Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.
Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.
Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Tabrik
XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

SHOIR VA ASKAR
(Chegarachi akalarga)
Shoir uchun dunyo - Vatan sanalar,
Lek u kuylar koʻzin ochgan maskanin.
Askar-chun millat, el yagona boʻlar,
Tinchligin asraydi oʻshal Vatanin.
Askar tong ottirar chegaralarda,
Quyoshni uygʻotar uning qadami.
Uning-chun avtomat hamroh boʻladi,
Shoirga hamnafas erur qalami.
Ayyomlarda sahro - unga dasturxon,
Vatanning tinchligi askar-chun bayram.
Unga kerak emas zarra shuhrat-shon,
Deydi:"Tinch boʻlsa bas, xalqim, oilam".
Dersiz:"Nega jonin xatarga tashlar,
Oʻtirsa boʻlar-ku oila bagʻrida?!"
Lek u sizni oʻylar - tinchligingizni
Kechib uyqusining shirin qaʼridan.
Yulduzlar bilan u suhbatlashadi,
Qalbida raqs tushar bedor tuygʻular.
Uning ham oʻzining dunyosi bordir,
Yurakda joʻsh urar toshqin orzular.
Shoir kuylar koʻnglin, otash yuragin,
Qalbida kezadi tugʻyonli shuur.
Shoir ham askarlar oldida turib,
Ulardan minnatdor, aytar tashakkur!
Hikmatbek Boyqobilov,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

#Vatan_himoyasi_sharafli_burch
#Milliy_armiya_bayrami
Posbonlar
Osuda hayotim,go'zaldir o'lkam,
Musaffo osmonim,bizlarda ne kam.
Yurtim qo'riqchisi,buyuk armiyam,
Shular bor dunyoda ezguliklar jam.
Tunu-kun Vatanin xizmatiga shay,
Mard-jasur o'g'lonlar g'animni sezgay.
Xalqim yashar doim tinch va osuda,
Bizlarga tirgakdir metin armiya.
Qalblardan doimo quvonch taralgan
Asl o'zbek o'g'loni shunday yaralgan
Hatto yurtim deya jonini tikkan Posbonlar elimni kaftida tutgan
10-"A"sinf o'quvchisi Narsillayeva Maftuna
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Kun_hikmati
Ish koʻpligi-yu, vaqt yoʻqligidan nolimang. Vaqt koʻpligi-yu, ish yoʻqligidan qoʻrqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
✍️Oʻtkir Hoshimov

#Raqamli_avlod
#IT_oromgohi_2024
🔰 Axborot texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 5-9-yanvar kunlari anʼanaviy Raqamli avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berilgandi.
✔️ Mazkur oromgoh offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtdi.
✅ E'tiborlisi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari ushbu oromgohning onlayn shaklida faol ishtirok etishdi. Xususan, o'quvchilarimizdan Hulkar To'rayeva, Sarvar Sa'dullayevlar darslardagi faolligi uchun tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Abdulla Oripov nomidag ijod maktabining harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov boshchiligida ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahridagi motamsaro ona haykaliga ekskursiya uyushtirishdi.
✅ Sayohat davomida o'quvchilar Ikkinchi jahon urushi va bu urushda jasorat, matonat va jon fido qilgan ota-boblarimiz haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Shuningdek, xotira kitoblari bilan ham tanishishdi.

- Iroda bobida suvdan oʻrnak olishlaringizni istayman. Suvning irodasi qanday boʻladi? Suvning yoʻlini chapdan toʻssalar, oʻngdan oqadi, oʻngdan toʻssalar, chapdan oqadi, koʻndalangiga toʻssalar esa koʻkka yuksaladi, lekin olgʻa borish istagidan hech qachon kechmaydi!
✍️Suqrot

#Nazm
Abdulla Oripov
YUPANCH
Bormisan, qaylardasan?
Bozormi, mozormisan?
Kulgimisan, visolmi?
Quvonchmi, ozormisan?
Yupanch degan nomingni,
Kim oʻylab topdi ekan.
Bu eshikni kim oʻzi,
Ochmasdan yopdi ekan.
Chorasizlik tufayli,
Topilgan taskinmisan?
Yoki bir yaxshilikka
Aytilgan tahsinmisan?
Nimasan, yolgʻonmisan?
Rost gapmi yoki aldov?
Yoki kulfat selining
Oldiga qoʻyilgan gʻov.
Oʻzini tuta olmay
Yigʻlab turar bir goʻdak.
Unga na boylik darkor,
Va na martaba kerak.
Ne chogʻlik sehrlisan
Sen oʻzing yupanch soʻzi.
Sen goʻyo shirin tushsan
Yoki umid yulduzi.
Bilurman bu dunyoda
Omonat jonu tanim.
Oʻtar boʻlsam to abad
Yupanch boʻlgin Vatanim.
✍️2006-yil 23-oktyabr
Qarshi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov
YUPANCH
Bormisan, qaylardasan?
Bozormi, mozormisan?
Kulgimisan, visolmi?
Quvonchmi, ozormisan?
Yupanch degan nomingni,
Kim oʻylab topdi ekan.
Bu eshikni kim oʻzi,
Ochmasdan yopdi ekan.
Chorasizlik tufayli,
Topilgan taskinmisan?
Yoki bir yaxshilikka
Aytilgan tahsinmisan?
Nimasan, yolgʻonmisan?
Rost gapmi yoki aldov?
Yoki kulfat selining
Oldiga qoʻyilgan gʻov.
Oʻzini tuta olmay
Yigʻlab turar bir goʻdak.
Unga na boylik darkor,
Va na martaba kerak.
Ne chogʻlik sehrlisan
Sen oʻzing yupanch soʻzi.
Sen goʻyo shirin tushsan
Yoki umid yulduzi.
Bilurman bu dunyoda
Omonat jonu tanim.
Oʻtar boʻlsam to abad
Yupanch boʻlgin Vatanim.
✍️2006-yil 23-oktyabr
Qarshi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayot_lavhalari
“Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos”
✅ Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.
➖ Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.
➖“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.
❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

#BSB_va_ChSB_nima
📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.
⚡️ Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
❓ Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?
🗣 Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.
✅ BSB – Boʻlim summativ baholash.
✅ ChSB – Choraklik summativ baholash.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Давлат хизматига дастлабки қадам
Qaysi javobda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
Anonymous Quiz
19%
Muzdekkina kunlar boshlanishi bilan qushlar janubga uchib keta boshlaydi.
13%
Kechagi tashlandiq yer o‘rnida kattagina gulzor olamga keldi.
54%
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida dunyoga keldi.
14%
Katta yoshdagi inson qalbi o‘rta hisobda kuniga 100000 martacha uradi.
#Ishga_taklif
❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi:
🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.
⏰ Bizni tanlashingiz uchun 2 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📩 [email protected]