azizbek hamda Boymurodova Laylo tomonidan "Ijod maktabi - yorqin kelajak sari yo'l" mavzusida ham o'zbek, ham ingliz tilida taqdimot o'tkazildi.

✳️Bu galgi "Ochiq eshiklari kuni"da bevosita ijod maktabi o'quvchilari, to'garak rahbarlari ham ishtirok etdilar.

📌"Ochiq eshiklari kuni" ertaga ham davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ochiq_eshiklar_kuni
#matbuot_anjumani

⚡️ Agentlik tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ota-onalar, o'quvchilar, ularning ustozlari va jurnalist-blogerlar uchun "Ochiq eshiklar" kuni o'tkazildi.

Mehmonlar darsdan tashqari o'tkaziladigan to'garaklar faoliyati va o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#2_kun

🔰Kecha xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 22-23-may kunlari ota-onalar, o'quvchilar, ularning ustozlari va jurnalist-blogerlar uchun "
Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.

❇️ Bugun ham Qarshi shahridagi 1-, 3-, 5-, 28-, 34-maktablar va Qarshi tumanidagi 18-maktab o'quvchilari va o'qituvchilari - Aralova Shoira, Ikromova Gulnoza, Hasanova Go'zal, Qurbonova Xurshida, ota-onalari - Mamatov Shuhrat, Rajabova Baxriya, Jo'rayeva Lobarlar va shahrimizdagi "Birgalikda yuksalamiz" o'quv markazi koordinatorlari ishtirok etdilar.

💥 Ularni "Musiqa" va "Aktyorlik mahorati" to'garaklari a'zolari o'zlarining badiiy chiqishlari bilan kutib oldilar.

❇️ Maktabning asosiy foyesida "Ijod maktabi - yorqin kelajak sari yo'l" mavzusida taqdimot o'tkazildi. Unda o'quvchilarning so'nggi uch yilda erishgan yutuqlari, o'qituvchilarning qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari elektron tarzda havola etildi.

🎙- To'g'risini aytsam, judayam hayratdaman, - deydi farzandini olib kelgan Shuhrat Mamatov. - Ijod maktabi yonidan tez-tez o'tamiz. Biroq maktab faoliyati, u yerda o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, bu yerda qanday darajadagi o'quvchiar tahsil olayotganimdan umuman bexabar edim. Barchasini o'z ko'zim bilan ko'rim hayratim yanada oshdi. Ko'nglimdan farzandim albatta shu maktabda o'qishi kerak degan ezgu niyat o'tdi.

🎤- May oyi davomida tumanimizdagi ko'plab maktablar o'quvchilari "
Ochiq eshiklar kuni" doirasida ushbu ijod maktabiga tashrif buyurishdi, - deydi Qarshi tumanidagi 18-maktabning o'qituvchisi Xurshida Qurbonova. - Ular bilan suhbatda bo'lganimizda barchasi maktab faoliyati haqida to'lqinlanib so'zlab berishdi. Ko'plab o'quvchilarimizning xohish-istaklari, qolaversa, ming eshitgandan bir bor ko'rgan ma'qul degandek maktabga tashrif buyurdik. Kelganimizdan esa sira afsuslanmadik. Aksincha, olam-olam taassurotlar bilan qaytyapmiz.

✳️Shu bilan birga, ijodkor o'quvchilarning ijod namunalari ko'rgazmasi namoyish etildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni_videoroligi

📹E'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 22-23-may kunlari ota-onalar, o'quvchilar, ularning ustozlari va jurnalist-blogerlar uchun o'tkazilgan "
Ochiq eshiklar kuni" haqidagi videorolikni taqdim etamiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Yakkabog' tumanidagi 8-, 62-umumta'lim maktablarining 120 nafar o'quvchilari, 12 nafar o'qituvchilari, psixologlari hamda ijodiy-madaniy ishlar targ'ibotchilaridan iborat jamoasi "
Ochiq eshiklar kuni" da ishtirok etmoqdalar.

Unda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Kenjayeva Dilbar, o'qituvchilar - Xushvaqtova Gullola, Toshqulova Liza, Rasulova Saltanat, psixologlar - Rizayev Yunus, Elmurodova Gullola, Ergasheva Saodat, Sodiqova Viloyatlar qatnashishmoqda.

📌 Mehmonlarga maktab rahbariyati tomonidan ijod maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

📹Maktabdagi ta'lim tizimi, darsdan tashqari to'garaklar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

💥O'quvchilarning savollariga batafsil javob berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023/2024-o'quv yili uchun 7-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Shuningdek, unda maktabning tarbiyachi-pedagoglari ham qatnashishdi.

Uchrashuvda ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Javohir Sharipovlar so'zga chiqib, maktabdagi tartib-intizom, odob-axloq qoidalari, ijod maktabi Nizom va ustavi, to‘garaklar, kun tartibi, maktab faoliyati haqida so‘z yuritishdi. Yotoqxonaga ehtiyojmand oilalar bilan yaqindan tanishildi. O'z navbatida, ota-onalar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.

📌 Shuningdek, muloqot davomida mas'ullar maktabda yagona o‘quvchi formasi tashkil etish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdilar. Ota-onalar bu borada o‘z takliflarini bildirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣 DIQQAT E’LON!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "
OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!

Unda siz ijod maktabi  hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;

Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;

Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;

Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak  mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;

Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.

🗓 2024-yil 17-18-may kunlari
  11:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi 119-uy

Murojaat uchun : (75) 221-75-26

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram