Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 18-27-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 18-oktabr 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

ONA TILIM

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim*,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul-lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir –
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charog‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga saloqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mashhargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Ona tilim bordir, men barhayotman.

✍️ G‘ayrat MAJID

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

📌O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-F-son farmoyishiga ko'ra, 2023-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalarining atoqli namoyandalari tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ'ib etish dasturiga asosan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

🔰Unda adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish qayd etilgan.

✔️Chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy" to'garak rahbari Temirpo'lat Tillayev tomonidan "Jadidlar yo'lboshchisi" mavzusida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani bo'yicha oliy toifali o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinfiga "Rasm asosida matn yaratish. Shaxs otlari va shaxs nomlari" mavzusidaт dars o'tdi.

🖥 Dars zamonaviy turdagi axborot texnologiyalari vositasida o'tkazildi.

Shohsanam Qarshiyeva dars davomida "O'yla, izla, top", "Savodxonlik vaqti" ta'limiy o'yinlaridan foydalandi. Shuningdek, noan'anaviy tarzda o'tkazilgan darsda 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan tabriknoma yo'llash, tabrik xati tayyorlash kabi topshiriqlar ham bajarildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Evrika" jamoasi 16 ball to'plab, 1-o‘rinni egallagan bo'lsa, "Power of ledi" jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 14 ball to‘plagan "Teorema" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#kitob_mutolaasi

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” loyihasi davom etadi

Oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berib bormoqda.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tavsiyasi
Аkademik Naim Karimov tavsiyasi
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov tavsiyasi
O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Joʻrayev tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova tavsiyasi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasi
Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiyasi
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tavsiyasi
Kinorejissor Shokir Xoliqov tavsiyasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram