Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_tόgarak_faoliyatidan
JAVOHIR ABDURASULOV
2008-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi. Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan ijod maktablari o’rtasida o’tkazilgan “Barhayot navolar” nomli respublika ijodiy ishlar tanlovida musiqa yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni egallagan.
ONAMGA XAT
Onam, munisginam,
Yuribsanmi sog’?!
Yana xatlar yozib seni esladim.
Sen meni deb xayol surgan ayni chog’,
Borliqdan timsoling rosa izladim.
Otam tashvishlarda sog’ yuribdimi,
Shunchalar og’irmi yelkada yuki.
Oppoq qog’ozlarim, ayt, turibdimi,
Sochlaringga qorlar qo‘ngandir balki.
Qo‘shni qiz ketgandir boshqasi bilan,
Meni unutgandir u allaqachon.
G’urur, orim ila ichaman qasam,
Uzoqqa ketmayman endi, Onajon!
Seni ko‘p o‘yladim, mehring sog’indim,
Qalbimda noma’lum tuyg’ular yotar.
Seni o‘ylaganda juda og’rindim,
Bo‘g’zimga sog’inchning xanjari botar.
Ona, onajonim, yuribsanmi sog’…

#Qisqa_hikoyalar
Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan...» («For sale: baby shoes, never used»).
* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O'Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»
* * *
Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi...»
***
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».
***
Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)
Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi.
Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi...
Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish tuyalardi.
"Xudoyim, senga shukrlar bo‘lsin, — o‘yladi u, — hayot qanday go‘zal-a!"
***
Alan Y. Mayer. Omadsizlik (hikoya)
Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
— Mister Fudjima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirasimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazo‘r so‘radim:
— Qaerdaman?
— Nagasakida, — javob berdi u.
***
Jeyn Orvis. Oyna (hikoya)
Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti — parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa — o‘sha.
Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi... U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti — yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.
***
Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening
⚡️ Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirning yopilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi.
📝 Vazir mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar, oldimizda turgan muhim masalalar haqida to‘xtalib, Prezidentimiz bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
🗣 Tadbir so‘ngida vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda rahbar kadrlar vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, sohaga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat etishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi
⚡️ Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
📝 Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.
🗺 Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari xalqaro va mahalliy til sertifikatlaridan yuqori ballarni qo'lga kiritishmoqda.
IELTS xalqaro sertifikati:
🔹 Iroda Shodiyeva -
➖ Overall - 6,5 ball;
➖Speaking - 7 ball⚡️
Duolingo english test:
🔹Rayhona Shoyimqulova -
➖Overall - 115 ball;
➖Comprehension - 130 ball ⚡️
✔️Davlat test markazining chet tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihondan 2 nafar o'quvchimiz "B2" darajali sertifikatga ega bo'lishdi:
🔹Iroda Xushvaqtova - "B2"
🔹Shermuhammad Tojiddinov - "B2"
📌Eslatib o'tamiz, 11-sinf bitiruvchilarimizning 9 nafari ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo'lga kiritishgandi.
🎉📚 O‘z navbatida, xalqaro va mahalliy til sertifikatlari imtihonlarida qatnashayotgan qolgan o‘quvchilarimizga ham omad tilaymiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marafon
10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.
Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.
Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf
🗺 Toshkentda bolalarni ekota’limga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiya tasdiqlandi
📝 Strategiya ekologik muammolar va ularning yechimi haqida yoshlar va bolalarning xabardorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, strategiya maktabgacha va maktab ta’limi siyosatining barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida xalq ta’limini rivojlantirish to‘g‘risidagi idoralararo Anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekiston va Italiya davlat rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama davlatlararo hamkorligimizni yangi sohalarini kengaytirishga imkoniyat yaratadigan xalqaro shartnomalar imzolandi:
➖ diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni;
➖ diplomatik akademiyalar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini;
➖xalq ta’limini rivojlantirish to‘g‘risidagi idoralararo Anglashuv memorandumi;
➖ fan, texnologiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo Anglashuv memorandumi;
➖ jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Manba: ЎзА

Wilde-Giant.pdf
39.7 KB
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan
https://telegra.ph/Oskar-Uayld-Xudbin-Pahlavon-11-10
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 - "B"sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Murodova Shahzodaning tarjimasi bilan tanishing.
📚Murodova Shahzoda atoqli yozuvchi Oskar Uayldning "Xudbin Pahlavon" hikoyasini o'zbekchaga o'girgan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
https://telegra.ph/Oskar-Uayld-Xudbin-Pahlavon-11-10
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 - "B"sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Murodova Shahzodaning tarjimasi bilan tanishing.
📚Murodova Shahzoda atoqli yozuvchi Oskar Uayldning "Xudbin Pahlavon" hikoyasini o'zbekchaga o'girgan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.
Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.
Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.
Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova