Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Audio
#Istiqlolni_kuylayman

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Itolmasova Sevinchning ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tanlovga tayyorlagan qo'shig'i.
#Imtihon_javoblari

📣Agentlik tizimidagi Ijod maktablari kirish imtihonlarining javoblari e'lon qilindi.

🔰Javoblarni har bir talabgor ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet" orqali bilib olishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

🔹Ijod maktablariga kirish imtihonlari yakuni tahlili;
🔸eng yuqori ball va o‘tish ballari;
🔹 har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni;
🔸ijod maktabining yangi o’quvchilari uchun kutilayotgan yangiliklar...

👉 Bularning barchasi haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021
#saralash

2021 yil 2-iyul kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-8 sinflar uchun saralash imtihonining 2-turi o’tkazilmoqda.
Imtihon jarayoni yuqori saviya va ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatayotgan madaniyat xodimi, shoir "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O'zbekiston axborot va komunikatsion agentligi nashriyot va matbaa sohasini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxasisi Muhiddin Omon, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’.Haydar, Qarshi Davlat universiteti o’qituvchis, shoira N.Umarova ishtirok etmoqdalar.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈
Qarshi Prezident maktabi I bosqichiga topshirgan nomzodlar olgan ballari. Sinflar kesimida. ID raqamingiz orqali olgan balingizni bilishingiz mumkin.
#Imtihon_2bosqich #Prezident_maktablari

🔰Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

🔸Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

🔸Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

🔸Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
▶️1-smena 07:00
▶️ 2-smena 19:00


22-avgust
▶️1-smena 07:00

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
#Imtihon_2021 #Prezident_maktablari

📌ESLATMA

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi 21-22-avgust kunlari o'tkaziladi.

⌛️ Imtihon vaqtlari sinflar kesimida quyidagicha:

▶️ 5-6-sinflar uchun 21-avgust soat 07:00 da
▶️ 9-10-sinflar uchun 21-avgust soat 19:00 da
▶️ 7-8- sinflar uchun 22-avgust soat 07:00 da

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

❗️Imtihon o'tkaziladigan hududlar haqida avvalroq xabar qilgan edik.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2021

Bugun, 19-avgustdan e'tiboran Respublikamizdagi barcha Prezident maktablari kirish imtihonlarining 2-bosqichi uchun maslahat-tanishtiruv jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔰Tanishtiruv kunida nomzodlarga imtihon kuni javoblar varaqasiga to'g'ri javoblarni qanday belgilash, o'z joylarini egallash va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.

❗️Eslatib o'tamiz, talabgordan Prezident maktablari kirish imtihonlari va tanishtiruv kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishlari talab etiladi. “Shaxsiy kabinet"dan yangi ruxsatnomani chop etib olishni unutmang.