Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.26K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_hikmati
#Maxtumquli_tavalludining_300_yilligi

Olimga yondashsang, ochilar koʻzing,
Johilga yondashsang, koʻrdek boʻlarsan.

✍️Maxtumquli


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Shahrizoda Rajabova, Nozima Sunnatova, Odina Erkinova va Maftuna Aliyevalar "O'zbekiston" radiosining "Bolalar uchun" radioeshittirishida ishtirok etishdi.

📚O'quvchilar 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami hamda O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov taballudining 83 yillgiga bag'ishlab o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, tanlovlar haqida, maktabning 9-sinf o'quvchilari - Azizbek Omonov va Shahzoda Murodovalar esa fan va zamonaviy to'garaklar, yangi o'zlashtirayotgan bilimlari haqida so'zlab berishdi.

📌 Ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripovning bahor, yangilanish mavzusidagi she'rlarini ifodali o'qib berishdi.


Munavvar Hamroyeva va Dilfuza O'ralova ijod maktabida o'tkaziladigan tadbirlar haqida so'zlab, bu tadbirlarda faol ishtirok etish orqali o'z bilim hamda tajribalarini oshirib borishayotganini ta'kidlashdi.


🇺🇿🇬🇧 Ijod maktabimizning eng faol o'quvchilaridan biri - Shohista Sherboyeva esa yaqinda ingliz tilidan xalqaro sertifikat - IELTSdan yuqori 7,5 ball olgani, ijod maktabi faoliyati, dars jarayonlari haqida so'zlab berdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zukko_kitobxon
#2_aprel_Xalqaro_bolalar_kitoblari_kuni

📚Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har oyda "Zukko kitobxon" tanlovi an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinmoqda.

🔰Ushbu tanlovning mart oyi saralash bosqichida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 12 nafar o'quvchisi ishtirok etdi va ular quyidagi 6 nafari tanlovning hududiy bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


1. Umrzoqova Gulsevar (10-b sinf);
2. Xudoynazarova Xadicha (10-b sinf);
3. Panjiyeva Gulruh (10-b sinf);
4. Baxtiyorova Fotima (8-b sinf);
5. Ziyodullayeva Laziza (8-b sinf);
6. Ubaydullayeva Sabina (7-b sinf).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📣📣📣📣📣

🔔O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirig‘i ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash olimpiadasi tashkil qilinadi.

📣Olimpiada quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✔️ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 6-aprel kuni;

✔️uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida 17-aprel kuni;

✔️to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

‼️Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, asosan matematika fanidan topshiriqlar va nostandart masalalar taqdim qilinadi.

📌Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida boʻldi.

#Mirziyoyev #tanishuv #xalqtalimi #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjumani

📶 HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI VA BLOGERLAR!

📝 Sizni “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🎙Unda Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 4-aprel.
Soat: 12:00.
📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, AOKA.

📭 Matbuot anjumani yuzasidan savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxtumquli_tavalludining_300_yilligi

📚Maxtumquli - turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. Maxtumquli boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur shoirlar ijodidan bahramand boʻlgan. Zargarlik bilan shugʻullangan.

Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir kancha shaharlarga sayohat qilgan. Maxtumquli bir qancha lirik sheʼrlar, lirik-epik dostonlar, gʻazal va muxammaslar yozgan. Bizgacha uning lirik, falsafiy, pand-nasihat xarakteridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrlari yetib kelgan.

Maxtumquli sheʼrlarida turkman xalqining hayoti, urf-odatlari, oʻz davrining muhim ijtimoiysiyosiy hodisalari, shoirning ichki kechinmalari teran ifoda etilgan (“Boʻlmasa”, “Kelgay”, “Bilan”, “Naylayin”, “Yetmas”, “Bular”, “Ketdi zamona” va b.).

✔️Maxtumquli uslubida xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik bor. Maxtumquli turkman xalqining maqol va matallarini, xalq tiliga xos ayrim unsurlarni adabiyotga olib kirishda katta xizmat qilgan. Shoirning purmaʼno misralari turkman millatining hikmatli soʻzlari, aforizmlar qatoridan oʻrin olgan. Maxtumquli ijodi Yevropa va rus sharqshunoslari, turkman va oʻzbek olimlari tomonidan tadqiq etilgan; qiyosiy oʻrganilgan.

❇️ Maxtumquli sheʼriyati barcha turkiy millatlar, jumladan, oʻzbeklarning ham maʼnaviy mulkiga aylangan. Bir necha marta sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari hofizlar tomonidan kuyga solib aytiladi. Maxtumquli haqida kinofilm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram