Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zamin_Creаtive
#Qabul

Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" loyihasi doirasida inklyuziv ijod studiyalariga to‘rtinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi.

Imtihonlarda aktyorlik mahorati bo'yicha viloyat musiqali drama teatri aktyori Aktam Boyto'rayev, dizayn bo'yicha to'garak rahbari Parizoda Shukurova va Madina Siddiqovalar, mediasavodxonlik bo'yicha to'garak rahbari Bahodir Berdiyev hakam sifatida baholab borishmoqda hamda har bir studiyada sudotarjimonlar ishtirok etishmoqda.

Imtihon jarayonida ijod maktabi va Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktabidan o'quvchilar saralanib olinmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, "Ijodiy" to'garak rahbari Temirpo'lat Tillayev tomonidan mahorat darsi o'tildi.

📚Mahorat darsida "So‘z va badiiy so‘z. So‘z tanlash mahorati"
mavzusida so'z bordi. T.Tillayev badiiy so'zdan foydalanish mahorati va mas'uliyati, nasr yo'nalishi tarixi va buguni, istiqbollari, haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.

Mahorat darsida maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

❇️ Darsda tarbiyachi-pedagoglar Sh.Sharipova, B.Berdiyev va N.Hamidovalar ishtirok etdilar.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zamin_Creаtive
#Qabul

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" loyihasi doirasida inklyuziv ijod studiyalariga to‘rtinchi qabul uchun imtihon o'tkazildi.

🎥 Quyida imtihon jarayonlaridan fotoreportajni kuzatishingiz mumkin (1-qism).


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Imtihon jarayonlaridan fotoreportajni (2-qism).
#Bu_kun

📅 Bugun, ya'ni 3-fevral - Isteʼdodli adib Togʻay Murod tavallud topgan kun (1948-2003).


 Isteʼdodli adib Togʻay Murod adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida kirib kelgan. Uning asl ism-sharifi Togʻaymurod Mengnorov boʻlib,   Togʻay   Murod   adabiy   taxallusidir. U 1948-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xoʻja Soat qishlogʻida dunyoga kelgan.

❇️ 1976-yilga kelib Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, kitobxonlar ogʻziga tushadi. Ketma-ket adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keladi. Ular ham yuksak baholanib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining  Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻldi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube