Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.39K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

SHUKRONA

Shukrona ayt avval parcha non uchun,
So'ng qultum suv uchun shukrona takror.
Chunki bu olamda, yashirmoq nechun,
Senga shularni ham ko'p ko'rganlar bor.

Buyuklar baxtiga havas qil, ammo
Insonliging uchun shukr aytil zinhor.
Chunki bu olamda sen uchun hatto
Oddiy insonlikni ko'p ko'rganlar bor.

1975

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

Toʻy qil oshingga ham sheʼr yozilgaydir,
Toʻlgan yoshingga ham sheʼr yozilgaydir.
Sen sheʼrga bepisand boqma, ey nodon,
Oʻlsang toshingga ham sheʼr yozilgaydir.

✍️ Abdulla Oripov

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

QASHQADARYODAN...


Deydilar,chaqnagan qaysi yurt erur,
Buyuk Sohibqiron sochgan ziyodan.
Javob berdilarki, hech so'nmas bu nur,
Taralgan eng avval Qashqadaryodan.

Dedilar, qaysi el bedor doimo,
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan.
Javob berdilarki, shoir, ulamo,
San'atkorlar chiqqan Qashqadaryodan.

Dedilar, jahonga buyuk yurtboshi ,
Parvoz aylagandi qaysi ma'vodan.
Javob berdilarki,
Hurlik quyoshi qalqqandi dastavval Qashqadaryodan,
Dastavval, dastavval
Qashqadaryodan!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

КULMANG

Оch оdamning ustidan kulmang,
Yetishmasa ishga qurbati.
Xunukkina qizlarni siylang,
Go'zal bo'lar ular siyrati.

Birovlarning haqqin yeganni
Dasturxonga yo'lata ko'rmang.
Rostni ko'rib yolgʻon deganning
Kosasini to'lata ko'rmang.

1996

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

Abdulla Oripov

OʻZBEKISTON BAYROGʻI


Har qanday lashkarning ham
Oʻz tugʻi, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qoʻrgʻonlar qatorida
Bir qoʻrgʻonsan ustuvor,
Vallamat tugʻdor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

Oʻylayman, ha, olamda
Nisbiy erur koʻp holat,
Zamona gʻalviridan
Har narsa oʻtaverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yoʻlchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanʼat yaratibdi,
Maqsadi – bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni koʻklarga
Koʻtarar butkul jahon.

Koʻzni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot moʻl
Oʻzbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arigʻida,
Har biri bitta xalqning
Gʻururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezgʻilar bu shum oʻtmish.
Moziyga oʻqtin-oʻqtin
Sochsak hamki gʻazablar,
Lekin ayting, oʻzbekning
Qoʻlidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Yaʼni Turdi Fargʻoniy ,
Boʻlak boʻlgan bu xalqqa,
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaverdi
Uning dardli soʻrogʻi,
Oʻsha-oʻsha zamin kar,
Oʻsha-oʻsha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda oʻzbekni.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

MILLAT


Bahor chogʻi, mehr bilan quyosh charaqlar.
Bulutlar ham momiqqina oʻrdakchalarday.
Birdaniga yomgʻir quyar. Naqadar rohat!

Siz bu holni birinchi bor koʻrgan emassiz,
Sira-sira bekor turmas samo dargohi.
Goh yomgʻirin yuborgaydir, goho qorlarin.

Ahyon-ahyon sayyoramiz tomorqasiga
Tushib qolar katta-kichik daydi toshlar ham.
Ular tubsiz koinotning yoʻlchilaridir.

Oʻyinqaroq shamollarning shiddati bilan
Qurbaqa-yu baliqlar ham shoʻngʻir osmondan.
Bular bari ilmu fanda jumboq emasdir.

Ishonayin mayli harxil moʻjizalarga,
Hatto chalpak yogʻishi ham mumkindir, biroq
Koʻkdan odam tushganini birov koʻrmagan.

Biz shu zamin farzandimiz, yerning zuryodi,
Yaralganmiz tuproq bilan obihayotdan.
Shu boisdan, barchamizga zamin onadir.

Inson nasli bir-biridan aslo farq qilmas,
Bir tandirdan uzilgandir, oqmi yo qora.
Juda uzoq davrlarga ketgaydir xayol.

Qaysi bir yil oʻzga yurtda safarda edim,
Yuragimni siqar edi musofirchilik.
Boz ustiga gung-soqovman, tilmoch boʻlmasa.

Sayyohlikning yoʻrigʻi shul: Uchrashib qoldim
Koreyalik bir nuroniy onaxon bilan.
U, albatta, bilmas edi oʻzbekligimni.

Bir zum qisiq koʻzlarini tikkancha kampir
Jilmaydiyu, shama qildi aftimga qarab:
- Oʻz tilingni unutibsan, yaxshimas, bolam.

Sergak tortdim “bolam” degan uning soʻzidan,
Ona boʻlmay kim u menga? Ona-ku, axir,
Oʻsha-oʻsha mushtiparu mehribon, mushfiq.

Million yillik tarixlarni kavlab yurguvchi
Qadimshunos emasman men yo folbin emas.
Inson zoti oʻz-oʻzini tanisa, netong?!

Biz qachondir bir qavmdan tarqab ketganmiz,
Soʻzlashgin, deb turfa til ham bergan Xudoyim,
Birlash, deya bayroq tutgan qoʻllarimizga.

Odamzotning poyoni yoʻq sarguzashti bor,
Insoniyat – ildizi bir yaxlit chinordir.
Yashnab turgan barglaridir ellar, millatlar.

Koinotda sayyoramiz charx urar ekan,
Koreyalik kampir meni duo qilganda,
Men ham uning halovatin tilab qolaman.
___________

АБДУЛЛА АРИПОВ,
Герой Узбекистана, Народный поэт

НАЦИЯ


Весенняя пора, с любовью светит солнца луч.
Похожи на утят пушистых в небе облака.
Начнется где внезапно дождь. Услада, просто кайф.

Не первый раз становитесь свидетелем того,
Как не стоит без дела управление небес.
То посылают дождь на землю, то ли белый снег.

Бывает на присадебный участок мира то,
Шальные камни падают большие, кроткие.
Бездонного что космоса путеводители.

С порывом озорных ветров бывает и порой,
Ныряют рыбы и лягушки с неба головой.
Все это не загадка ведь в науке, вовсе нет.

Пускай, поверю в разные земные чудеса,
И даже могут литься с неба вкусные блины.
Никто не видел, с неба как спустился человек.

Мы дети тверди этой, мы потомки все земли,
Все созданы из смеси древней почвы и воды.
Поэтому земля для всех столь дорога, как мать.

Потомки человека, нет, не отличаются,
Из одного тандыра сняты: черный, белый хлеб.
Во времена далекие уводят думы, мысль.

В чужом краю, в году каком-то был в поездке я,
Сжимали сердце на чужбине чувства странствия.
К тому же глух и нем я был без переводчика.

Удел ли это странника: Я встретился с одной,
Старушкой из Кореи доброй и отркытою.
Конечно, та не знала, что я пришлый здесь узбек.

Тот миг, прищурив узкие вдруг глазки матушка,
Вновь улыбнулась, намекнув все ж на мое лицо:
-Родную речь как позабыл, родной мой, о, сынок.

Меня сей клик насторожил: сказала же “сынок”,
Она же мать ведь для меня? Она, как все, есть мать,
Такая же беспомощная, ласковая мать.

Я не историк, что в глубинах роет прошлое,
Не ясновидец, не гадатель, и не ворожей.
О, человека в человеке счастье как узнать!

Когда-то мы ведь разошлись из рода одного,
Бог дал нам разных языков, чтоб разговаривать.
Вручил знамена в руки нам, сказав: “объединись!”.

У человечества есть приключений без конца,
С единым корнем есть чинар ведь Человечество.
Живые листья все народы, нации Земли.

Планета наша кружится покаместь в космосе,
Пока старушка из Кореи милует меня,
Пока я ей желаю и благополучия.

Перевел с узбекского Рахим КАРИМ.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

IBODAT

Dunyodan roziman dema hech qachon,
Desang ham, soʻylagil sahroga, toqqa.
Chunki seni tinglab, kimdir oʻsha on,
Nega rozisan, deb tutgay soʻroqqa.

Dunyodan norizo boʻlsang ham agar,
Soʻz dema, bardosh qil azob, firoqqa.
Chunki seni tinglab, kimlardir battar,
Nega, deb albatta, tutgay soʻroqqa.

Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol koʻhna bu korga.
Olis kechalari yolgʻiz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga.

Abdulla Oripov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

KUZ MANZARASI


Kechki kuzak kirmoqda, nina sochar izg'irin,
Dehqon ham tashlab ketdi qadrdon dala-qirin.
Huvillab qoldi, mana, gavjum bog'lar, bog'chalar,
Yashil ellarga tomon uchib ketdi qushchalar.

Ketdi qirdan turna ham, bo'shab qoldi tabiat,
O'lik mezonlar kezar sovuq dalada faqat.
Qahrabo ko'zyosh to'kib turar faqat daraxtlar,
Ne qilsin, uchay desa, ularda yo'q qanotlar...

1964


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

Abdulla Oripov

QISH


Kuz ham ketdi, mana,
Qish keldi qayta,
Eski ashulamni yana aytaman.
Seni qarshi oldim nechanchi marta,
Qish, senga nechanchi bora qaytaman.

Gaz oʻchoq joyida, poʻstin ham tayyor,
Sening hurmating bu, qirchillama qish.
Undov belgisidek teraklar qator,
Qishga shu tariqa aytishar olqish.

Bunday payt gashtlidir choyxona koʻproq,
Chollarga oʻsha joy boʻladi shafye.
Choyxona tomonga tortsa-da oyoq
Duch kelaveradi negadir kafe.

Shundoq davom etar hayot baribir,
Topilar biz uchun xilvat goʻsha ham.
Koʻpdan sogʻintirgan davramiz qizir,
Axir eski doʻstlar yana boʻlmish jam.

Yana yodga tushar u olis yillar,
Qishning qadamiga alyor aytamiz.
Tongda chumoliday chiqqan boʻlsak gar,
Shomda arslon boʻlib uyga qaytamiz.

2010-yil 4-dekabr


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

🔰O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri va davlat Madhiyasi muallifi Abdullo Oripovning Ispaniyaning Madrid shahridagi "Realgrand" mehmonxonasining qaydlar qogʻoziga yozilgan to‘rtlik misralari.

Yurtimda besoʻrov kezganing yetar,
Oʻzingni xoqondek sezganing yetar.
Hali ham egardan tushging kelmaydi,
Bir yuz-u yetmish yil ezganing yetar...


✍️ Abdulla Oripov

© Facebook sahifalaridan

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

DUNYONI QIZG'ANMA

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'ingan mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.

1980

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

IBODAT

Dunyodan roziman dema hech qachon,
Desang ham, soʻylagil sahroga, toqqa.
Chunki seni tinglab, kimdir oʻsha on,
Nega rozisan, deb tutgay soʻroqqa.

Dunyodan norizo boʻlsang ham agar,
Soʻz dema, bardosh qil azob, firoqqa.
Chunki seni tinglab, kimlardir battar,
Nega, deb albatta, tutgay soʻroqqa.

Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol koʻhna bu korga.
Olis kechalari yolgʻiz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga.

Abdulla Oripov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

JADIDLAR


Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi gʻoziy shahidlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Shaxsiy namuna yoʻq, chunki Ibrat yoʻq,
Olimlar juda koʻp, bitta Fitrat yoʻq,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yoʻq,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular gʻisht qoʻygan, biz toshlar otamiz,
Ular soʻz yigʻganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Tavallo, Qodiriy, Choʻlponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Ogʻiz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Oʻshalar bizlarning bobolarmikan?
Bizdan oʻzlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular gʻoya surgan, biz oʻy suramiz.
Yoppa tomoshabin boʻlib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Qopogʻon davr edi, qattol, qatagʻon,
Otilib chiqqanni shartta otagʻon...
Bugun yuki yengil tuya yotagʻon...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Oʻziga kelmaydi oʻzdan ketganlar,
Ixlos qoʻyib shayton dumin tutganlar...
Qani yurt deb oʻzini unutganlar?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Sheʼr avjida birdan qalam sekinlar,
Buyuk ustozlarim nima derkinlar?
Soʻnggi jadid edi Abdulla, Erkinlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ufqqa urilib, qaytib kelgan oʻq
Mening yuragimni teshib oʻtgan choʻgʻ.
Muallimlar serob, Avloniylar yoʻq.
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Taʼlim-tarbiyani najot bilganlar,
Ilmiga oʻzlari amal qilganlar.
Qarang, amal deb oʻz jonin yulganlar,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Maishat, toʻy, hasham bosh maqsad hamon,
Gapdan boshqa gap ham bor, ey qadrdon!
Hamma zamonda ham kelmaydi zamon,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Zanglagan zehnimni charxlab beradigan,
Umrim savdosini narxlab beradigan,
Shu sheʼrni oʻgʻlimga sharhlab beradigan
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

✍️ Iqbol MIRZO

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

ODDIY ODAM


Iltimoslar tushar tez-tez menga ham,
Biri o'qish deydi, ish deydi biri.
Ularning ko'plari sodda chinakam,
Soddalikdan bo'lak yo'q hech bir siri.

Men-ku ular bilan piyoda, yayov,
Ketishga tayyorman Hirotga qadar.
Lekin qo'limda bor na qudrat, na dov,
Oddiy odamdirman bilsangiz agar.

Aslo ajablanmang kimligim ko'rib,
Kuchim yetar balki she'riy nidoga.
Men faqat siz bilan yonma-yon turib,
Iltijo qilmishim mumkin Xudoga.

2010-yil 11-oktyabr

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

Abdulla Oripov

YUPANCH


Bormisan, qaylardasan?
Bozormi, mozormisan?
Kulgimisan, visolmi?
Quvonchmi, ozormisan?
Yupanch degan nomingni,
Kim oʻylab topdi ekan.
Bu eshikni kim oʻzi,
Ochmasdan yopdi ekan.
Chorasizlik tufayli,
Topilgan taskinmisan?
Yoki bir yaxshilikka
Aytilgan tahsinmisan?
Nimasan, yolgʻonmisan?
Rost gapmi yoki aldov?
Yoki kulfat selining
Oldiga qoʻyilgan gʻov.
Oʻzini tuta olmay
Yigʻlab turar bir goʻdak.
Unga na boylik darkor,
Va na martaba kerak.
Ne chogʻlik sehrlisan
Sen oʻzing yupanch soʻzi.
Sen goʻyo shirin tushsan
Yoki umid yulduzi.
Bilurman bu dunyoda
Omonat jonu tanim.
Oʻtar boʻlsam to abad
Yupanch boʻlgin Vatanim.

✍️2006-yil 23-oktyabr
Qarshi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram